Transport vazirligi


Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir


Download 1.75 Mb.
bet11/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir. So‘nggi yillarda virtual borliq shakli haqida fikr yuritilmoqda.
Tabiat borlig‘i birlamchi (ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) tabiat borlig‘iga bo‘linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – butun tabiiy va sun’iy dunyo, shuningdek, tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir.
Ijtimoiy borliq ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning borlig‘iga bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi,turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi.
Virtual borliq inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interaktiv texnologiya. Bunda ob’ektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish o‘rnini maxsus interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun’iy yaratilgan kompyuter axboroti egallaydi. Virtual olam – inson borlig‘ining o‘ziga xos shakli va odamlar ma’naviy aloqasining alohida madaniy ifodasidir.
«Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan ma’noni anglatadi.
Materiya ikki xil shakily ko’rinishda uchraydi. Bular modda va maydon ko’rinishlardir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog’langan bo’lib, o’zaro to’qnashganda, keskin sifatiyo’zgarishlar ro’y beradi, yani moddalar va antimodda to’qnashsa, materiyaning modda ko’rinishi nomodda ko’rinishga aylanadi, muayan maydondagi nurlanishlar esa, zarracha va antizarrachalarning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Materiya mavjudligining mashtab o’lchovi bilan farq qiluvchi uchta darajaga: makro, mikro va mega dunyoga ajratish mumkin.
Harakat, makon va zamon –materiyaning yashash shartlaridir.
Materiya mavjudligining muhim sharti bu harakatdir. Materiya atributlari ichida uning asosiy mavjudlik shakli bu- harakatdir, chunki materiyaning xar qanday ko’rinishning yaxlitligi harakat tufayli saqlanadi. Agar harakat bo’lmaganda edi, har qanday jismning tarkibiy qismlarini tutashtirib turuvchi o’zaro ta’sir kuchlar ham bo’lmaganda edi, natijada xech bir narsaning butunligi, yaxlitligi, tartibi saqlanmasdi.
Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil topishining turli darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli:


    1. Download 1.75 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling