Transport oqimi jadalligi va tartibi, ularning yo’nalishlari,yil, oylar davomida va kunning soatlar mobaynida o,garishi


Download 0.68 Mb.
bet3/3
Sana26.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1067100
1   2   3
Bog'liq
Transport oqimi jadalligi va tartibi, ularning yo’nalishlari

Avtomobilning konstruktiv tezligi - ma’lum konstruktsiyali avtomobilning maksimal tezligi, u asosan avtomobilning turiga bog’liq ravishda o’zgaradi, masalan, o’rta va kichik litrajli yengil avtomobillar 200260 kmsoat; kichik litrajli yengil avtomobillar 150200 kmsoat; kichik va ko’taruvchi avtomobillar 100120 kmsoat va h.k. ni tashkil etadi. Texnik tezlik - ma’lum marshrutdagi ushlanib qolishlarni hisobga olmagan ravishda aniqlangan harakat tezligi, uning qiymati asosan avtomobil yo’lining geometrik o’lchamlariga va yo’l sharoitiga, shuningdek, transport oqimining tarkibiga bog’liq.

Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo’lning bo’laklariga nisbatan o’zgarishi

Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo’lning bo’laklariga nisbatan o’zgaruvchan ko’rsatkichidir. Harakat miqdorining o’zgarishini quyida Respublikamiz yo’llariga xos misollar orqali ko’rsatamiz

Harakat miqdorining yil davomida oylar bo’yicha o’zgarishi avtomobil yo’lining xalq xo’jaligidagi ahamiyatiga qarab turlicha bo’ladi, bu o’zgarish shahar ko’chalarida bir muncha tekis bo’lsa, shahar tashqarisidagi avtomobil yo’llarida kuz yoki yoz oylarida eng katta harakat miqdori kuzatiladi. Umuman O’zbekiston Respublikasi xududidan o’tgan umum foydalanuvdagi avtomobil yo’llarining asosiy qismi uchun harakat miqdorining yuqori ko’rsatkichlari yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarini yig’im-terim davri avgust, sentyabr va oktyabr oylariga, dam olish zonalari bilan bog’laydigan avtomobil yo’llarida esa yoz oylariga to’g’ri keladi. Avtomobil yo’llaridagi harakat miqdorining sutka davomida o’zgarishi ko’pincha harakat yo’nalishiga, hafta kunlariga va yo’lning ahamiyatiga bog’liq bo’lib, asosan sutka davomida ikki marta (ertalab va kechki) ko’tarilish kuzatiladi. Bunday soatlardagi harakat miqdorini «tig’iz» deyilib, bu vaqtlarda harakatni to’g’ri tashkil etish xavfsizlikni ta’minlashning birlamchi omili bo’lib hisoblanadi.

Harakat miqdori haftaning ish kunlarida bir me’yorda kuzatilsa, shanba va yakshanba kunlari dam olish zonalarini bog’laydigan yo’llarda ikki va undan ko’p marotaba ortishi mumkin, boshqa ahamiyatdagi yo’llada esa uning aksi kuzatiladi


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling