Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar


Download 3.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/64
Sana21.10.2023
Hajmi3.23 Mb.
#1714846
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar

Mavjud vaziyat 
Yonilg’i ta’minot tizimining asosiy nosozliklari: zichlikning buzilishi, 
yonilg’i baki va trubkalaridan yonilg’ining oqishi, tezlatuvchi nasosning ishlamasligi 
tufayli drossel qopqog’ini birdaniga ochilganda dvigatelning bo’g’ilib ishlashi, 
yonilg’i va havo tozalagichlariningifloslanishi, kalibrlangan teshik va jiklyorlarning 


o’tkazuvchanlik qobiliyatining o’zgarishi, salt Yurish jiklyorlarining ifloslanishi, 
ignali klapan zichligining buzilishi, po’kakli kamerada yonilg’i sathining o’zgarishi, 
yonilg’i nasosidagi diafragmaning teshilishi va prujina elastikligining yo’qolishidan 
iborat.
Muammoli topshiriq: guruh talabalarini 3 yoki 4 ta kichik guruhlarga bo‘lib 
ular orasida yonilg‘i bilan ta’minlash tizimini nosozliklari va ularni bartaraf qilish 
topshirig‘i beriladi. Bu masala Yuzasidan har bir talabani o‘z fikrini bildiradi. Ular 
quyidagi holatlarga fikr bildirishadi. Ta’minlash tizimini germetikligini buzilish 
sabablari haqida. KarbYuratorni qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha. 
KarbYuratorni sifat va miqdor bo‘yicha sozlashni. KarbYuratorda boy aralashma 
hosil bo‘ladi bu nimaga olib keladi va uni bataraf qilish bo‘yicha fikrlaringiz. 
KarbYuratorda kambag‘al aralashma hosil bo‘ladi bu nimaga olib keladi va uni 
bataraf qilish bo‘yicha fikrlaringiz.


VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 
“Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar” bo’yicha talabaning 
mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va 
axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan. 
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini 
tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga 
tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan misol va 
masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida 
qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar 
yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi 
bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini 
aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar 
olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan 
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan 
bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini 
rivojlantiradi. SHuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali 
bo’lishi mumkin emas. 
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi 
o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini 
tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har 
darsda amalga oshiriladi. 
“Transport vositalarida ishlatiladigan nometal materiallar” fanidan mustaqil ish 
majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 7 ta katta mavzu 
ko’rinishida shakllantirilgan. 

Download 3.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling