Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Download 3.23 Mb. Pdf ko'rish
|
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar
Mavjud vaziyat Sovitish tizimining nosozliklari: zichlikning buzilishi, ya’ni suv nasosi salnigidan, patrubka va boshqa joylaridan Suyuqlikning sizib oqishi, tasma tarangligining bo’shashib qolishi, uning uzilishi, termostat qopqog’ining berk qadalib yoki ochiqligicha qolishi, nasos parragining sinishi, radiator qopqog’ining jips yopilmasligi, tarmoq devorlarida Suyuqlik cho’kindi (quyqa)si hosil bo’lishi hisoblanadi. Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo‘lib ular orasida sovutish tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig‘i beriladi. Bu masala Yuzasidan har bir talabani o‘z fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Sovutish tizimidagi suvni kamayib ketish sabablarini ko‘rsating. Dvigatel nima uchun qizib ketadi?. Dvigatel me’yoriy haroratgacha isimaydi. Sovutish tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasini keltiring. Mavjud vaziyat Dvigatelning ishlash jarayonida, uning karteridagi moy sathi kamayib, sifati o’zgaradi. Bular dvigatelning buzilishiga va boshqa nosozliklarni keltirib chiqarishga olib keladi. Dvigatelning ishlash jarayonida moy sifati yomonlashishiga sabab, uni metall zarrachalari va yonilg’i qo’shilib ifloslanishi hamda oksidlanishidir. SHuningdek, moyga uning moylash sifatini yaxshilovchi qo’shimchalarning miqdorini moy tarkibida kamayib borishi, moy sifatini pasaytiradi. Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo‘lib ular orasida moylash tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish topshirig‘i beriladi. Bu masala Yuzasidan har bir talabani o‘z fikrini bildiradi. Ular quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Moylash tizimidagi moy bosimini pasayib ketish sabablarini ko‘rsating. Moylash tizimidagi moy bosimi nima uchun ortib ketadi?. Markazdan qochma filtrni ifloslanish darajasini qanday aniqlash mumkin? Moylash tizimida moylash sifatini nimaga bog‘liq? Moylash tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasini keltiring. Download 3.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling