«Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari» kafedrasi


Download 1.76 Mb.
bet3/7
Sana31.12.2022
Hajmi1.76 Mb.
#1073710
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI XUDOYOROV

II . NAZARIY QISM

    1. Ma’lumotlar va ular bilan ishlash

PostgreSQL - bu relyatsion ma'lumotlar omborini boshqarish tizimi. Ya'ni, ma'lumotlarni boshqarish tizimi bo'lib, u aloqalar(relation) ko'rinishida taqdim etiladi. Aloqa - jadvallarni matemetik aniq ifodalash. Ma'lumotlarni jadvallarda saqlash hozirgi vaqtda shunchalik tarqalganki, huddi bu ma'lumotlarni saqlashni eng tabiiy yo'li hisoblanadigandek. Lekin ma'lumotlarni saqlashni turli xil boshqa yo'llari mavjud. Masalan, Unix oilasiga kirivchi operatsion tizimlarda fayllar va kataloglar iyerarxik ko'rinishdagi ma'lumotlar ombori. Bundan tashqari hozirgi kunda, opyektga yo'naltirilgan ma'lumotlar ombori juda tez rivojlanmoqda.
Har qanday jadval, nomlangan qatorlardan tashkil topadi. Jadvaldagi hamma qatorlar bir xil nomlangan ustinlardan tashkil topadi. Bu holatda har bitta ustun uchun qandaydir bir tipni ko'rsatish mumkin. Ya'ni bu ustunga tegishli ma'lumotlar qaysi tipda bo'lishi mumkinligini aniqlab olish. Ustunlar tartibi hamma qatorlarda aniq o'zgarmas bo'lada, SQL jadvalda aniq bir tartibni saqlab bermaydi, lekin uni so'rov vaqtida tartiblash mumkin bo'ladi.
Jadvallar ma'lumotlar omboriga birlashtiriladi, aniq bir PostgreSQL serverdagi ma'lumotlar ombori esa ma'lumotlar ombori klasteri tashkil etadi.



    1. PostgreSQL haqida tushuncha

SQL– Bu so'rov tili ko'p operatorlardan tashkil topgan bo'lib, bu operatorlar orqali foydalanuvchilar va dasturlar Oracle(MBBT) dagi ma'lumotlar bazasiga murojaatni amalga oshirishi mumkin. Oracle utililari yoki har xil dasturlar SQL operatorlarisiz bazaga murojaatni amalga oshirishi mumkin, lekin so'rovlarni amalga oshirishda bu so'rov tilidan foydalanmaslikning iloji yo'q
SQL tilining о‘zi IBM kompaniyasida MBBT DB2 yaratish jarayonida ishlab chiqilgan va keng kо‘lamda RISC protsessorli mashitnalarda UNIX tizimlar asosida, hamda meynfreymlarda, superkompyuterlar asosida qurilgan katta hisoblash tizimlarida qо‘llanilgan.
Shu bilan birga mustaqil bо‘lmasdan PL SQL, va Transact-SQL kabi ichki dasturlash tillariga inkapsulyatsiya qilinadi. 1986 yilda, ANSI (American National Standart Institute) SQL tilining rasmiy standartini ishlab chiqdi, 1992 yil bu standart kengaytirildi. Butun til 30 ga yaqin operatorlarga ega bо‘lib, ba’zi versiyalarida sal kо‘proq, ba’zilarida sal kamroq. О‘ar qanday MB har xil ob’ektlarga ega, YA’ni jadvallar, protseduralar, funksiyalar, tasavvurlar, ketma ketliklar va xokazo.
"Klient-Server" texnologiyasiga kо‘ra, foydalanuvchi EXM (Klient) lar sо‘rovlari maxsus ma’lumotlar serverlarida (Server) qayta ishlanadi, foydalanuvchi EXM larga faqat sо‘rovni qayta ishlash natijalari qaytariladi.
Tabiiyki Server Bilan muloqot qilish uchun yagona til kerak va bundaytil sifatida SQL tanlandi. Shuning uchun hamma zamonaviy relyatsion MBBT versiyalari (DB2, Oracle, Ingres, Informix, Sybase, Progress, Rdb) va hattoki norelyatsion MBBT versiyalari (masalan, Adabas) "Klient_Server" texnologiyasi va SQL tilidan foydalanadilar.
SQL tilida Ma’lumotlarni jadval kо‘rinishda tasvirlashga yо‘naltirilgan amallar konsepsiyasini kо‘p bо‘lmagan (30 dan kam) ifodalardan iborat kompakt til yaratishga imkon berdi.
Ikki xil SQL mavjud: Interaktiv va Joylashtirilgan. Kо‘p xollarda ikkala forma bir xil ishlaydi, lekin ikki xil foydalaniladi:
Interaktiv SQL ma’lumotlar bazasi о‘zida faoliyat kо‘rsatadi va bо‘yurtmachi foydalanishi uchun chiqish xosil qilish uchun ishlatiladi. SQL bu formasida, siz komanda kiritsangiz, u darov bajariladi, va siz darxol natijani(agar u mavjud bо‘lsa) kо‘rishingiz mumkin.
Joylashtirilgan SQL boshqa tilda yaratilgan dasturga joylashtirilgan SQL komandalardan iborat.
SQL Interaktiv, va joylashtirilgan formalarida kо‘p sonli guruxlar yoki subbо‘limlar mavjud. Ular ANSI tomonidan e’tiborga olingan va konseptual darajada foydali, lekin kо‘pchilik SQL dasturlar ularni aloxida qayta ishlamaydi, shuning uchun ular aslida SQL komandalarining funksional kategoriyalaridir.
· DDL ( Ma’lumotlarni Ta’riflash Tili ) - ANSI da Sxemani ta’riflash tili, ob’ektlarni( jadvallar, indekslar, tasavvurlar va xokazo) yaratuvchi komandalardan iborat.
· DML (Ma’lumotlarni О‘zgartirish Tili) - bu ixtiyoriy daqiqada jadvallarda qanday qiymatlar saqlanishini aniqlovchi komandalar majmuasidir.
· DCD (Ma’lumotlarni Boshqarish Tili) foydalanuvchiga ma’lum ob’ektlar ustida ma’lum ta’sir о‘tkazishga ruxsat berish yoki bermaslikni aniqlovchi vositalardan iborat.
SQL Standarti ANSI (Amerikanskim Natsionalnim Institutom Standartov) tomonidan aniqlangan va xozirda ISO (Mejdunarodnoy Organizatsiey po Standartizatsii) tomonidan qabul qilingan. Lekin kommersial ma’lumotlarbazalari dasturlari ANSI ni ogoxlantirmasdan SQL ni kengaytiradilar, YA’ni foydali hisoblagan har xil xossalar qо‘shadilar.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling