Transport vazirligi


Download 1.75 Mb.
bet41/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

san’atshunoslik fanlari bilan ham yaqin aloqadorlikda ish olib boradi. CHunonchi har bir san’at turining
«o‘z estetikasi» mavjud: so‘z san’ati estetikasi, teatr estetikasi, musiqa estetikasi va h.k.

Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kundalik hayotimizda nafosat tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a’zosi go‘zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo‘lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, ommaviy san’atni rad qila olishlari lozim. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, estetika jamiyatning barcha a’zolari uchun muhim ahamiyatga ega.


Estetikaning, ayniqsa, badiiy asar ijodkorlari uchun amaliy ahamiyati katta. CHunonchi, biror bir san’at turida ijod qilayotgan san’atkor birinchi galda, ma’lum ma’noda, o‘z sohasining bilimdoni bo‘lishi kerak. Deylik, zamonaviy bastakor notani bilmasdan, musiqali asar yaratish qonun-qoidalarini, shu jumladan, musiqaga ham taalluqli bo‘lgan estetikaning umumiy qonuniyatlaridan bexabar holda tuzukroq asar yaratishi dargumon. Ba’zilar, daho san’atkorlar qonun-qoidalarsiz ham ijod qilaveradilar, degan noto‘g‘ri tasavvurga ega. Vaholanki, daholarning o‘zlari ko‘p hollarda nafosat nazariyasi bilan shug‘ullanganlar. Bu borada Navoiy, Jomiy Leonardo da Vinchi, SHiller, Gyote kabi buyuklarning nomlarini eslashning o‘zi kifoya qiladi.




Badiiy asarni tadqiq etuvchi olimlar – tanqidchilar, san’atshunoslar va adabiyotshunoslar uchun ham estetikani bilish zarur. Deylik, «sof teatr»ni – faqat sahna san’atinigina yaxshi bilgan san’atshunos, u qanchalik iste’dodli bo‘lmasin, yuksak talab darajasida tadqiqot olib borolmaydi, hatto e’tiborga molik maqola ham yoza olmaydi. CHunonchi, u dramaturgiyadan, musiqadan, uslub va kompozitsiya qonun- qoidalaridan, bir so‘z bilan aytganda, nafosatshunoslik qonuniyatlaridan etarli xabardor emas. Natijada uning tadqiqoti, maqolasi yoki taqrizi biryoqlama, falsafiy umumlashmalardan xoli, sayoz jumlalar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi.

Estetikaning san’atni xalq orasida yoyadigan, targ‘ib etadigan tashkilotlar rahbarlari uchun ahamiyati, ayniqsa, muhim. Bordi-yu, ma’naviyat va mafkura sohalaridagi mutasaddi rahbarlar estetikadan bexabar bo‘lsalar, «Xudo urdi» deyavering. Unday holda viloyat, tuman, shahar yoki tashkilotlarda yuzaki qaraganda kulgili, latifanamo, aslida esa, san’at uchun fojiali hodisa yuzaga keladi. Diqqatingizni totalitar tuzum davrida bo‘lib o‘tgan kulgili bir voqeaga qaratmoqchiman.


Voqeaning tafsiloti quyidagicha: viloyat teatrlaridan birida yosh iste’dodli rejissyor ish boshlaydi. Dastlab hammasi yaxshi boradi. Lekin nima bo‘ladi-yu, viloyat ichki ishlar boshqarmasining boshlig‘i ishdan bo‘shatiladi. SHo‘rolar tuzumi odatiga ko‘ra, nomenklatura odami ishsiz qolishi mumkin emas, kichik bo‘lsa ham rahbarlik lavozimiga o‘tkazilishi kerak. Oqibatda uni teatrga direktor qilib yuborishadi. YAngi rahbarga teatrda o‘rnatilgan ish tartibi yoqmaydi – bunday holat unga intizomsizlik bo‘lib tuyuladi: qarasa, aktyorlar peshinga yaqin, goh peshindan keyin repititsiyaga kelishar ekan. U rejissyordan hamma yo soat to‘qqizdan oltigacha, yoki o‘ndan ettigacha ishlashini, sho‘rolar davlatida barcha uchun ish soatlari bir xil ekanini


uqtirmoqchi bo‘ladi. Rejissyor esa, aktyorlar ertalabdan uyda, toshoyna qarshisida o‘z rollarini mashq qilishlarini, bu erga faqat repititsiya va spektakl uchun kelishlarini tushuntirishga urinadi. Lekin yangi direktor bu xatti-harakat va gaplarni o‘ziga qarshi atayin uyushtirilgan isyon deb tushunadi, teatrda, san’at dargohida o‘ziga xos qonun-qoidalar borligini xayoliga ham keltirmaydi. Natijada ikki oydan ortiq vaqt mobaynida aktyorlar «intizomsizligi» uchun maosh olmaydilir, ish orqaga qarab ketadi. Nihoyat, yuqoridagilarga bu gap etib borgach, direktor almashtiriladi. Agar sobiq militsiya rahbari ozgina estetikadan xabardor bo‘lganida, teatrda buncha asabbuzarliklarga yo‘l qo‘ymagan, o‘zi ham hammaning oldida kulgiga qolmagan bo‘lur edi. Bunday misollar, afsuski, boshqacharoq shakllarda hozir ham jamiyatimizda uchrab turadi.


Dizaynchi-injenerlar, atrof-muhitni obodonlashtirish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar faoliyatiga nafosat ilmining sezilarli ta’siri mavjud. SHuningdek, korxona rahbarlari, firma boshliqlari mazkur korxona yoki firmada dastgohlar dizaynidan tortib, devorlar ranglari-yu, «ichki gulzor»larning joylashtirilishigacha nafosat qonun-qoidalari asosida bo‘lishini ta’minlashlari lozim. O‘shandagina ish joyida mehnat unumdorligining oshishi tabiiy. Buning uchun esa, mazkur rahbarlar estetikadan albatta xabardor bo‘lishlari shart.

Umuman olganda, estetika hamma uchun ham zarur. CHunki inson zoti baribir hayotda tez-tez san’at asarini idrok etuvchi sifatida maydonga chiqadi. Deylik, siz Samarqandga «o‘ynab kelgani» bordingiz. Agar estetikadan bexabar bo‘lsangiz, Go‘ri Mir maqbarasinig gumbaziga, Registondagi madrasalar yonida qad ko‘targan minoralarga, peshtoqlardagi ko‘hna arabiy yozuvlarga qiziqib qaraysiz, chiroyli ekan, deb mamnuniyat hosil qilasiz. Bordi-yu, aksincha, nafosat ilmidan xabardor bo‘lsangiz, u holda nafaqat ularning chiroyliligini, balki gumbaz shunchaki gumbaz emas, Xudo go‘zalligining ramzi ekanini, u «jamol» deb atalishini, minoralar – Tangri qudratining timsoli o‘laroq «jalol» deyilishini, peshtoqlardagi go‘zal yozuvlar


– oyatlar, Xudoning belgisi, «sifat» deb nomlanishini eslaysiz va olayotgan taassurotingiz bir necha barobar boyiydi. Zero, estetika orqali biz faqatgina ko‘rganlarimizning shakliy go‘zalligini emas, balki, ayni paytda shakl bilan birga, uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz. SHu sababli, fermerga yoki temir yo‘l ishchisiga, yoki tadbirkorga nafosatshunoslik haqida bosh qotirib o‘tirish zarur kelibdimi, degan gaplar xato va zararlidir.
YUqorida ko‘rib o‘tganlarimizdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, bugungi estetika fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Zotan, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a’zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo‘lmog‘i lozim. Qolaversa, hozirgi mashinasozlikni, aviasozlikni, umuman, sanoatni zamonaviy dizaynsiz tasavvur etish mutlaqo mumkin emas. Bunda bevosita texnika estetikasining ahamiyati katta. Bulardan tashqari, ayniqsa yoshlarning nafosat tarbiyasiga alohida e’tibor berish – zamonning dolzarb talabi bo‘lib qolmoqda.
Go‘zallik tushunchasi sub’ektda yoqimli taassurot, xush kayfiyat va quvonch uyg‘otadigan ob’ektdagi estetik xususiyatni tavsiflashga yo‘ naltirilgan ilmiy atama. Estetik xususiyat sifat ida esa, go‘zallik muayyan komillik va yuksak qadriyatlar, insonni «erkinlikka olib boradigan yo‘ ldir» .
Go‘zallik, eng avvalo me’ yor bilan bog‘ liq. Lekin bu bog‘ liq lik bilvosita – uyg‘unlik orqali ro‘ y beradi. YA’ ni, nimaiki me’ yorida ekan, unda uyg‘unlik xususiyat i mavjud bo‘ ladi; uyg‘unlik go‘zallikning poydevoridir. Uyg‘ unlikda moslik va mutanosiblik bilan bir qatorda ba’ zan nomoslik va nomutanosiblik katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, terakning adlligi, pastki tanasining ustki qismiga mutanosibligi – go‘zal. Ayni paytda tok zangining egri- bugriligi, pastki qismi bilan tepa tomonining nomutanosibligi ham – go‘zal. CHunki har ikki holatda
uyg‘unlik mavjud. Zero, uyg‘ unlik ikki va undan ortiq qarama - qarshi narsa- hodisalar yoxud narsa- hodisalar unsurlarining me’ yor asosida «ichki kelishuvi» dan hosil bo‘ ladi. Masalan, qiz bolaning oppoq yuzidagi moshdek yoki no‘ xatdek qora xol – go‘zal, bunda oq bilan qora – qarama- qarshi ranglar me’ yor asosida bir- biri bilan sig‘ ishadi, uyg‘unlikni tashkil etadi, natijada yuzda go‘z al manzara vujudga keladi, aniqrog‘ i, yuz go‘zallashadi. Biroq oq yuzdagi qora xol me’ yoridan ortiq o‘rin egallasa, yuzning katta qismini qoplab olsa, go‘zallik emas, xunuklik paydo bo‘ ladi. CHunki hajmdagi me’ yorning buzilishi, oq rang ichidagi qora rangning ortiqcha kattalashib ketishi uyg‘unlikka putur etkazadi.
Inson oliy mavjudot sifat ida shunday mo‘‘ jizaki, u butun olamni o‘ z fikriga sig‘dirish va qalbi bilan qamrab olish qudratiga ega. Uning aqli – ulug‘, qalbi – cheksiz. Bu ulug‘ lik va cheksizlikn ing uyg‘unligi undagi ruh ulug‘ vorligini ta’ minlaydi. Insonning ulug‘ vor ruhi esa, uning o‘ zini bir bosh yuksaltirgani holda, jonsiz olamni ham jonlantirish xususiyatiga ega: tabiat ulug‘ lashadi, insonga hayratga soluvchi hissiyot ulashadigan estetik manba ga aylanadi. Ana shu ruhning o‘zini namo yon et ish doirasini biz ulug‘ vorlik deb ataymiz.
U qamrovlilik jihatidan nafosat falsafasida go‘zallikdan keyingi eng yir ik xususiyat va tushuncha hisoblanadi. Ulug‘ vorlik estetik xususiyat sifat ida ulkan qudrat hamda miqyosga ega narsa- hodisalarning bir qarashda ilg‘ab olib bo‘ lmaydigan botiniy jihatlaridir. Tushuncha sifat ida esa, u voqelikdagi ana shu ulkan qudrat va miqyosning falsafiy- estetik mohiyatini ta’riflashga, tushuntirishga xizmat qiladi.
Ulug‘ vorlik kundalik hayotda ist isnoli voqelik tarzida ko‘zga tashlanadi, odatiy voqea- hodisalardan o‘ zining favquloddaligi bilan ajralib turadi va kishida hayrat, quvonch, ayni paytda ichki bir qo‘rquv, darhol anglab olinishi qiyin bo‘ lgan sirli xavotir singari tuyg‘ularni uyg‘otadi. U ob’ ektiv va sub’ektiv asosga ega. Bepoyon yulduzli osmon, vulqon, cheksiz dengiz va uning ulkan to‘ lqinlari kabi tabiat hodisalari; Misr ehromlari, Minora kalon, Toj Mahal, Kyoln jomesi singar i me’ morlik san’ati yodgorliklari; fidoyilik, qahramonlik, mardlik va boshqa insoniy fazilatlar, buyuk tarixiy shaxslarning ijobiy faoliyati kabi jamiyatdagi voqeliklar ulug‘ vorlikning ob’ektiv asoslari hisoblanadi.
Odamzod shunday noyob mavjudotki, u o‘z qayg‘usidan hayotbaxsh ruh topa biladi, kulgis idan falsafa yasay oladi, ko‘z yosh bilan kulib, kulib turib, yosh to‘kishga qodir. CHunki uning hayoti ikki qutbdan iborat, biri – fojia, ikkinchis i
– quvonch. Inson ana shu ikki qutbning jonli markazi sifat ida azalu abad ham fojiaga, ham kulgiga «tegib» turishga majbur. Ana shu holat, shubhasiz, uning ma’ naviy izlanishlariga ta’ sir ko‘rsatadi, uni ijodkorlikka undaydi va o‘zi yaratgan san’at asarlarida estetik xususiyatlar sifat ida in’ ikos etadi. Bu xususiyatlarni estetikada fojiaviylik va kulgililik tush unchalari o‘rganadi. Dastlab ularga a lohida- alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Fojiaviylik estetikadagi qamrovli va asosiy tushunchalaridan hisoblanadi. Uning zaminida fo jiaviy ziddiyat yotadi. Fojiaviy ziddiyat shaxs orzu - istaklari, maqsadlari bilan jamiyat talablari orasidagi qarama- qarshilikdan vujudga keladi, boshqacha qilib aytganda, fojiaviy ziddiyat erkinlik va zaruriyat orasidagi kurash degani. Bu kurashda «zaruriyat – ob’ ektiv, erkinlik esa, – sub’ektiv tomonni tashkil etadi»
Erkinlikni o‘zida mujassamlashtirgan fojiaviy qahramon – sub’ekt zaruriyat tajassumi bo‘ lmish voqelik – ob’ ekt bilan tengsiz kurashda halok bo‘ ladi.
Estetik madaniyat deganda, ko‘pchilik ilmiy adabiyotlarda, xususan, qomuslar va lug‘atlarda jamiyat umu miy madaniyatining ixt isoslashgan qismi, jamiyatning san’atni va estetik munosabatlarni ta’ minlash holati nazarda tutiladi. 5 Bunga estetik qadriyatlar va ulardan foydalanish t izimlari, texnik vositalar, estetik faoliyat turlari va ular namoyon bo‘ ladigan o b’ektlar ( san’at, xalq ijodi, muzey, teatr, ko‘rgazma zallari, nashriyotlar v. b.) kiradi. SHuningdek, shaharsozlikdagi, atrof- muhitni go‘zallashtirishdagi, dizayndagi v. b. moddiy t iz imdagi qadriyatlar ham, «estetiklashgan» ijt imoiy- maishiy sohalar ( turmush, sport, shaxs, bayramlar estetikasi) ham estetik madaniyatni tashkil et ishda katta ahamiyatga ega.
Biroq, bularning hammasini e’t irof etgan holda, biz diqqat - e’t iborni ko‘proq ijt imoiylashgan individning, shaxsning, zamon kishisining nafosat olamiga, ich ki estetik madaniyatiga qaratmoqchimiz. Negaki, har qanday estetik jihatdan yuksak jamiyat ham aynan o‘ sha shaxslar estetik madaniyatining darajasi bilan belgilanadi. Bu daraja esa, o‘z navbatida uning bir - biri bilan uzviy bog‘ langan nafosatni estetik idro k etishi va estetik tarbiyasidan vujudga keladi. Insondagi shu estetik ma’rifatlilikni ko‘p hollarda nisbatan mavhum va umumiy bo‘ lgan jamiyat estetik madaniyati tushunchasi ostida qolib ketishi adolatdan emas. SHu bois biz estetik madaniyatning tom ma’ nod agi mo yasi hisoblanadigan estetik idrok etish va estetik tarbiya muammolarini ko‘rib chiqamiz.
Biz estetik idrok et ish deganda, odatda san’at asarini «tushunishni» nazarda tutamiz. Vaholanki, insondagi bu ruhiy- didaktik holat estetik xususiyati yoki xususiyatlari mavjud bo‘ lgan barcha ob’ ektlarni idrok etishni taqozo qiladi va o‘zini to‘ laqonli estetik faoliyat sifat ida namoyon etadi. Demak, estetik idrok etish faqat san’at bilan chegaralanmaydi, ya’ ni u badiiy idrok et ishga qaraganda, keng ko‘ lamli, badiiy idrok etishni ham o‘z ichiga oladi. CHunki badiiy idrok asosan ijodkor shaxsining faqat hayotiy voqelikni badiiy anglashi bilan bog‘ liq, estetik idrok esa, badiiy asar yaratuvchisigina emas, balki unga ehtiyojmand shaxsga taalluqli idrok et ish turidir. SH undan kelib chiqqan holda, bundan buyo n estetik idrok et ishni badiiy idrok et ishga nisbatan tor deyish yoki har ikkisini aynanlashtirish, zamonaviy estetik madaniyat taraqqiyoti talablariga javob bermaydi. Aksincha, endilikda estetik idrok etishning bir - biridan jiddiy farq qiladigan ikki turi borligini aytish va bu fikrni ilmiy - nazariy isbotlash vaqti keldi. Ularning biri – nosan’at ob’ektni, ikkinchisi – san’at ob’ektini estetik idrok et ish. San’ atni estetik idrok etishni chuqurroq ko‘rib chiqish uchun avv a l nosan’at estetik ob’ektlarni idrok etish masalasiga to‘xtalib o‘t ishni o‘rinli deb o‘ ylaymiz. Nosan’ at estetik ob’ektlar deganda, biz inson estetik faoliyatining natijasi bo‘ lmagan ( tabiat) va estetik faoliyat turi o‘ laroq, san’at darajasiga ko‘tarilmagan, lekin shaklan badiiy ifodaga ega ( dizayn, sport kabi) voqelikni
tushunamiz.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling