Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari


Yuklash-tushirish bo‘yicha xizmatlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/74
Sana02.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1741047
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf

Yuklash-tushirish bo‘yicha xizmatlarasosan kichik partiyali va konteynerli
tashishlarda yuk egalarining cheklangan doirasiga taqdim qilinadi va barqaror
ommaviy talabga ega. Bozor munosabatlariga o‘tilishi ularni iqtisodiy nuqtai-
nazaridan potensial istiqbolli xizmatlar razryadiga o‘tkazadi.
Transportirovka qilish bo‘yicha xizmatlar doimiy ravishda taqdim qilinadi,
barqaror va ommaviy talabga ega. Makon va zamonda yuklarni ko‘chirish zarurligi
bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar, shuningdek yuklarni aynan
avtomobil transporti bilan transportirovka qilishning iqtisodiy jihatdan maqsadga
muvofiqligi mazkur xizmat turiga bo‘lgan doimiy talabni shartlaydi.
Tayyorlash-yakunlash xizmatlari doimiy ravishda taqdim qilinadi, barqaror
va ommaviy talabga ega. Tayyorlash-yakunlash xizmatlari yuklarni avtomobillarda
transportirovka qilish texnologik jarayonining elementi bo‘lib hisoblanishi sababli
unga bo‘lgan talab ham xuddi transportirovka qilishga bo‘lgan talab kabi yuqori
bo‘ladi.
Omborxona xizmatlari asosan terminallar (yuk avtostansiyalari) orqali
kichik partiyali va konteynerli tashishlarda yuk egalarining cheklangan doirasiga
taqlim qilinadi. Tashishlarning bu turi uchun talab epizodik va individual bo‘ladi.
Mazkur xizmat turini taqdim qilishning cheklanganligi avtomobillarda
tashishlarning hozirda amal qilayotgan tashkil qilinishi va avtotransport


71
tashkilotlarida mazkur xizmat turini ko‘rsatish uchun moddiy-texnik bazaning
etishmasligi, ko‘pincha esa yo‘qligi bilan bog‘lanadi.
Ekspeditorlik xizmatlar mijozlarning cheklangan doirasiga taqdim qilinadi,
barqaror va ommaviy talabga ega. Bozor munosabatlariga o‘tilishi mazkur
xizmatlarni doimiy ravishda taqdim qilinadigan xizmatlar razryadiga o‘tkazadi.
Yuk egalarini ularga xos bo‘lmagan, tovar-transport hujjatlarini rasmiylashtirish,
yukni qo‘riqlash va kuzatib borish, reja-hisob kitob operatsiyalarini bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan funksiyalardan to‘liq ozod qilish imkoniyati mazkur xizmat turiga
bo‘lgan yuqori talabning sababi bo‘lib hisoblanadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling