3 - AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu. Lok-bo’yoq materiallari va ularni sifatini aniqlash, xossalarini
o’rganish.
Lok - bo’yoq materiallarning qovushoqligini aniqlash. Lok-bo’yoq
materiallar qovushoq-oquvchan suyuqlik bo’lib, ular biror organik erituvchida erigan
holda (bahzan suv bilan) suyultirilgan bo’ladi. Amalda ko’pincha, ularning dastlabki
va ish qovushoqligini bilish va aniqlashga topg’ri keladi. Lok – bo’yoq
materiallarining shartli qovushoqlik deb nomlangan qovushoqligini
aniqlash usulari
turlichadir.
12-rasm. VZ-4 viskozimetri.
1-rezervuar, 2-oqizish uchun tarnov, 3-zanglamaydigan po’latdan tayyorlangan
soplo.
13-rasm. VZ-1 viskozimetri.
1-ilgak, 2-rezervuar qopqogi, 3-sterjen, 4-yo’naltiruvchi trubka, 5- termometr
uchun teshik, 6- rezervuar, 7-vanna, 8-soplo.
Lok-bo’yoq materiallarining qovushoqligi – ularning
sirtiga surkalish va tezda
tekis qatlam bo’lib yoyilish xususiyati bilan bog’liqdir. Agar lok – bo’yoq
materiallarining qovushoqligi normadagidan Yuqori bo’lsa,
ularga mos erituvchi
qo’shish yoki qizdirish orqali qovushoqligi kamaytiriladi.
GOST 8420-74 talabiga ko’ra, lok-bo’yoq materiallarning
shartli qovushoqligi
VZ-1(12-rasm), VZ-4(13-rasm) yoki sharikli viskozimetrlar yordamida topiladi.
Qovushoqligi nisbatan yuqori bo’lgan lok – bo’yoq materiallarning (150
s dan
yuqori) qovushoqligi sharikli viskozimetrlarda aniqlanadi.
Ko’rilayotgan ishni bajarishdan maqsad olingan biror lok- bo’yoq materialning
shartli qovushoqligini 20
o
C haroratda viskozimetr VZ-4 yordamida aniqlash, olingan
natija GOST talabi bilan solishtirish va qovushoqlikni harorat o’zgarishlariga
bohliqligini tekshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: