Transport-ekspeditsion xizmatlar asoslari
Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda informatsion ta’minot. Xizmatlarni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
httpsazkurs.orgpars docsrefs118117204117204.pdf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
Chora-tadbirlarni ishlab chiqishda informatsion ta’minot. Xizmatlarni
reklama qilishni tashkil qilish Birinchi bosqich – informatsiya manbalarini aniqlash. Bular Rossiya, regionlar, tarmoq, alohida korxonalar bo‘yicha statistik ma’lumotlar, mutaxassislar bilan anketalashtirish va so‘rovnomalar o‘tkazish, tashishlar, operatsiyalar va xizmatlarning bajarilishini bevosita kuzatish va hokazolar bo‘lishi mumkin. Ikkinchi bosqich – informatsiyani to‘plash. Uchinchi bosqich – to‘plangan informatsiyani transport-ekspeditsiya korxonasining rahbariyati va mehnat jamoasi uchun xulosalar qilish bilan tahlil qilish. Transport-ekspeditsion faoliyat bo‘yicha informatsiyani tahlil qilish tizimining asosini transport ehtiyojlari va tashish imkoniyatlari, ishlab chiqarish bazasi, tashish tariflari, operatsiyalarning tariflari, xizmat ko‘rsatish tariflari to‘g‘risidagi statistik informatsiya banki tashkil qilishi lozim. Transport- ekspeditsion faoliyat bo‘yicha informatsiyadan foydalanish shart-sharoitlari har bir alohida korxona uchun turlicha bo‘lganligi sababli informatsiya banklarini korxona ichida ham (qoidaga ko‘ra, joriy informatsiya uchun), regional darajada ham (jamoa bo‘lib foydalanish markazlari, tarmoq birja strukturalari va hokazolar) tashkil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Transport-ekspeditorlik xizmatlar bozoridagi raqobat kurashida yutib chiqish ko‘p jihatdan ekspeditor ega bo‘ladigan informatsiyaning sifati va to‘liqligi bilan belgilanadi. Bu informatsiya raqobatchi-ekspeditorlarning faoliyatiga ham, regionda, mamlakatda, jahonda transport-ekspeditorlik xizmatlarning rivojlanish 88 tendensiyalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Xorijdagi yirik kompaniyalar o‘zining profili bo‘yicha informatsiyani to‘plash va unga ishlov berishni zarur deb hisoblaydi va bu maqsadlar uchun kompaniya aylanmasidan 1-2% ini sarflaydi. Tijorat va moliyaviy muvaffaqiyatni ta’minlash uchun transport-ekspeditsiya korxonasi bozor sharoitlarida ekspeditor tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishishga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan har qanday tashkilotlar bilan muloqotga kirishishi lozim bo‘ladi. Muloqot guruhlariga quyidagilar kiradi: 1) moliyaviy doiralar (tijorat banklari, investitsion firmalar, birjalar va hokazolar); 2) informatsiya etkazish vositalari (gazetalar, jurnallar, radio, televidenie); 3) davlat muassasalari (transport, iqtisodiyot, moliya vazirliklari va boshqa vazirliklar, ularning vakolatli organlari). Transport-ekspeditsiya korxonalarining raqobatbardoshliligini oshirishda xizmatlarni reklama qilishni tashkil qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. YAxshi tashkil qilingan reklama ekspeditorning xizmatlariga bo‘lgan talabning kengayishiga, korxonaning tijorat va moliyaviy muvaffaqiyatga erishishiga ko‘maklashadi. Reklama qilish bo‘yicha ishlarni reklama bilan murojaat qilishdan boshlash kerak bo‘ladi. Bunda reklama murojaatini tarqatish manbasi: gazetalar, jurnallar, radio, televidenie, reklama shitlari va hokazolar aniq bo‘lishi, shuningdek reklamaning paydo bo‘lish davriyligi aniq bo‘lishi lozim. Reklama murojaatida iste’molchilarga taqdim qilinadigan xizmatlar to‘g‘risidagi ko‘proq qiziqarli va ko‘proq muhim ma’lumotlar ma’lum qilinishi lozim. Reklama murojaati avval bir necha variantda ishlab chiqiladi. Bunda taklif qilinadigan xizmatning sifat xarakteristikalariga asosiy e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Yakuniy qaror qabul qilingandan keyin murojaatning stili va formasini aniqlash zarur bo‘ladi. Reklama uchun xarajatlarni belgilashda qo‘yilgan maqsadlarga erishish zarurati, raqobatchilarning reklama xarajatlari, mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqish lozim bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling