Trikotaj to’qimalarining tasnifi. Reja
Download 39.33 Kb.
|
5-MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buraluvchanlik.
Yechiluvchanlik. Glad’ to’qimasi juda echiluvchan bo’ladi, bu esa uning asosiy kamchiligidir, chunki trikotaj to’qimasining pishiqligiga teskari ta’sir qiladi. Agar glad’ to’qimasidan to’qilgan matodan tasma shaklida kesib olib, ustki yoki pastki halqalar qatori ipining uchidan tortilsa, trikotaj halqalari ketma-ket echilib ketadi.
Agar glad’ to’qimasi namunasini hoshiyali tasma shaklida ishlab chiqarilsa, uni faqat yuqoridan pastga, ya’ni to’quv yo’nalishiga teskari echish mumkin. Agar tarang holatdagi glad’ to’qimasining halqalaridan birining ipi uzilsa, butun halqa ustunchasi echilishi mumkin. Trikotaj to’qimasi halqa ustunchalarining echiluvchanligi trikotaj tarangligi darajasiga, iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientiga, halqa ipining uzunligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Trikotajning eni bo’ylab ma’lum darajada cho’zilganda yoki bir vaqtning o’zida uzunligi va eni bo’ylab cho’zilganda glad’ to’qimasining halqalari oson echilishi mumkin. Masalan, ayollar paypog’i oyoqqa tarang tortilganda, bitta halqaning uzilishi yondosh halqalarning tez echilishiga olib keladi. Halqalar ipining uzunligi bir xil bo’lganda glad’ to’qimasining echiluvchanligi iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientiga teskari munosabatda bo’ladi. Masalan, kapron ipidan to’qilgan glad’ to’qimasi, ishqalanish koeffitsienti ko’proq bo’lgan paxta kalava ipidan to’qilgan glad’ to’qimasiga qaraganda oson echiladi. Glad’ to’qimasining echiluvchanligini kamaytirish uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin: trikotaj to’qimasining cho’ziluvchanlik darajasini kamaytirish; ipning yo’g’onligi bir xil bo’lganda, halqa ipi uzunligini kamaytirish yoki halqa ipining bir xil uzunligida ipning yo’g’onligini ko’paytirish; iplar orasidagi ishqalanish koeffitsientini ko’paytirish. Buraluvchanlik. Glad’ to’qimasining buraluvchanligi deb, uning chetlaridan buralish xususiyatiga aytiladi. Glad’ to’qimasining old tomonidan orqa tomoniga buralishi halqalar ustunchasining vertikal chizig’i bo’yicha, orqa tomonidan old tomoniga buralishi esa, gorizontal halqalar qatori chizig’i bo’yicha sodir bo’ladi. Glad’ to’qimasining chetlaridan boshlab buralishi egilgan halqalardagi va iplardagi elastik kuchlar ta’siri ostida iplarning muvozanatlanishga intilishi natijasida sodir bo’ladi. 4.2-rasmda glad’ to’qimasi halqalarining buralish jarayonida o’zgarish holati ko’rsatilgan. 4.2, a-rasmda halqalar qatori qirqimda tasvirlangan, 4.2, b-rasmda esa halqalar ustunchasi qirqimda tasvirlangan. Glad’ to’qimasining to’rtburchakli namunasining buralgan shakli 4.2, d-rasmda keltirilgan. Trikotajning buraluvchanlik darajasi trikotaj ipining elastikligiga va trikotajning zichligiga bog’liqdir. Junli ipdan to’qilgan trikotaj bir xil sharoitda paxta tolasi ipidan ishlab chiqarilgan trikotajga qaraganda ko’proq buraladi, chunki jundan olingan ip, paxta tolasidan olingan ipga qaraganda ko’proq elastiklik xususiyatiga ega. Glad’ to’qimasining buraluvchanligiga shuningdek iplarning qanchalik eshilganligi (krutka) ham ta’sir etadi: ip qanchalik ko’p eshilgan bo’lsa, buraluvchanlik shuncha kuchli bo’ladi. Zichligi ko’proq bo’lgan trikotaj ko’proq buraladi, chunki halqa iplarining egilish darajasi ko’proq bo’ladi, demak, ko’proq elastiklik kuchiga ega. a - halqalar qatori bo’ylab; b- halqalar ustunchasi bo’ylab; d - to’g’ri turtburchak shaklidagi trikotaj namunasining buralishi 4.2-rasm. Glad’ to’qimasining chetlaridan buralish sxemasi Buraluvchanlik glad’ to’qimasining salbiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi, chunki undan tayyorlanadigan buyumlarni bichilgandan keyin tikish qiyin bo’ladi. Shuning uchun glad’ to’qimali trikotaj bichish oldidan dazmollanadi yoki issiq namli ishlov beriladi, bulardan asosiy maqsad trikotaj matosidagi halqalarni stabillashtirish va iplar elastikligini kamaytirishdir. Biroq glad’ to’qimasining buraluvchanligi ijobiy xususiyat hamdir va shu tufayli undan naqshli to’qimalar olishda keng foydalaniladi, chunki trikotajning glad’ to’qimasi qismida old tomonidan orqa tomoniga va orqa tomonidan old tomoniga burovchi kuchlardan foydalanish hisobiga trikotaj matosida turli bo’rtma (rel’efli) naqshlar hosil qilish mumkin. Download 39.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling