Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlar, vazifalar va rejalarni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
Transport-ekspeditsiya korxonasining maqsadlar, vazifalar va rejalarni
amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari Transport-ekspeditsion korxonaning raqobatbardoshliligi, uning tomonidan tashishlarni bajarish, qo‘yilgan maqsadlar, vazifalar va rejalarni amalga oshirish uchun avvalambor transport-ekspeditsiya korxonasining marketing xizmati javob beradi. Korxonaning rejalari amalga oshishi, shuningdek rejalarni puxta ishlab chiqishni tashkil qilish uchun transport-ekspeditsiya korxonasida marketing xizmatini sobiq ekspluatatsiya va tijorat xizmatlari bazasida tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Marketing xizmati rahbardan tashqari tashishlar va xizmatlarni reklama qilish, regionning (viloyat, tuman, shahar) transport bozorini o‘rganish, tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, tashishlar va xizmatlarning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha mutaxassislarga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari marketing xizmatiga tashishlarni operativ boshqarish bo‘yicha mutaxassislar (dispetcherlar va boshqalar) ham kirishi mumkin. Tashishlar va xizmatlar bilan mijozlarning yanada ko‘proq sonini va yanada kattaroq territoriyani qamrab olish darajasiga qarab marketing xizmatiga qo‘shimcha ravishda rayon bo‘limlari, zonal bo‘limlar, shuningdek mijozlar qidirish va jalb qilishni amalga oshiradigan transport agentlari kirishi mumkin. Korxonaning marketing xizmatiga shuningdek transport vositalari harakatining turlicha tizimlarini tashkil qilish, tashishlarning alohida texnologiyalari (masalan, konteynerli), alohida ob’ektlar va yuklar (masalan, savdo-sotiq, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqalar)bo‘yicha mutaxassislar ham kirishi mumkin. Bunda ekspeditorning marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlarini aniqlash zarur bo‘ladi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun ekspeditorning marketing strategiyasini quyidagi sxema bo‘yicha konkret harakatlar yoki chora-tadbirlar dasturiga aylantirish zarur bo‘ladi: • tadbirning nomi, • tadbirning amalga oshirilish vaqti, • ijrochi, 81 • tadbirni tayyorlash va amalga oshirish xarajatlarining qiymati. Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va marketing strategiyalarini amalga oshirishga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflansa, korxonaning tijorat va moliyaviy muvaffaqiyatlarga erishish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling