Транспорт соҳасида ислоҳотларни жадаллаштириш масаласи бўйича
Download 145.71 Kb.
|
Kurs ishi. Nabijonova Nilufar
Эксплуатацион иш хажми
Yuk va yo'lovchi tashishni o'rganish uchun turli birlamchi hujjatlar, maxsus kuzatish birliklari, statistik kuzatish turlari, dasturlar, shuningdek statistik ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish usullari qo'llaniladi. Yuk tashish hajm ko'rsatkichlari tizimi 6-rasmda keltirilgan. Yuk tashish hajm ko'rsatkichlari Tashilgan yuklar, Q Yuk aylamasi, ∑Rl Jo'natilgan yuklar, Qo Kelgan yuklar, Qp 6-rasm.Yuk tashish hajm ko'rsatkichlarining tizimi. Yuklarni tashish statistikasida kuzatuv birligi-bu jo'natma, ya'ni yukning bir qismi bo'lib, uni tashish tegishli transport hujjati (tashish shartnomasi) bilan beriladi. "Jo'natilgan yuk" ko'rsatkichi (Qj) yuk tashish jarayonining dastlabki momentini aniqlaydi va buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan tonnalarda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini tavsiflaydi. "Kelgan yuklar” (Qkl) ko'rsatkichi, transport jarayonining oxirgi momentini aks ettiradi va hisobot davrida bajarilgan tonnalardagi yuk hajmini tavsiflaydi. "Tashilgan yuk"(Q) ko'rsatkichi tashishni davom ettirish uchun boshqa korxona(bo'linma)lardan yuborilgan va olingan tovarlar yig'indisini ifodalaydi va tonna bilan ifodalanadi. "To'g'ridan-to'g'ri va aralash tashishda tashiladigan yuklar" ko'rsatkichi, aralash transport tarmog'ining ikki va undan ortiq bo'linmalari (temir yo'l-suv, avtomobil-temir yo'l) ishtirokida tashiladigan tonnalardagi mahsulot hajmini aks ettiradi. "Yuk aylanmasi" ∑ (Rl) ko'rsatkichi yuklarni tashish paytida transport ishlari miqdorini belgilaydi va tonna-kilometr (yoki tonna-mil) bilan ifodalanadi. Temir yo'l transportidagi tashishni hisobga olish bo'yicha birlamchi transport hujjati bo'lib "yo'l qaydnomasi" va "yo'l qaydnomasi bo'lagi" (o'tkazish qaydnomasi yoki etkazib berish qaydnomasi) xizmat qiladi. Unda, har bir jo'natma bo'yicha quyidagilar ro'yxatga olinadi: jo'natish uchun qabul qilingan sana; jo'nash va manzil stantsiyasi va yo'li; tezlik rejimi; jo'natma kategoriyasi; yo'ldan yo'lga o'tish punkti va sanasi; yuk turi; yukning massasi; o'rindiqlar soni (dona-tarali yuk uchun); tashish uchun band bo'lgan band bo'lgan vagonning yuk ko'tarish qobiliyati va soni; tashish masofasi; tashish haqi miqdori; manzil bekatiga kelgan sana; yuk tushirish sanasi. Yuk tashish ko'rsatkichlari quyidagi xususiyatlar bo'yicha guruhlanadi: yuk tashish toifalari (yuk tashish harakatidagi; yo'lovchi tashish harakatidagi; xo'jalik harakatidagi); harakat turlari bo'yicha(mahalliy harakat; to'g'ridan-to'g'ri harakat); yuklarning yagona tarif-statistika Nomenklaturasi(ETSNG)ga muvofiq; hududiy mansubligi; uzoqlik poyasi; tezlik rejimi (yuqori tezlik, yuk tashish tezligi, yo'lovchi tashish tezligi); jo'natmalar toifalari(marshrutli, vagonli, konteynerli, mayda); yuk jo'natuvchilar bo'yicha. Tashish hajmi quyidagi ko'rsatkichlarda aks ettiriladi: pggr-jo'natilgan, etib kelgan-pgr tashilgan yuklar-pg tonnada. «Jo'natilgan yuklar» pggr – yuk jo'natuvchi, suv yoki yo'l transporti, xorijiy temir yo'llar, yangi qurilishlar yoki boshqa o'lchovdagi temir yo'l liniyalari tomonidan jo'nash stantsiyasida tashish uchun taqdim etilgan yuklar. Birinchi manb'a – yo'l qaydnomasi bo'lagi. «Kelgan yuklar» pgr - yuk tashish manzil Stantsiyasida tugallandi yoki boshqa o'lcham liniyasida yuk tashuvchi, suv yoki temir yo'l transportiga, xorijiy temir yo'llarga, yangi qurilishlarga beriladi. Birlamchi manb'a-yo'l qaydnomasi. «Tashilgan yuklar» pg : *temir yo'l tizimi uchun pg pggr pgr (bir kalendar oy uchun farq taxminan 1 %); temir yo'l uchun: boshlang'ich moment bo'yicha pg pggr + pgpr pgpr-qo'shni temirdan qabul qilingan yuklar; so'ngi moment bo'yicha pg pgr + pgsd pgsd -qo'shni temir yo'lga topshirilgan. «Tashilgan yuklar» temir yo'l tizimi uchun va alohida temir yo'l uchun boshlang'ich moment bo'yicha hisoblanadi: pgseti = pggr i pg dorogi pggr + pgpr Tashish hajmi, yukni jo'natish uchun qabul qilish vaqtida va uni vagonlarga yuklash vaqtida ham aniqlash mumkin: yuklangan vagonlarugr , yuki tushirilgan vagonlar ur, , bajarilgan ish u ko'rsatkichlari vagonlarda hisoblanadi. Lokomotivlarning asosiy ish ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: a) ishlash vaqti; b) bosgan masofasi, km; v) bajarilgan transport ishlari miqdori. Lokomotivlar ishini qayd etish uchun birlamchi hujjat bo'lib "Lokomotiv mashinistining marshruti" xizmat qiladi. Lokomotivlarning ish vaqti, lokomotiv-soatlarida hisoblanadi va o'z ichiga quyidagilarni oladi: peregondagi harakat vaqti; oraliq stantsiyalarda ishsiz turish vaqti; mianevr ishlari va boshqa ishlarni bajarish; asosiy depo va aylanma punktlarida ish kutish; texnik operasiyalardan o'tish. Lokomotivlar bosgan masofa lokomotiv-kilometrlarda hisoblanadi. Lokomotivlar bosgan umumiy masofa (Lo) ikki qismdan iborat: chiziqli masofa - bekatlar oralig'i(peregon)da bosgan (Ll ) masofa; shartli masofa (Lu) – manevr va boshqa ishlarda bosgan masofa, shuningdek ish holatda ishsiz turgan vaqti(poezdlar tarkibida oraliq stantsiyalarda yoki stantsiyalarda ekipirovkada va texnik tekshiruvda bekor turish). Lo = Ll + Lu. Chiziqli (Ll ) masofa ham quyidagi guruhlarga bo'linadi: a)asosiy masofa - lokomotiv poezd boshida yurgan (Lo) masofa; b)yordamchi masofa (Lvs)- bir nechta birlik tizimida (Lme), ikkinchi lokomotiv bo'lib, lokomotivning bir o'zi (Los ) yurishi, qo'shaloq tortish (Ldt) kuchida, itaruvchi (Lpt). Ll = Lo + Lvs = Lo + Lme + Los + Ldt + Lpt. Shartli kilometr (Lu) quyidagicha hisoblanadi: lokomotivning manyovrda va boshqa ishlar bo'yicha har bir ish soati 5 km va ish holatidagi bo'sh vaqtning har bir soati 1 km kilometr deb olinadi. Lu = (LCHm ∙ 5) + (LCHr ∙ 1) Bunda: (LCHm) - manevr va boshqa ishlardagi Lokomotiv-soat umumiy soni; (LCHr) —ish holatida bekor turish lokomotiv-soat umumiy soni. Lokomotivlar bajaradigan transport ishlari hajmi quyidagi ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: ekspluatasiya brutto yuk aylanmasi ekspluatasiya netto yuk aylanmasi Bunda: (Qbr) - poezdning brutto massasi, shu jumladan, qadoqlash bilan birga tonna yuk soni, yo'lovchilar og'irligi, yuk bagaji, pochta, harakatdagi tarkib massasi, tonna; (Lpu) — tarkibi o'zgarmagan holda poezd-uchastasi qismining uzunligi, km (Qn )— poezdning netto massasi, poezdning brutto massasiga harakatdagi tarkib massasini hisobga olmagan holda mos keladi, tonna. Lokomotiv parkidan foydalanish ko'rsatkichlari uch turga bo'linadi: ekstensiv ko'rsatkichlar; intensiv ko'rsatkichlar; integral(umumlashtiruvchi) ko'rsatkichlar; Lokomotivlardan vaqt bo'yicha(ekstensiv) foydalanishni tavsiflash va mavjud zaxiralarni aniqlash uchun, lokomotivlar ekspluatasiya parkining sutkalik vaqt byudjeti balansi tuziladi (24 soat). Download 145.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling