Transport mashinalari unumdorligi. Vaqt birligida transport vositasida tashib chiqilayotgan yukning miqdoriga transport mashinasining unumdorligi deyiladi


Harakatga qarshilik ko`rsatuvchi kuchlar


Download 203.76 Kb.
bet2/3
Sana13.01.2023
Hajmi203.76 Kb.
#1090962
1   2   3
Bog'liq
Nozimjon Abduahatov

Harakatga qarshilik ko`rsatuvchi kuchlar. egiluvchan tortish organli transport qurilmalarida qarshilik kuchi va quvvatni aniqlash
Transport vositalarining xarakatiga qarshilik ko`rsatuvchi kuchni W harfi bilan belgilaymiz va uning o`lchov birligi n’yutonda (N) beriladi. SHularni hisobga olgan holda
, N, (1.18)
bu erda m – tashiluvchi yukning massasi, kg;
g – erkin tushish tezlanishi; g = 9,81 m/sek2;
w – harakatga qarshilik koeffitsienti.

Qarshilik koeffitsienti w yuritgich o`qiga keltirilgan qiymatni beradi. Hisoblashlarda ko`pincha transport qurilmasining harakatlanuvchi ayrim uchastkalari yoki ularning ayrim elementlarining (masalan, konveyerning yukli yoki yuksiz shaxobchasining, vagoncha yoki




a

b


1.5 – rasm. Vagoncha harakatiga qarshilik ko`rsatuvchi kuchni aniqlashga doir sxemalar

sostavning) harakatga qarshilik ko`rsatuvchi kuchini aniqlashga to`g`ri keladi.


Shunga mos xolda qarshilik koeffitsienti siljitilayotgan yukning bruttosiga, ya`ni tashilayotgan yukning va u bilan birgalikda qurilmani harakatlanayotgan qismining massalariga nisbatan olinadi. Masalan, agarda yuk vagonchalarda tashilayotgan bo`lib, yukning massasi m0 bo`lsa (1.5, a-rasm), gorizontal yo`lda bir tekis xarakatlanayotgan vagonchaga bevosita ta`sir qiladigan qarshilik kuchining va binobarin, vagonchani yurituvchi kuchning qiymati
, N. (1.19)
ga teng bo`ladi.
Vagoncha β (grad.) burchakli qiya yo`l bo`ylab yuqoriga yoki pastga qarab harakat qiladigan bo`lsa (1.5, b-rasm), mos ravishda
, N. (1.20)
Vagoncha pastga qarab harakatlanayotganda massaning bo`ylama tashkil etuvchisi, ya`ni (m+m0). sinβ qarshilik kuchidan katta bo`lsa (shunday bo`lgach yo`lning qiyaligi katta va W<0 bo`ladi), bu demakki, vagonchani itarish yoki tortish emas, balki vagonchaning xarakat tezligi o`zgarmasligi (oshib bormasligi) uchun uni ushlab turishlik kerak bo`ladi. Bunda vagonchani yurituvchi kuch P=-W.
To`g`ri va egri chiziqli uchastkalardagi qarshilik. Umumiy holda transport qurilmasining tortish organi egri chiziqli uchastkalar bilan o`zaro tutashgan to`g`ri chiziqli uchastkalar bo`ylab harakat qiladi. Uzluksiz tortish organli transport qurilmalar (masalan: tasmali, zanjirli yoki sim arqonli konveyerlar, uzluksiz sim arqonli tashigich va boshqalar)da tortish organi eng oddiy holda ikkita to`g`ri chiziqli shoxobcha va shuncha egri chiziqli tutashmalarga ega bo`ladi (1.6-rasm).

1.6 – rasm. eng oddiy uzluksiz tortish organi:
1-2 va 3-4 to`g`ri chiziqli shoxobchalar; 2-3 va 4-1 – egri chiziqli tutashmalar.
To`g`ri chiziqli yo`naltirgich (rel’s, to`shama va boshqalar)dan tashkil topgan to`g`ri chiziqli uchastkalarda harakat qo`yidagi ikkita asosiy usullarning biri bo`yicha amalga oshiriladi: g`ildirak (rolik) yordamida surish yoki sirg`anish (sirpanish). Tashiluvchi yuk va tortish organi (ishchi elementlari bilan birgalikda) bir xil yoki har xil usul bilan, bir xil yoki xar xil qarshilik koeffitsienti bilan surilishi mumkin. Agar tashiluvchi yuk ishchi yuk ko`taruvchi element (tasma, plastina, cho`mich, vagoncha)lar ustida turgan bo`lib, yo`naltirgichlarga bevosita tegib turmagan bo`lsa, yukning harakatiga qarshilik qoeffitsienti yuk ko`taruvchi elementlar uchun qarshilik koeffitsientiga teng bo`ladi; agar yuk yo`naltirgichlarga bevosita tiralib xarakatlansa (masalan, to`shama yoki nov bo`ylab sirpansa), unda harakat umumiy holda har xil qarshilik koeffitsientlari bilan amalga oshiriladi.
Egiluvchan tortish organli transport qurilmalarida egri chiziqli uchastkalar qo`yidagi ikki usulning birida hosil bo`lishi mumkin:
-tortish organi o`qda aylanuvchi blok yoki barabanni aylanib o`tishi;
-tortish organi qo`zg`almas egri chiziqli yo`naltirgichni yoki egri chiziqda joylashtirilgan turg`un roliklar batareyasini aylanib o`tishi.

v

a

b
Birinchi usulda (1.7-rasm) blok tekis yuzali (tasma uchun baraban,


1.7.-rasm. Tortish organi yuloklarni aylanib o`tishi sxemalari:
a-tekis yuzali blok; b-qirralari to`g`ri chiziqli blok; v – tishli blok;
simarqon uchun shkiv va boshqalar), qirralari to`g`ri chiziqli (uzun zvenoli zanjirlar uchun), tishli (oddiy zanjir yulduzchasi) bo`lishi mumkin.
Ikkinchi usulda (1.8-rasm) tortish organi egri chiziqli shina bo`ylab sirpanib yoki yuruvchi roliklarda g`ildirab siljishi mumkin yoki egri chiziqli yo`naltiruvchi turg`un roliklar batareyasida g`ildirab, uni aylanib o`tishi mumkin.
Tortish organi blok yoki barabanni aylanib o`tishida umumiy qarshilik tortish organining blokka kelgandagi bukilishi va blokdan chiqayotgandagi yozilishining qattiqligi oqibatida hosil bo`ladigan qarshilik va blok (baraban) stupitsasida yoki u o`rnatilgan o`qning bo`g`zidagi ishqalanish natijasidagi qarshiliklar yig`indisidan iborat bo`ladi. Undan tashqari, zanjirli uzatishda yulduzcha tishlarida ham ishqalanish bo`ladi.
Egri chiziqli yo`naltirgich yoki roliklar batareyasini aylanib o`tishda tortish organining qattiqligi tufayli hosil bo`ladigan qarshilikdan tashqari egri chiziqdagi ishqalanish (sirpanish yoki g`ildirash) hisobiga ham qarshilik paydo bo`ladi.

b

v

a


Snb

Snb

Ssb

Ssb

Ssb

Snb

1.8 - rasm. Tortish organi egri chiziqli yo`naltirgichlarni aylanib o`tishi sxemalari:


a – sirpanib o`tish; b – yuruvchi roliklarda g`ildirab o`tish; v – turg`un roliklar batareyasini aylanib o`tish.
Bu hamma qarshiliklarning qiymati tortish organining tarangligiga proportsionaldir. SHunday qilib agar Sk – tortish organini egri uchastkaga kelish nuqtasidagi taranglik, Skch – egri uchastkadan qochish nuqtasidagi taranglik va We – egri uchastkadagi qarshilik kuchi bo`lsa, unda
, (1.21)
bunda koeffitsient K>1.
Aslida blok va barabanlardagi qarshilik kuchi We kelish nuqtasi Sk dagi taranglikning 3-10% atrofida bo`lib, odatda 5-7% ni tashkil etadi:
;
. (1.21)
Yurituvchi blokdagi qarshilik kuchini blokga kelayotgan va undan qochayotgan shoxobchalar tarangligi yig`indisining 3-5% atrofida qabul qilish mumkin, ya`ni
. (1.22)
Umumiy tortish kuchi va quvvatni aniqlash. Uzluksiz harakatlanuvchi transport vositalarining umumiy tortish kuchini (to`liq qarshiligini) aniqlashda «kontur bo`yicha» yoki «nuqtalar bo`yicha» hisoblash metodi deb atalmish metoddan foydalanish qulaydir. Buning uchun transport vositasi (masalan, konveyer)ning umumiy printsipial sxemasi (1.9 -rasm) chiziladi va tortish organining butun konturi birin-ketin to`g`ri


1.9-rasm. Konveyer printsipial sxemasi

chiziqli va egri chiziqli uchastkalarga ajratiladi hamda bu uchastkalarning tutash nuqtalari nomerlanadi. Konturni bu nuqtalar bo`yicha ketma-ket aylanib o`tib yuritmaga kelayotgan va undan qochayotgan shoxobchalarning tarangligi aniqlanadi va ularning qiymatlariga qarab umumiy tortish kuchi topiladi.


Konturni aylanib o`tish, odatda, tortish organini yurituvchi blokdan qochish nuqtasidan yoki qurilma tortish organining tarangligi eng kichik bo`lgan nuqtadan (agar bu nuqtalar bir-biriga to`g`ri kelmasa) boshlanadi. Bunda taranglovchi qurilma orqali hosil bo`ladigan boshlang`ich (dastlabki) taranglik transport vositasining turiga qarab quyida keltiriladigan talablarga mos ravishda tanlanadi.
Konturning boshqa hamma nuqtalaridagi taranglikni aniqlashda hisoblashning qo`yidagi umumiy qoidasiga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:
tortish organi harakatining yo`nalishi bo`yicha aylanib o`tishda uning har bir keyingi nuqtadagi tarangligi ilgarigi nuqtadagi taranglikning va bu nuqtalar oralig`idagi uchastka qarshilik kuchining yig`indisiga teng, ya`ni
, (1.23)
bu erda va - va i-1 nuqtalardagi taranglik, N;
- bu nuqtalar oralig`idagi uchastkaning qarshilik kuchi, N.
(1.23) ifodani 1.9-rasmga tatbiq etsak quyidagilarga ega bo`lamiz:
S1 – transport vositasining turiga qarab tanlanadi;
; (1.24)
; (1.25)
. (1.26)

Tortish kuchining qiymati (W0) tortish organining yuritmaga kelish va undan qochish nuqtalaridagi tarangliklarning ayirmasiga teng bo`ladi, ya`ni


, N (1.27)
Umumiy holda
, (1.28)
yoki yurituvchi blokdagi qarshilik kuchini hisobga olsak
(1.29)
Transport qurilmasi yuritkichining kerakli quvvati quyidagi ifoda bo`yicha aniqlanadi:
(1.30)
bu erda: - yuritkich uzatma mexanizmining f.i.k., yurituvchi o`qdagi nobudgarchilik hisobga olinganda = 0,75÷0,85 qabul qilish mumkin.
YUritkichning aniqlangan qiymati
(1.31)
bu erda Kkch = 1,1÷1,2 – quvvat zahirasi (yoki rezervi) koeffitsienti. Na ning qiymatiga qarab standart quvvatli elektr yuritkich qabul qilinadi va uni nominal quvvatli (Nnom) yuritkich deyiladi:
bo`ladi.



Aftomobil transportini ish unumdorligini hisoblash


  • Reja



Download 203.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling