Transport turlari. Temir yo'L, suv, havo va ularning atrof-muhitga ta'siri reja: Kirish


Download 144.92 Kb.
bet7/8
Sana09.11.2023
Hajmi144.92 Kb.
#1758969
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
TRANSPORT TURLARI. TEMIR YO\'L, SUV, HAVO VA ULARNING ATROF-MUHITGA TA\'SIRI

Suv transporti. U rayonlararo va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib, xalq xo‘jaligi yuklarini tashish hamda Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun xizmat qiladi.
Respublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi kata.Istiqlol sharofati bilan 1994 yildan boshlab mamlakat suv transporti xizmatini yaxshlash maqsadida bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirila boshlandi. Jumladan, O‘rta Osiyo paroxodchiligining O‘zbekistondagi bo‘limlari negizida "Termiz daryo porti", "Xorazm daryo porti", "Qoraqalpog‘iston daryo porti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etildi (1995). "O‘zavtotrans" korporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish bo‘yicha (Toshkentda) bosh boshqarma tuzilgan bo‘lib, u mamlakat suv transportiga umumiy rahbarlik qiladi. Uning tarkibiga Termiz daryo porti, SHarlavuq, To‘rtko‘l, Beruniy, Qoratov, Xo‘jayli bandargohlari, Amudaryo orqali To‘rtko‘l-Xonqa, CHalish-Beruniy suzma ko‘prik (parom)lari, Xo‘jayli kema tamirlash zavodi ishlab turibdi. Termiz daryo porti yiliga 2,5 mln t yukni qabul qilish-jo‘natish quvvatiga ega, Afg‘onistonning Hayraton bandargohi orqali eksport-import yuklarini etqazib berishda xalqaro ahamiyatga molik.
Respublikada suv yo‘llarining umumiy uzunligi 1000 km ga yaqin. Xalq xo‘jaligi yuklari asosan Termiz-Hayraton, SHarlavuq-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-To‘rtko‘l, Xo‘jayli-Beruniy, Qoratov-Taxiatosh yo‘nalishlarida tashiladi. O‘zbekistonning barcha port va bandargohlari temir yo‘llar bilan bog‘langan.
Quvur transporti tez rivojlanib bormoqda. Mamlakat neft hamda gaz sanoatining rivojlanishi, aholini ichimlik suvi bilan to‘la taminlash bo‘yicha katta istiqbolga ega.
Endilikda birgina Farg‘ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga neft konlaridan jami 228,5 km. lik quvurlar o‘tqazilgan.
O‘tgan asrning II yarmidan boshlab respublikada gaz sanoatining rivojlanishi gaz quvurlari geografiyasini juda kengaytirib, uning xalqaro ahamiyatini oshirib yubordi. O‘zbekistonda gaz quvurlari qurish 1958 yilda boshlangan. 1960 yillarning boshigacha "Asaka-Andijon", "Xo‘jaobod-Farg‘ona", "SHimoliy So‘x-Qo‘qon", "Gazli-Kogon" gaz quvurlari qurilgan.
SHu bilan birga ushbu davrda mamlakatimiz hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan "Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent" gaz quvuri ham ishga tushgan.
Keyinchalik g‘oyat qisqa muddatlarda Buxoro-Ural (1,2,3-navbatlari), O‘rta Osiyo-Markaz, Buxoro-Toshkent-Frunze (Bishkek) –Olmaota gaz quvurlari qurib foydalanishga topshirildi. Ana shu quvurlar orqali xalqimizning milliy boyligi xo‘jasizlarcha tashib ketilgan.
Mustaqillikka erishishimiz bilan ushbu boyliklarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Endilikda respublikadagi gaz uzatish bo‘linmalari 7 magistral gaz quvuri tarmog‘iga (Buxoro-Gazli-Toshkent, 522 km; Muborak-Navoiy, 112 km; SHo‘rtan-ToshIES, 602 km; Kalif-DO‘shanbe, 408 km; Buxoro-Ural, 489 km; O‘rta Osiyo-Markaz, 369 km) ega.
Diametri 720-1220 mm li magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 12,6 ming km bo‘lib, uning to‘la quvvat bilan ishlashi uchun 25 ta kompressor stansiyasi xizmat ko‘rsatadi. Bugungi kunda quvur transporti orqali Qozog‘istonning janubiy viloyatlari, Qirg‘iziston va Tojikiston O‘zbekiston tabiiy gazi bilan ta’minlanadi.
Aholini, ayniqsa shahar aholisini chuchuk suv bilan taminlashda ham quvur transportining ahamiyati ortib bormoqda. Jumladan, 1993 yilda Buxoro va Navoiy shaharlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida Damxo‘ja-Buxoro suv quvuri ishga tushdi.
Umuman, quvur transporti mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim omil bo‘lib, u sanoat korxonalari va xo‘jaliklarni, aholi manzilgohlari va shaharlarni tabiiy gaz va chuchuk suv bilan taminlashda katta ahamiyatga ega. Quvur transportining rivojlantirilishi va uning xalq xo‘jaligida mavqeining oshirilishi ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi oshishiga, mahsulot tannarxi pasayishiga, atrof-muhitning ekologik jihatdan toza bo‘lishiga olib keladi.

XULOSA
O‘ziga xos transport tarkibiga ega, dengiz va okeanlardan uzoqda, Yevropa va Osiyo davlatlarining markazida joylashgan O‘zbekiston Respublikasida transport tizimlarini rivojlantirish masalasi doimo eng dolzarb va murakkab masalalardan biri bo‘lib kelgan va hozir ham shunday bo‘lib qolmoqda.
Transport geografiyasini o‘rganishning eng dolzarb vazifalaridan biri transport tizimining aholi soni, joylashuvi, shahar aglomeratsiyalari va urbanizatsiya bilan aloqadorligini o‘rganish va shu asosda ilmiy qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
O‘zbekistonda aholi joylashuvi qadimdan transport yo‘llari bilan bog‘langan. Har qanday aholi manzilgohlaridan turli yo‘llar o‘tgan va, aksincha, turli transport yo‘llari o‘tgan hududlarda aholi manzilgohlari shakllangan. Bunday geografik xususiyatlar ayniqsa aholi va transport to‘rlari zich joylashgan, yer resurslari cheklangan. Aytish joizki, bunday geografik vaziyatda aholi joylashuvi transport turini belgilab beradi.
O‘zbekistonning transport haritasiga nazar tashlansa, qadimda Buyuk Ipak yo‘li va hozirgi kunda xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar ustida Buxoro, Toshkent, Samarqand, Urganch kabi shaharlar joylashganligi, davlat ahamiyatiga ega yo‘llar kesishgan nuqtalarda Bekobod, Jizzax, Kogon kabi shaharlarning vujudga kelganligini ko‘rish mumkin.
Aholi va transport geografiyasini o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishning biri ikkinchisini taqozo qiladi va quyidagi holatlar ko‘zga tashlanadi:

  • Xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llarda asosan yirik shaharlar paydo bo‘ladi;

  • Davlat ahamiyatidagi yo‘llar o‘tgan mintaqalarda aksariyat o‘rta shaharlar joylashgan;

  • Viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida ko‘proq kichik shaharlar vujudga kelgan;




Download 144.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling