10-rasm. Avtobusning harakatini nazorat qilish.
— transport vositasining joylashgan manzilini aniqlash;
— harakat yo‘nalishi va tezligini aniqlash;
— elektron xaritada harakat yo‘nalishi chizmasini qurish;
— haydovchini tovushli aloqaga chaqirish;
— to‘xtab turish va harakatlanish vaqtlarini qayd qilish;
— avtobus salonini audio nazorat qilish;
— belgilangan yo‘nalishdan og‘ganlik to‘g‘risida axborot berish va hokazo.
Shahar transporti uchun harakatlanuvchi obyektlarning monitoring tizimi yo‘nalishlardagi transport vositalarining istalgan vaqt oralig‘ida harakat chastotasini tahlil qilish, bulardan tashqari, nozimlik dasturini ta’minlash tizimi orqali yo‘nalishdagi nazorat punktlariga qay paytda kelganligini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Agar yo‘nalishda og‘ishlar vujudga kelsa, bu og‘ishlar haqida navbatchi nozimga zudlik bilan axborot yuboriladi.
11-rasm. Transport vositalarining harakatlanish parametrlari haqida navbatchi nozimga axborot yuborish sxemasi.
Bu yerda yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, yuqorida sanab o‘tilgan ma’lumotlar yengil avtomobil-taksilar uchun ham olinishi mumkinligi bilan bir paytda, buyurtmalarni qabul qilish va bajarishda katta samara berishi mumkin.
Bugungi kunda transport vositalarining koordinatalari va harakatlanish parametrlarini aniqlash uchun GPS tizimida qo‘llanib kelinayotgan tizimlardan yana biri «Teletrek» tizimi hisoblanadi. (12-rasm).
Transport vositasiga alohida moslama o‘rnatiladi. GPS tizimi orqali yo‘ldoshdan olinayotgan signallarga qarab uning qayerda ekanligi, tezligi, harakat yo‘nalishi kabi ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Bunda GPRS (General Packet Radio Service) qurilmasi mobil telefondan foydalanib ma’lumotlarni paket shaklida Internet orqali elektron pochtani yuborish imkonini beradi. To‘plangan ma’lumotlar kodlanadi va GSM (Global System for Mobile communications — global mobil aloqa tizimi) tarmog‘i va Internet orqali nozimlik markaziga yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |