Transport va logistika
Download 1.99 Mb.
|
334-19 Mamasiddiqov Muxammadrizo Rustamjon oʻgʻli.....
4. TEXNOLOGIK QISM.Dastlab, Andijon shahri hamda Jalaquduq tuman markazlarini bog’lab turuvchi yo’nalishda yo’lovchilarni tashishni ko’rib chiqadigan bo’lsak, 2022yil «07» aprelda elektron tarzda tashkil etilgan yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlar natijalariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Andijon viloyati nomidan ish ko‘ruvchi Boshqarma boshlig‘i, Mashrapov O‘tkirbek Muxtarovich, bundan keyin “Buyurtmachi” deb ataluvchi bir tomondan va “Alpomish Merosi” rahbari, bundan keyin “Tashuvchi” deb ataluvchi ikkinchi to mondan quyidagilar haqida ushbu shartnomani tuzdilar. Unga ko’ra Tashuvchiga ushbu shartnomaning ilovasida belgilangan shartlarda, yo‘nalishida yo‘lovchilarni muntazam tashishni amalga oshirish huquqini beradi. Andijon-Marhamat yo’nalishining umumiy uzunligi 38 km hisoblanadi. Ushbu yo’nalish bo’yicha 6 ta 21 o’rindiqli va maksimum sig’imi 40 ta bo’lgan avtobuslar yo’nalishga qo’yilgan. 4-jadval 4-jadval. Andijon shaxar yo’nalishida qatnovchi avtobuslar Kun davomida 20 ta qatnov amalga oshiriladi. Bulardan birinchisi Andijon shaxar avtobus yo’nalishi hisoblanib, umumiy uzunligi 12.9 km hisoblanadi. Ushbu qatnov bo’yicha 3 ta 24 o’rindiqli va umumiy sig’imi 56 ta bo’lgan avtobuslar qatnovga qo’yilgan. Harakatlanish va qatnovlar muntazamligining buzilishiga olib kelayotgan obyektiv va subyektiv muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: Yo‘nalishda avtobuslarning ko‘rilayotgan istalgan vaqtda (online) harakat jadvaliga muvofiq harakatlanayotganligini yoki avtobuslarning belgilangan yo‘nalishdan tashqariga chiqishini nazorat qilish imkoniyatining yo‘qligi. Yo’l-yo’lakay bekatdan bekatgacha qatnovni amalga oshiradigan yo’lovchilar bekatlarda turli iqlim sharoitlarida uzoq vaqt avtobuslarni kutib turishlariga to’g’ri keladi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun men Avtobuslar harakatini real vaqtda kuzatib turish tizimini GPS va GPRS sistemasi orqali tashkil etish. taklifini ishlab chiqdim: Avtobuslar harakatini real vaqtda kuzatib turish tizimini GPS va GPRS sistemasi orqali tashkil etish. Bugungi kunda har bir haydovchi va yo’lovchi uyali telefon apparatiga egaligi sababli avtobuslarning yo‘nalishdagi harakatini, asosan, o‘zlari tartibga solmoqdalar. Yo‘nalishlarda avtobuslar harakatini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, haydovchi va yo‘nalish nozimlariga nisbatan ko‘rilayotgan choralar ham hech qanday samara bermayapti. Tajribalardan aniqlanishicha, bugungi kundagi fan va texnika taraqqiyoti (sun’iy yo‘ldoshlarning uchirilishi va ulardan xalq xo‘jaligida foydalanishning yo‘lga qo‘yilishi) bu kamchiliklarni to‘liq bartaraf etish imkoniyatini beradi. Sun’iy yo‘ldoshning uchirilishi yo‘ldosh orqali transportlar harakatini nazorat qilish imkoniyatining yaratilishiga asos bo‘ldi. GPS (Global Positioning System) tizimlari hozirgi zamon sun’iy yo‘ldosh monitoringi transport vositalarining online vaqtda qayerda va qanday harakatlanayotganligini aniqlab beradi. Hozirgi zamon GPS tizimlari haydovchilar butun ish kuni davomida nazorat ostida ekanliklarini bilishlari sababli boshqa yo‘nalishlarga o‘tib ketish ehtimolini kamaytiradi hamda ularning intizomi ham oshishiga olib keladi. Avtotransport sun’iy yo‘ldosh monitoring tizimi avtomobillarning harakatlanishini kuzatib borish bilan bir paytda, ularning yo‘nalishdan og‘ishi, favqulodda vaziyatlar vujudga kelib qolganida SMS orqali korxonaga xabar yuborishi mumkin.Transport vositalari korxonaga qaytib kelganida ma’lumotlarni o‘zida saqlab qolishi sababli berilgan topshiriqning qanday bajarilganligi to‘g‘risida yozma matnda yoki jadval ko’rinishida hisobot tayyorlab beradi. Rossiya olimlari ishlab chiqqan ГЛОНАСС (Глобальная навигatsiонная спутниковая система) 1980-yillarda yaratila boshlagan va birinchi yo‘ldosh 1982yil 12-oktabrda fazoga uchirilgan. 1993-yili ГЛОНАСС tizimining birinchi navbati ishga tushirilgan. Ayrim tadbirkorlarning fikricha, GLONASS tizimini avtobuslarga o‘rnatish ortiqcha xarajatdir. Biroq, ushbu uskunadan allaqachon foydalanayotganlar, bu juda qisqa vaqt ichida to'lashiga aminlar. Transportni masofadan nazorat qilish avtobuslar parkini ishlatish va saqlash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi va harakat xavfsizligini oshirishi mumkin. Kompaniya GLONASS tizimini har xil turdagi, marka, modeldagi avtobus va avtomobillarga o'rnatadi. Amerika GPS sun'iy yo'ldosh navigatsiyasining mahalliy analogi bo'lgan tizim o'zini ishonchli, barqaror va ishlatish uchun qulay ekanligini isbotladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling