Transport logistikasi


Talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari


Download 335.5 Kb.
bet3/6
Sana15.10.2023
Hajmi335.5 Kb.
#1704218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Logistika mustaqil uslubiy ko'rsatma 2023

Talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari
Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish - fanning xusutsiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
“Logistika” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • fanning ayrim mavzularini yangi o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;

  • o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib borish;

  • belgilangan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash;

  • testlar echish;

  • ko‘rgazmali vositalar tayyorlash (grafik organayzerlar, plakatlar, krosvord va boshq);

  • amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish bo‘yicha keyslar echish;

  • loyiha topshiriqlarini bajarish;

  • munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rish;

  • talabalarning fan to‘garaklarida ishtirok etish;

  • kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

  • mavzu yuzasidan maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash;

  • “talaba-o‘qituvchi-kutubxona” kunida fan bo‘yicha yangi o‘quv adabiyotlari sharhini o‘qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;

  • axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo‘yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;

  • belgilangan mavzular bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;

  • talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o‘qish jarayonlarida ishtirok etish.

Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib, anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn o‘qituvchiga himoya qilish orqali topshiriladi.
O‘quv jarayonining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan “Maxsus fanlar” blokiga kiruvchi “Logistika” fani bo‘yicha mustaqil ishlar ko‘proq referatlar qo‘rinishida bo‘lib kelmoqda. Referat talabalar ilmiy ishlarining birinchi shaklidir. Talaba ishlab chiqarish jarayoniga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi maqsadida oldindan bu faoliyatiga jalb qilinib, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, statistik va boshqa materiallarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi, o‘rganilayotgan hodisani tanqidiy baholashga o‘rganadi, nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi va h.k.
Referat tayyorlash darslik bo‘yicha tayyorlangan mashg‘ulotidagi chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo‘lib, shubhasiz katta foyda keltiradi. Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga tayyorlanishi kerak, avtomobil va dvigatellarni nazariy jihatdan o‘rganishda bu muhim ahamiyatga ega.
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida kafedra o‘qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu erda o‘qituvchi tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to‘g‘ri qo‘yilganligi albatta, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Topshiriq talabalarning referat yozish ko‘nikmalarini, ilmiy qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim.
Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq beriladi.
Amaliyotdagi mavjud muammoning echimini topish bo‘yicha keyslar echish – Keys-stadi - ta’lim, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o‘quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo‘lgan ta’lim texnologiyasidir. Talaba ishlab chiqarishdagi mavjud muammoni echimini topish uchun oldindan ushbu vaziyatlar bilan tanishadilar.
Loyiha topshirig‘ini bajarish – o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishlari mumkin.O‘quv loyiha - bu o‘rganilgan mavzu yoki bilimni yanada chuqurroq o‘rganishga yo‘naltirilgan, ta’lim jarayoniga tajriba, faoliyat asosida yondashuvga imkon beruvchi, tadqiqotchilik va izlanishga doir metodlardan foydalanishni talab etuvchi ta’limni tashkil etishni shakli. Loyihaviy ta’lim quydagi dolzarb muammolarni hal qilish imkonini beradi va davr talabiga aynan mos keladi:

  • ta’limni real hayotga yuqori darajada yaqinlashtirilgan vaziyatda amalga oshirishni ta’minlaydi;

  • nazariy ma’lumotlarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash va talabalarni faol mustaqil bilish jarayoniga jalb qilish imkonini beradi;

  • kasbiy va tayanch layoqatlarini shakllantirishni va rivojlantirishni ta’minlaydi.

Hozirgi zamon talabasiga nafaqat nazariy bilimlar, balki fan yangiliklaridan foydalanish, chuqur bilim va yuksak darajadagi tafakkur kerak bo‘ladi. Bu holda o‘qituvchining o‘rni o‘zgaradi: u bilim beruvchi yagoni manba bo‘lib qolmaydi. U nafaqat talabalarga yangi, zarur axborotlar olish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi rolida namoyon bo‘ladi. Talabalar o‘z hayotiy tajribalarini takomillashtirib, yangi axborot va tajriba bilan boyitadi. Bunda talaba olgan bilimlar o‘qituvchi qo‘ygan baho bilan emas balki real hayot qo‘ygan baho bilan belgilanadi. Ana shu sababli empirik tajribaga asoslangan loyihalash metodi hozirda ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lib qoldi.
Mavzu yuzasidan maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi ham tanlashi mumkin) maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi va bular asosida maqola va ma’ruza tezislari tayyorlaydi.
Talabalarning ilmiy-nazariy konferentsiyalari ham talabalar mustaqil ishlarining shakllaridan biridir. Kafedra o‘qituvchilari talabalar ilmiy-nazariy konferentsiyasini tashkil etish orqali o‘z ishini guruhning kasbiy yo‘naltirilganligini, a’zolarining yosh tarkibini, qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina talabalarning konferentsiyani o‘tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. Talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini bosqichma-bosqich o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. “Logistika” fani bo‘yicha talabalarning ilmiy-nazariy konferensiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1-bosqich - fan o‘qitilayotgan barcha o‘quv guruhlarida konferentsiyalarni o‘tkazish;
2-bosqich - har bir guruhda tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini yo‘nalishlararo konferensiyaga taqdim etish va o‘tkazish;
Butun guruhlar uchun yagona bo‘lgan konferensiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin.

Download 335.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling