72
Boshqa transport turlarida ham tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi
shunday sxema bo‘yicha tasvirlanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tashkilotning
raqobatbardoshlilik darajasini baholashda optimal qiymat sifatida rezerv qiymatini,
ya’ni xizmat turidan qat’iy nazar, taklifning talabga nisbatan 20%
ga oshiq
bo‘lishini qabul qilish mumkin. Agar bu ko‘rsatkich, masalan, transport xizmatlari
bo‘yicha katta bo‘lsa, tashish imkoniyatlarining ma’lum bir qismi talab qilinmay
qoladi, bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni keltirib chiqaradi,
agar bu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa – mijozga rad javobi beriladigan holatlarga, ya’ni
mijozning boshqa transport korxonasiga ketishiga va tashkilotning daromadni
yo‘qotishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: