Xizmat turlarini tanlash bo‘yicha chora-tadbirlar
Har bir transport-ekspeditsiya korxonasi tashishlar va xizmatlarning o‘zlari
samarali ravishda amalga oshirishga qodir bo‘lgan, o‘zi uchun ko‘proq foydali
bo‘lgan turlarini aniqlashi va belgilab olishi lozim. Buning uchun avvalo tashishlar
va xizmatlarning tarkib topgan strukturasini tahlil qilish lozim bo‘ladi. Agar
tashishlar va xizmatlarning 80 % i 10% mijozlarga to‘g‘ri kelsa, u holda transport
bozorining ushbu strukturasini etarlicha xavfli deb hisoblash mumkin, chunki har
qanday yirik mijozning tashishlar yoki xizmatlardan voz kechishi yoki ular uchun
haq to‘lashdan bosh tortishi, mijozning xizmat ko‘rsatadigan boshqa ekspeditorga
o‘tib ketishi transport-ekspeditsiya korxonasining moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin.
Boshqa bir chekka holat – tashishlar va xizmatlarni barcha mijozlar
bo‘yicha bir tekis taqsimlash ham maqsadga muvofiq emas. Bunday struktura
shundan guvohlik beradiki, bunda transport-ekspeditsiya korxonasi tashishlar va
xizmatlarning yangi turlarini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga, yangi mijozlarni
qidirish va jalb qilishga etarlicha e’tibor qaratmayotgan bo‘ladi.
Xizmatlarning transport-ekspeditsiya korxonasi uchun ko‘proq samaraliroq
bo‘lgan turlarini tanlash xizmatlar bozorini segmentlash, ya’ni ekspeditor
tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan mijozlar doirasini ularga ko‘rsatiladigan xizmat
turlari, ularning to‘lov qobiliyati, ularga xizmat ko‘rsatishning sifatiga
qo‘yiladigan talablarga bog‘liq ravishda guruhlarga bo‘lish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Segmentlash natijasida afzal bo‘lgan mijozlar aniqlanadi va ularga
majmuaviy transport-ekspeditorlik xizmat ko‘rsatish, shuningdek ekspeditorning
raqobatbardoshliligini oshirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |