Transport logistikasi


Mustaqil ishni bajarishni maqsad va vazifalari


Download 335.5 Kb.
bet2/6
Sana15.10.2023
Hajmi335.5 Kb.
#1704218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Logistika mustaqil uslubiy ko'rsatma 2023

Mustaqil ishni bajarishni maqsad va vazifalari
XXI asrda mustaqil ishning maqsadi bo‘lg‘usi mutaxassislarda yangi bilimlarni qidirish uchun axborotlardan foydalanish, uning asosida esa yangi axborotlar yaratish ehtiyoji va qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.
Mustaqil ishning rivojlanishi bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishning asosiy mexanizmlaridan biri sifatida qaraluvchi yangi o`quv texnologiyalarni ish jarayoniga joriy etish zaruratini taqazo etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohalar bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi, ko‘nikma va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijobiy yondashgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, taxlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi, ularda ijodiy ishlashga va tanlagan kasbiga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, uni tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish ta’lim muassasasining asosiy vazifalarida biri hisoblanadi.
Mustaqil ish- qandaydir masala yoki muammoni mutaxassisdan, ya’ni o‘qituvchidan davriy ravishda maslahat olish bilan yoki ularsiz mustaqil ravishda o‘rganishga asoslangan tizimlangan o‘quv faoliyatidir.
Talaba mustaqil ishi (O‘MI) – muayyan fandan o‘quv dasturlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavtsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatidir. Talabalarning mustaqil ishi ta’lim tarbiyaning shunday vazifalariga bo‘ysundirilganki, butun o‘quv jarayoni to‘laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o‘zlashtirish va ularda o‘z kasblari bo‘yicha dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi.
Mustaqil ishni bajarishdan asosiy maqsad – Fan o‘qituvchilarining bevosita rahbarligi va nazorati ostida talabalarni semestr davomida fanni uzluksiz o‘rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko‘rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa ishlab chiqarishga raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.
Ushbu metodik tavsiyanomada 61040100 - Transport logistikasi (avtomobil transporti) yo‘nalishi “Transport logistikasi” fani bo‘yicha Ishchi o‘quv dasturi asosida talabalarga tavsiya etiladigan mustaqil ish mavzulari va ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari ishlab chiqilgan.
“Transport logistikasi” fanidan talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish, nazorat qilish va baholash bo‘yicha tayyorlangan ushbu metodik tavsiyanomada 61040100 - Transport logistikasi (avtomobil transporti) yo‘nalishi talabalarining mazkur fandan mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilishda foydalanish uchun tavtsiya etiladi.
Mustaqil ish talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli o‘qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o‘quv rejada semestrlar bo‘yicha belgilangan soatlar hajmiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabalar mustaqil ishlarining asosiy shakllari va ularning mazmuni, mustaqil ishni amalga oshirishda talaba bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar, mustaqil ishni bajarish bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish, ularni nazorat qilish va baholash tartibi bayon etilgan.
“Logistika” fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik, mustaqil fikrlashni shakllantirishga va o‘z kasbga qiziqishini uyg‘otishga qaratilgan tadbirlar tizimini o‘z ichiga oladi. U o‘quv rejasi va fanlar dasturlarida ko‘zda tutilgan zarur bilimlar va ko‘nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
“Logistika” fanini o‘qitish jarayonini takomillashtirish, talabaning qiziqishlarini, anglash faolligini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo‘nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o‘qish, ko‘nikma va malakalari shakllanadi.

Download 335.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling