Transport logistikasi


Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi va baholash tartibi


Download 335.5 Kb.
bet5/6
Sana15.10.2023
Hajmi335.5 Kb.
#1704218
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Logistika mustaqil uslubiy ko'rsatma 2023

Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi va baholash tartibi
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo‘ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo‘llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha maslahatlar darsi fanning kalendar-tematik rejasiga muvofiq o‘tkaziladi. “Transport logistikasi” fani bo‘yicha talabalarning mustaqil ish mavzulari va mazmuni, ularni bajarish yuzasidan hisobot shakllari quyidagi keltirilgan:
Ishni bajarish tartibi:
1. Har bir talaba guruh jurnalidagi tartib raqamiga qarab 1-ilovadan topshiriq tanlab oladi.
2. Tanlangan mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar va Internet ma’lumotlari asosida hisobot yozadi.
Hisobotning tarkibi:
1. Mavzu nomi.
2. Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar.
3. Yoritilishi lozim bo‘lgan savollar rejasi.
Reja bo‘yicha yoritilgan ma’lumotlar. (Mazkur bo‘limda rejadagi har bir savol to‘liq, har taraflama mukammal, konkret misollar keltirilib, kerakli chizma, grafik va rasmlar ilova qilinib yoritilishi lozim).
Xulosalar:
Adabiyotlar (Bu qismda foydalanilgan manbalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot keltirilishi lozim. Ya’ni: adabiyotning to‘liq nomi, muallifi, nashiriyot nomi, nashr etilgan shahar va yili, foydalanilgan betlar, Internet materiallari bo‘yicha sayt nomi, avtoservis korxonasi bo‘yicha korxonaning to‘liq nomi va joylashgan manzili).
Hisobotning yozilish tartibi.
Hisobot A4 (297x210 mm) formatdagi oq qog‘ozga bir taraflama hamma yoqlari kerakli hoshiyalar qoldirilgan holda yoziladi.
Talabalar mustaqil ishi bo‘yicha baholash tartibi B.Blum taksomoniyasi darajalari 2–ilova asosida baholanadi.
“Bilish”-darajasida o‘zlashtirilganlikni anglatuvchi natijalar: yoddan aytib beradi, qayd etadi, ma’lumot beradi, nomlaydi, yozadi, tavsiflaydi, farqlaydi, taniydi.
“Tushunish”- darajasida o‘zlashtirilganlikni anglatuvchi natijalar: dalil keltiradi, almashtiradi, muayyanlashtiradi, belgilaydi, tushuntiradi, o‘zgartiradi, tasvirlaydi.
“Qo‘llash”-darajasida o‘zlashtirilganlikni anglatuvchi natijalar:qo‘llaydi, hisoblaydi, namoyish etadi, foydalanadi, ta’riflaydi, mo‘ljallaydi, amalga oshiradi, echadi.
“Tahlil”- darajasida o‘zlashtirilganlikni anglatuvchi natijalar: keltirib chiqaradi, ajratadi, tabaqalashtiradi, tasniflaydi, faraz qiladi, bashorat qiladi, bo‘laklaydi, taqsimlaydi, tekshiradi, guruhlashtiradi.
“Sintez”- darajasida o‘zlashtirilganlikni anglatuvchi natijalar: ixtiro qiladi, birlashtiradi, umumlashtiradi, rejalashtiradi, ishlab chiqadi, tizimlashtiradi, kombinatsiyalaydi, yaratadi, tuzadi, loyihalaydi.

Download 335.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling