Тщртинчи ыисм


Qattiq jismning qo`zg`almas o`q atrofidagi aylanma harakati


Download 380.21 Kb.
bet2/7
Sana12.11.2023
Hajmi380.21 Kb.
#1767761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KINETIK VA POTINSIAL ENERGIYA

Qattiq jismning qo`zg`almas o`q atrofidagi aylanma harakati.


Dinamikaning umumiy teoremalarini qattiq jismning harakatlariga tadbiq qilishga oid masalalarni ko`rib o`tamiz. Ilgarilanma harakatdagi qattiq jismning harakati, moddiy nuqtaning harakati bilan bir xil bo`lganligi uchun, qattiq jismning qo`zg`almas o`q atrofidagi aylanma harakatidan boshlaymiz.
Qo`zg`almas o`qqa ega bo`lgan, qattiq jismga (321 shakl) , ,..., kuchlar sistemasi ta`sir etsin. Bir vaqtni o`zida bu jismga podshipniklarning A va V reaktsiyalari ta`sir etadi. Noma`lum reaktsiya kuchlarini harakatning tenglamalaridan chiqarib tashlash uchun, z -o`qiga nisbatan momentlar teoremasidan (§116 ga q.) foydalanamiz. A va V reaktsiya kuchlarining z -o`qiga nisbatan momentlari nolga teng bo`lganligi uchun: =Mz bu erdagi Mz=mz( ). Bundan keyin, Mz -ni burovchi moment deb ataymiz. Kz=Jz -ni yuqoridagi tenglikka qo`ysak, Jz =Mz yoki Jz =Mz. (66) tenglama, qattiq jismning qo`zg`almas o`q atrofidagi aylanma harakatining differentsial tenglamasi deb ataladi. Unga binoan, jismning aylanish o`qiga nisbatan inertsiya momentini burchakli tezlanishga ko`paytmasi, burovchi momentga teng ekan: Jz=Mz. (66`) tenglikdan ko`rinib turibdiki, mazkur Mz uchun, qanchalik inertsiya momenti katta bo`lsa, burchakli tezlanish kichkina bo`ladi yoki aksincha. Shu sababli, jismning ilgarilanma harakatida massa qanday ro`l o`ynasa, aylanma harakatda inertsiya momenti ham shunday ro`l o`ynaydi, ya`ni inertsiya momenti aylanma harakatning inertlik o`lchovidan (§102 ga q.) iborat ekan.
(66) formula yordamida: 1) jismning aylanma harakat qonuni, ya`ni =f(t) ma`lum bo`lsa, burovchi moment Mz -ni aniqlash mumkin; 2) burovchi moment Mz ma`lum bo`lsa, =f(t) -ni, ya`ni jismning aylanma harakat qonunini yoki uning burchakli tezligi -ni aniqlash mumkin; Ikkinchi masalani echishda, shunga e`tibor berish lozimki, burovchi moment Mz umuman olganda o`zgaruvchan bo`lib, t,  va h larning funktsiyasidan iborat bo`lishi mumkin.
Aylanma harakatni o`rganishda, (66) tenglamaning o`rniga kinetik energiyaning o`zgarish teoremasidan foydalanishimiz ham mumkin: T-T0=Ae, bu erdagi T va Ae -lar, (43) va (47) formulalar orqali aniqlanadi.
Quyidagi xususiy hollarni ko`rib chiqamiz:
1) agar Mz=0 bo`lsa, u holda hsonst bo`ladi, ya`ni jism tekis aylanma harakat qiladi.
2) agar Mz=sonst bo`lsa, u holda =sonst bo`ladi, ya`ni jism tekis o`zgaruvchan aylanma harakat qiladi.
(66) tenglama, ko`rinishi bo`yicha nuqtaning to`g`ri chiziqli harakatining differentsial tenglamasiga (§77 ga q.) juda o`xshab ketadi. Shu sababli, agar kuch F-ni, massa m-ni, koordinata x -ni, tezlik v-ni, va tezlanish a-ni, aylanma harakatdagi jismning burovchi momenti Mz, inertsiya momenti Jz, burilish burchagi , burchakli tezlik  va burchakli tezlanish  -lar bilan tegishlicha almashtirsak, nuqtaning to`g`ri chiziqli harakati uchun chiqarilgan barcha formulalar o`z kuchini saqlab qoladi.
Masalarni echishda, agar sistema faqat bitta qattiq jismdan iborat bo`lgan hollardagina (66) formuladan foydalanish qulay bo`ladi. Agar sistema aylanayotgan bitta qattiq jismdan tashqari yana boshqacha harkatlarda bo`lgan (masalan, 134, 140 va boshqa masalalar) qo`shimcha jismlardan iborat bo`lsa, u holda sistemaning harakat tenglamalarini umumiy teoremalar yoki §141, §145 larda keltirilgan usullar bilan tuzish tavsiya etiladi.
134 -ga o`xshash masalalarni echishda, shunga e`tibor berish lozimki, barabanga kuch emas, balki -ga teng bo`lmagan kuch, ya`ni ipning tortilish kuchi ta`sir etmoqda, va baraban uchun (66) formula orqali olinadigan tenglama JO=Fr-Mishq ko`rinishda bo`ladi. Bu tenglamani echish uchun, F -ning qiymatini aniqlab beruvchi, ya`ni qo`shimcha ravishda A yukning harakat tenglamasini tuzish lozim, bu esa hisobni murakkablashtiradi.
149 masala. Massasi -m bo`lgan g`ildirak, O o`q atrofida 0 burchakli tezlik bilan aylanmoqda (322 shakl). Ma`lum vaqtdan keyin, tormozlash kolodkalarini kuch bilan g`ildirakka bosadilar. Tormozlash kolodkasi bilan g`ildirak orasidagi ishqalanish koeffitsienti f, g`ildirakning radiusi r. Aylanish o`qidagi ishqalanishni va spitsalarning massalarini hisobga olmasdan, g`ildirakning qancha vaqtdan keyin to`xtashi aniqlansin.
Y e ch i sh. Ishqalanish kuchining momenti manfiy ishorali bo`lgani uchun, (66) formula asosida differentsial tenglama tuzamiz: JO =-fQr, (a) chunki F=fQ. Tenglamani integrallaymiz: JO=-fQrt+C1 Boshlang`ich shartlarga ko`ra, t=0 da =0 edi. Shu sababli S1=JO0 bo`ladi, natijada: =0-fQrt/JO (b) . Baraban to`xtaganda, uning burchakli tezligi =0 va tht1 bo`ladi. Halqaning inertsiya momenti JOhmr2 ekanligini e`tiborga olib, ushbu qiymatlarni (b) tenglamaga qo`ysak, t1= = .
Agar baraban to`xtaguncha, necha marta aylanganligini aniqlash zarur bo`lsa, (b) tenglamani yana bir marta integrallash lozim bo`ladi, lekin undan osonroq yo`l shuki, bu masalaga kinetik energiyaning o`zgarish teoremasini qo`llash qulayroq hisoblanadi.

Download 380.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling