Transport va logistika
Avtobuslarning ish va yo‘nalishdagi vaqti
Download 1.99 Mb.
|
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....
Avtobuslarning ish va yo‘nalishdagi vaqtiAvtobusning ish vaqti yo‘nalishdan saroyga qaytib kirish vaqtidan saroydan yo‘nalishga chiqish vaqti va ayrim texniktashkiliy sabablarga ko‘ra to‘xtab turish va tushlik vaqtlarining ayirmasidan iborat bo‘ladi: Tish =Tqayt- Tchiq- Ttush- Ttex.to‘x., soat; bu yerda: Tqayt— ATKga qaytish vaqti, soat; Tchiq— ATKdan chiqish vaqti, soat; Ttush— tushlik vaqti, soat; Ttex.to‘x.— texnik sabablarga ko‘ra to‘xtash vaqti, soat. Avtomobillarning ish vaqti qancha katta bo‘lsa, ularning ish samaradorligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Buning uchun avtomobillar ishini 1,5 va 2 smena qilib tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin ish vaqtining uzunligi yo’lovchilar oqimining kunning soatlari bo‘yicha o‘zgarishidan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak. Aks holda avtobuslarning bo‘sh yurishi ekspluatatsion xarajatlar ortib ketishiga olib keladi. Avtobuslarning yo‘nalishdagi vaqti ish vaqtidan ular birinchi bekatga borishi va oxirgi bekatdan saroyga qaytib kelishi uchun sarflangan nollik yurish vaqtlarining ayirmasi orqali aniqlanadi: Ty= Tish- to=Tish- to1-to2 bu yerda: Tish— avtobusning ishdagi vaqti, soat; t0— avtobusning nollik yurish vaqti, soat; tO1— avtobusning 1-nollik yurish vaqti, soat; tO2— avtobusning 2-nollik yurish vaqti, soat. Formuladan ko‘rinib turibdiki, yo‘nalish vaqtini oshirish uchun nollik qatnovlarga sarflanadigan vaqtni kamaytirish kerak bo‘ladi. Harakat tezligi Harakat tezligi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, avtobuslarning ish unumdorligi, yo‘lovchilarning manzillariga tez yetib borishlari uning qanday kattalikda ekanligi bilan tavsiflanadi. Avtomobillarda, umuman olganda, tezlikni quyidagi turlarga ajratish mumkin: maksimal tezlik. Maksimal tezlik avtobus dvigatelining quvvatiga bog‘liq bo‘lib, ularning texnik tasnifida zavod tomonidan ko‘rsatilgan bo‘ladi; texnik tezlik. Avtomobillarning texnik tezligi yo’l sharoitidan kelib chiqib, haydovchi tanlagan harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi va bosib o‘tilgan yo‘lning harakatlanish vaqtiga nisbati bilan aniqlanadi: bu yerda: ly — yo‘nalish uzunligi, km; thar — harakat vaqti, soat; d) aloqa tezligi. Aloqa tezligi texnik tezlikdan kichik bo‘lib, yo‘lovchilarning o‘z manzillariga qanchalik tez yetkazilishini tavsiflaydi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling