Transport turlari. Temir yo'L, suv, havo va ularning atrof-muhitga ta'siri reja: Kirish


Download 144.92 Kb.
bet5/8
Sana09.11.2023
Hajmi144.92 Kb.
#1758969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TRANSPORT TURLARI. TEMIR YO\'L, SUV, HAVO VA ULARNING ATROF-MUHITGA TA\'SIRI

Afrosiyob tezyurar poyezdi.
345 km uzunlikdagi Toshkent – Samarqand, 66 km uzunlikdagi Toshkent Xo‘jakent va 115 km uzunlikdagi To‘qimachi – Angren temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. 2011 yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha «Talgo-250» zamonaviy qulay poyezdlari negizida «Afrosiyob» yuqori tezlikka ega yo‘lovchi poyezdi foydalanishga topshirildi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi loyihalari bo‘yicha temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish uchun qiymati 140 million dollarlik kapital qo‘yilmalar, jumladan, Maroqand-Qarshi va Qarshi-Termiz temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish loyihalari bo‘yicha mos ravishda 8,6 hamda 4,1 million dollar, «Angren-Pop» yangi temir yo‘l liniyasini qurish uchun 92,4 million dollar o‘zlashtirildi. Uzunligi 44 kilometr temir yo‘l qayta tiklandi, 72 yuk va 3 yo‘lovchi tashish vagoni tayyorlandi
Bugungi kunga kelib(22.12.2015) "Angren-Pop" elektrlashtirilgan temir yo'l liniyasi hududida 19,1 km uzunlikdagi tunnel burg'ilandi. 
O'zbekiston temir yo'llari tizimida amalga oshirilayotgan loyihalar yuk va yo'lovchilarni tashish ishida sifatni oshiribgina qolmay, balki iqtisodiyotni rivojlantirish orqali davlatimiz ravnaqiga ulkan xissa ko'shib, aholining hayot sifatini yaxshilashga zamin yaratmoqda. So'zimiz isboti sifatida, ko'plab misollarni keltirish mumkin.
O‘zbekistonda umumfoydalanadigan temir yo‘l transportida 2012 yil 58 mln. tonnadan ortiq turli yuklar tashildi. Bu ko‘rsatkich 2000 yilga nisbatan 137,8 foizni tashkil etgan Umumfoydalanadigan temir yo‘l transporida yo‘lovchi tashish bo‘yicha Toshkent, Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari yetakchilik qiladi. Bu jihatdan vodiyning uchala viloyatini qo‘shib hisoblaganda ham yuqoridagi viloyatlar salmog‘iga yetmaydi. Umumfoydalanadigan temir yo‘l transportida 2012 yilda respublikada jami 11,8 mlndan ortiq yo‘lovchi tashilgan. Tarmoqda yo‘lovchi tashish 2003 -2005 yillarda o‘sib, 2006-2012 yillarda kamayganligi kuzatiladi. Bu jarayon Farg‘ona vodiysida aksincha 2012 yilda biroz ortgan.

Download 144.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling