Transport vazirligi


Download 1.75 Mb.
bet42/74
Sana28.03.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1302852
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74
Bog'liq
умк фалсафа янги 2021

Nosan’ at ob’ ektni estetik idrok etish muammosi . Bilamizki, estetik idrok etish voqelikka estetik munosabatning bir ko‘rinishi sifat ida sub’ ekt bilan



5 Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 169.
ob’ektning o‘ zaro aloqasidan iborat. Bu aloqa nosan’at ob’ ekt bilan bo‘ lgan munosabatda bevosita amalga oshadi, unda sub’ ekt ob’ektni to‘g‘ridan - to‘g‘r i idrok etadi. Masalan, yuksak tog‘ ustidan otilib tushayotgan ulkan sharsharadagi ulug‘ vorlik va go‘zallikni: tovush, rang, zarralar, ko‘piklar o‘ yinidan estetik zavq olmasligingiz mumkin emas. YOki suv sportida har tomonlama kelishgan, qizil libosdagi qizlarning moviy suv yuzida qizil at irgulni o‘zlarining maromli,
«ohangdor» harakatlari bilan tasvirlashlar ini – gulbarglari bilinar- bilinmas hilpirab turgan jonli gulni mahliyo bo‘ lib tomosha qilar ekansiz, harakatdagi inson badani go‘zalligining yuksak darajaga ko‘tarilganini his etasiz. Siz sharsharadagi ulug‘ vorlikni, go‘zallikni, «jonli» qizil gulning movi y fondagi go‘zalligini, nafisligini va gulbarglarning uyg‘ unligini rassom yoki yozuvchi tasvirida emas, balki «o‘rtaga hech kim tushmagan holda», ularga baqamti turib, tomosha qildingiz va bir dunyo estetik zavq oldingiz. Demak, nosan’ at ob’ektni estetik idrok etishda faqat ikkiyoqlama, «ob’ ekt – sub’ekt» tamoyili asosidagi munosabat ro‘ y beradi.
Nosan’ at ob’ektni estetik idrok etishning yana o‘ziga xos bir jihati shundaki, unda idrok etuvchi, san’at asariga nisbatan bo‘ lganidek – avvaldan tayyorgarlik ko‘rmasdan, daf’ atan, dabdurustdan munosabatga kirishadi, yoyibroq aytganda, nosan’ at ob’ektni idrok etuvchi, birinchidan, shu ob’ektga bir nazar tashlaganidan, bir zum quloq tutganidan keyin uni ko‘rishga yoki eshitishga jaz m qiladi. Ikkinchidan, u estetik qonun- qoidalar, estetik anglash, san’ at turlari, janrlari borasida mo‘ayyan ( hatto ozgina) tushunchaga ega bo‘ lmasligi ham mumkin. Demak, nosan’at ob’ ektni estetik idrok et ish savqi tabiiy – intuitsiyaga asoslangan tarzda, tasodifan amalga oshadi.
Ma’ lumki, tasodif biz bilgan va bila olmagan o‘z qonuniyatlariga, zaruriyat bilan dialektik aloqadorlikka, zaruriyatning yarq etgan hodisasi sifat idagi ko‘rinishda namoyon bo‘ lish xususiyatiga ega. SHu jihatdan olib qaraganda, nosan’ at ob’ektni estetik idrok et ishn ing tasodifiyligida ham muayyan mantiqiylikni, qulay sharoitda tasodif niqobi ostida namoyon bo‘ ladigan zaruriyatni ko‘ramiz. Mazkur tasodifning ikki ildizi mavjud. Birinchisi – insonning tabiati bilan bog‘ liq: unga estetik ehtiyoj ilohiy in’om tarzida tug ‘ ma berilgan ( uni yo‘qotib qo‘ yish yoki yuksak darajaga ko‘tarish o‘zimizga, tarbiyamizga bog‘ liq), go‘daklikdanoq inson, dastlabki bobda aytib o‘tganimizdek, go‘zallikka int iladi. Ikkinchisi – insonning hayotiy tajribasiga borib taqaladi: u yillar mobaynida voqea- hodisalar, mehnat jarayonlari orqali, axloq nazarisini bilmasa ham, nima yaxshi- yu, nima yomon ekanini ajratib olganidek, estetik qonun- qoidalardan bexabar bo‘ lgani holda, go‘zallik bilan xunuklikni farqlash qobiliyatiga ega. Quyidagi, bo‘ lib o‘tg an voqeaga e’t ibor qiling.
Ushbu satrlar muallifi bundan ko‘p yillar muqaddam ko‘klam paytida Toshkent – Angren yo‘ nalishi bo‘ ylab avtobusda yo‘ lga chiqdim. Vaqt erta bo‘ lsa - da, avtobus liq to‘la, yo‘ lovchilar va haydovchi orasida dahanaki jang ham bo‘ lib o‘tgan, kayfiyatlar unchalik baland emas. YArim soatlardan so‘ ng aholi yashamaydigan dasht o‘rtasidan o‘tgan yo‘ lning o‘ ng tomondagi manzarasi diqqatimni tortdi: lo lazorlar boshlangan edi. Lolalar ikki xil – qizil va sariq. Ularning, xuddi ekib qo‘ yilgandek, pol- pol bo‘ lib yonib turishi, qizil maydon
sariqqa, sariq maydon qizilga tabiiy mutanosiblik asosida ulanib ketganligi nihoyatda go‘zal edi. SHu payt orqamda o‘t irgan o‘rta yoshlardagi ayo l haydovchiga: «Besh minutga to‘xtang, bolam, ilt imos», dedi. Hay dovchiga bu ilt imos yoqinsiramasa ham to‘xtadi. Xuddi birov qo‘ monda bergandek, hamma shu zahoti avtobusdan tushdi. Qarshimizdagi manzara shunaqa go‘zal ediki, ta’riflash qiyin. Lolalar shabadada tebranardi, quyoshda tovlanayotgan ranglar bizga nimalarnidir so‘zlayotgandek tuyulardi, men bunday miqyosli go‘zallikni birinchi ko‘rishim edi, o‘shanda ilk marta rassom emasligimga afsuslandim. Haligi ayol lo lazorga ikki qadam chamasi kirib, lo lalarni silayotganini, yuzida ma’ yus tabassumni va ayni paytda og‘ ir n imadandir qutulib, bir engil tortgandek bo‘ lganini kuzatdim. Avtobusga chiqqanimizda birdaniga o‘zgarib qolgan edik, kayfiyatlar baland, o‘zimizni bir - birimiz bilan anchadan buyon qadrdondek his qilardik. Haligi ayolning gaplari qulog‘ imga chalindi: «YOshl ig imda shunaqa lo lazorlar biz tomonlarda ham ko‘p bo‘ lardi, Zangi ota tomonlarda... Lolalarning ichida yurib, xayol surishni yaxshi ko‘rardim, – dedi u. – Hozir hammayoq paxta dalasi bo‘ lib ketgan, o‘sha joylardagi g‘o‘za chopig‘ ida, paxta terimida lo lazorlarni har zamon eslab qo‘ yaman, xolos. Bugun o‘sha lo lazorlarimni yana ko‘rgandek bo‘ ldim...» U yonidagi, hamrohigami, mengami yo o‘ziga gapirarmidi
– bilolmadim...
Nari borsa, ett inchi sinf ma’ lumotiga ega bo‘ lgan o‘sha ayol tabiat go‘zalligini idrok et ishda sizu bizdan kam emasdi. U lo lazor bag‘riga qadamlar i emas, butun borlig‘ i bilan kirib ketgan, ilmiy t il bilan aytganda, go‘zallikka hissiy kirib borgan, o‘zini bir zumga erkin o‘ sayotgan lo lalardan biri deb his qilgan edi. Lolazor unda shirin xotiralar ni uyg‘otdi. Faqat undagina emas, hamma yo‘ lovchilar, yoshgina tajang haydovchi ham shirin nimalarnidir esladi, nimalarnidir orzu qildi. Tabiat go‘zalligi o‘zimiz sezmagan holda bizni ma’ yuslik bilan uyg‘unlashib ketgan quvonch vositasida avvalgi holatimiz dan yuksaltirgan, xunuk gapga aylanishi mumkin bo‘ lgan fikrlardan, mayda his - tuyg‘ ulardan qalbimizni tozalagan, hayotga, tabiatga, odamlarga bo‘ lgan muhabbatimizni kuchaytirgan edi. Hammamiz «tasodifan» go‘zallikka duch kelgan, uni
«tayyorgarliksiz» idrok etgan va forig‘ lantirishni boshdan kechirgan edik.
Ayt ilganlardan xulosaga chiqaradigan bo‘ lsak, shunday deyishimiz mumkin: nosan’ at ob’ ektni estetik idrok etish bevositalik va tasodifiylikka asoslangani holda, bizni, san’ at asari darajasida bo‘ lmasa - da, forig‘ lantirish qudratiga ega. Demak, Arastudan boshlab, to shu kungacha forig‘ lantirish xususiyatini asosan san’atga nisbat berib kelishimiz maqsadga muvofiq emas. Estetik xususiyat yoki xususiyatlarga ega har qanday ob’ekt (nosan’ atmi, san’atmi) idrok etu vchida forig‘ lantirish holatini yuzaga keltiradi. SHu bois, yuqorida aytilganidek, nosan’ at estetik ob’ektlarni idrok etish muammosini jiddiy o‘rganish vaqti keldi deb o‘ ylaymiz.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling