2. Diagnostik ob’ektning asosiy nosozliklari
Nasosning asosiy nosozligi uning dvigatel moy tizimini me’yoriy moy bosimi bilan ta’minlab bera olmasligidir. Buning sababi - shesternyalarning radial va qirrali yeyilishi, reduksion klapan prujinaning yeyilishi yoki elastikligining pasayishidir.
3. Diagnostik ob’ektning tuzilmaviy -sabab -oqibat bog‘lanish sxemasini tuzish
Nasosning tuzilishi va uning ishonchliligini o‘rganish asosida tuzilmaviy -sabab-oqibat sxemasi tuziladi (2-rasm). Bu holda kuyidagilar aniqlanadi:
Dianostikalash ob’ekti: dvigatelning moy nasosi;
Nasosning tuzilish elementlari: shesternyalar, qopqoq va nasos korpusi, reduksion klapan prujinasi;
Elementlarning tuzilish parametrlari: shesternya yon boshi va qopqok, orasidagi tirqish, shesternya tishlari va korpus orasidagi radial tirkish, reduksion klapan elastikligi.
4. Nosozliklar xarakteristikalarini aniqlash
4.1 Shesternya yon boshi va qopqok, orasidagi tirqish (Ө1)ning oshishi; shesternya tishi va korpus orasidagi radial tirqish (Ө2) ning oshishi, tirqishlar (Ө1) va (Ө2) o‘lchov asbobi yordamida nasos ajratilganda o‘lchanadi.
4.2 Prujina elastikligining pasayishi nasosdan yechib maxsus moslama yordamida, prujinaning siqishi esa ko‘z nazorati orqali aniqlanadi.
4.3Shesternya va nasos korpusi orasidagi tirqish oshishi hisobiga shovqinning o‘zgarishi aniqlanadi.
5. Diagnostik belgilar
Moy bosimining pasayishi nasos unumdorligining kamayishi va shovqin quvvatining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi. Ishchi va hamrox jarayonlar bo‘yicha diagnostik belgilar quyidagi birliklarda aniqlanadi: moy bosimining o‘zgarishi - r(MPa yoki kGk/sm2), nasos unumdorligi - Q (l/min yoki l/soat), shovqin kuvvati - U, (Vt).
6. Diagnostik parametrlar
Diagnostik parametr fizik birlik bo‘lib, uning yordamida diaagnostikalanadigan ob’ektning ishchi yoki hamrox jarayonlarini o‘lchash mumkin. Bizning misolda moy bosimi-R, nasos unumdorligi-Q yoki shovqin quvvati-U.
Do'stlaringiz bilan baham: |