Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Davlat tibbiy-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati ostida
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Davlat tibbiy-sanitariya, veterinariya va fitosanitariya nazorati ostida
tashiladigan yuklarga transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish Hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon kelib chiqishli xomashyo (teri, jun), tirik hayvonlar, o‘simliklar, o‘simlik va o‘rmon mahsulotlari ana shunday yuklar bo‘lib hisoblanadi. Bunday yuklar mamlakat ichida, yuqumli kasalliklar tarqalmagan punktlar va xo‘jaliklardan temir yo‘llar va avtomobil yo‘llari bo‘ylab hech qanday to‘sqinliklarsiz, biroq har doim Davlat veterinariya, fitosanitariya (karantin) inspeksiyalarining (Davlat sanitariya nazorati, Davlat karantin inspeksiyasi, Davlat don inspeksiyasi) qat’iy nazorati ostida tashiladi. Hayvon kelib chiqishli mahsulotlar va xomashyoni jo‘natishda (tashish qoidalaridagi ro‘yxatga ko‘ra) yuk jo‘natuvchilar stansiyaga har bir vagon yoki kichik jo‘natma uchun belgilangan formadagi veterinariya guvohnomasini taqdim 51 qilishlari shart (veterinariya guvohnomasining barcha bo‘limlari batafsil to‘ldirilgan bo‘lishi lozim, masalan, junni tashishda jun yuvilgan yoki yuvilmagan holatda jo‘natilayotganligini, jun qanday usulda yuvilganligini ko‘rsatish talab qilinadi). O‘simlik va o‘rmon mahsulotlari, tirik o‘simliklarni tashish yuk jo‘natuvchi tomonidan tashish huquqini beradigan karantin hujjatlari – karantin sertifikati yoki karantin ruxsatnomasi (guvohnomasi) taqdim qilingandan keyin amalga oshiriladi. Karantin hujjatlari har bir vagon uchun alohida tuziladi va qat’iy hisobot berish hujjati sifatida yukni jo‘natish stansiyasida saqlanadi, ularning dublikatlari esa nakladnoylarga qistiriladi va yukni etkazib berish stansiyasida yukni qabul qilib oluvchiga beriladi. Mamlakatda import yuklarning karantin nazoratining qat’iy tartibi amal qiladi. Xorijiy davlatlardan o‘simlik mahsulotlarini Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasidan o‘tkazishga faqatgina: a) Davlat karantin inspeksiyasi tomonidan beriladigan import karantin ruxsatnomasi; b) undan mahsulot eksport qilinayotgan mamlakatning mos keluvchi qishloq xo‘jaligi organlari tomonidan beriladigan, davlat chegarasi orqali o‘tadigan mahsulotning zararkunandalar, kasalliklar va o‘simlik kelib chiqishli begona o‘tlar bilan zararlanmaganligini tasdiqlaydigan karantin sertifikatlari bo‘lgan hollarda yo‘l qo‘yiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling