Тщртинчи ыисм


Giroskopning elementar nazariyasi


Download 380.21 Kb.
bet7/7
Sana12.11.2023
Hajmi380.21 Kb.
#1767761
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KINETIK VA POTINSIAL ENERGIYA

Giroskopning elementar nazariyasi.


Oz simmetriya o`qiga ega bo`lgan va shu o`q atrofida  burchakli tezlik bilan harakatlanuvchi bir jinsli va birorta O nuqtasi qo`zg`almas bo`lgan qattiq jismga giroskop deb ataladi. Giroskopga qo`yiladigan eng asosiy talablardan yana biri   , ya`ni jismning simmetriya o`qi atrofidagi aylanishining burchakli tezligi , qo`zg`almas O nuqtasidan o`tuvchi simmetriya o`qining burchakli tezligidan juda katta bo`lishi shart. Giroskopning Oz o`qi, simmetriya o`qi bo`libgina qolmasdan, balki bosh markaziy inertsiya o`qi ham bo`lishligi kerak (§104 ga q.).
Giroskopning eng sodda ko`rinishlaridan biri, bu yosh bolalar o`ynaydigan pildiroq (volchok, 335 shakl) hisoblanadi. Giroskopik priborlarda qoida bo`yicha, giroskopning rotorini kardanli podves deb ataluvchi, qurilma (332 shakl)ga o`rnatiladi. Giroskopni bunday qurilmaga o`rnatilishining afzalligi shundan iboratki, natijada jism O nuqtadan o`tuvchi ixtiyoriy ravishda yo`nalgan o`q atrofida aylanish erkinligiga ega bo`ladi, ya`ni bunday giroskopning (volchokning ham) erkinlik darajasi 3 ga teng bo`ladi1.
Y uqorida aytilgandek, texnikada qo`llaniladigan giroskoplarning burchakli tezligi, (  )  ning qiymati, simmetriya o`qining burchakli tezligi  dan o`nlab va yuzlab marta, kerak bo`lgan joylarda undan ham ortiq darajada katta bo`ladi, Natijada, bunday qurilmalar asosida ancha samarali (effektiv) hisoblangan va elementar yoki pretsession deb ataluvchi giroskop nazariyasini yaratishga imkon beradi. Asos sifatida quyidagilarga tayaniladi.
Ixtiyoriy vaqt mobaynida, giroskopning absolyut burchakli tezligi abs= + bo`ladi, va uning harakati bir nuqtasi qo`zg`almas bo`lgan (§60 ga q.) jismning harakati kabi, qator joylashgan OR oniy o`qlar atrofidagi abs burchakli tezlik bilan sodir bo`ladigan elementar burilishlarning yig`indilaridan tashkil topadi (333 shakl). Lekin,    bo`lganda, abs va vektorlar orasidagi  burchak juda kichkina bo`ladi, shu sababli abs= deb qabul qilinadi va shu sababli oniy aylanish o`qi OR, Oz o`qi bilan har doim ustma-ust tushadi. Natijada, giroskopning O nuqtaga nisbatan kinetik momenti O ixtiyoriy olingan vaqt uchun, har doim Oz o`qi bo`ylab yo`naladi va uning son qiymati Kz, ya`ni Jz bo`ladi (§115 ning oxiriga q.). Yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan asosiy xatolik, faqat shundan iborat bo`ladi xolos.
Shunday qilib, bundan keyin har doim: O=Jz , (73) deb hisoblaymiz, bu erdagi Jz -giroskopning Oz o`qiga nisbatan inertsiya momenti. Aslida Oz o`qini va O vektorni hardoim bitta to`g`ri chiziqda yotadilar deb hisoblanadi. Natijada, Oz o`qining vaqt mobaynidagi harakatini o`zgarishini, O vektorning yo`nalishini o`zgarishiga qarab aniqlash mumkin bo`ladi. Giroskopning elementar nazariyasidan kelib chiqadigan asosiy xossalarni aniqlab chiqamiz.
1. Uchta erkinlik darajasiga ega bo`lgan giroskop. Og`irlik markazi qo`zg`almas, va giroskopning simmetriya o`qi shu nuqtadan o`tuvchi va ixtiyoriy tomonga burila oladigan qilib o`rnatilgan, uchta erkinlik darajasiga ega bo`lgan giroskopni ko`rib chiqamiz (332 shakl). Bunday giroskopni erkin giroskop deb ataladi. Agar aylanish o`qlaridagi ishqalanishlarni e`tiborga olmasak,  O( )=0 va O=sonst bo`ladi, ya`ni kinetik momentning moduli va yo`nalishi o`zgarmas bo`ladi (§117 ga q.). Lekin, O vektor va Oz o`qi har doim bir to`g`ri chiziq bo`yicha yo`nalganliklari sababli, erkin giroskop inertsial hisob sistemasiga nisbatan o`z o`qining fazodagi yo`nalishini o`zgartirmasdan saqlaydi. Giroskopli priborlarni konstruktsiyalashda, giroskopning bunday muhim xossasini asos qilib olinadi.



1 232-shaklda tasvirlangan giroskop Oz, Ox(2 bilan birgalikda) va Oz1 (1 bilan birgalikda) shular atrofida o’zaro bog’liq bo’lmagan uchta aylanma harakat bajarishi mumkin.Erkinlik darajasi haqidagi batafsil ma’lumot §138da berilgan.

Download 380.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling