mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etganlik uchun xodimlarni mukofotlash va moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish;
mehnatni muhofaza qilish talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish.
Ish beruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ish beruvchi:
har bir ish joyidagi mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini ta’minlashi;
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini yaratishi va uning ishlashini ta’minlashi;
binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanishda, texnologik jarayonlarni amalga oshirishda, shuningdek xomashyo va materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llashda, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda xodimlarning xavfsizligini ta’minlashi;
ish joylaridagi mehnat sharoitlarining holati ustidan, ayniqsa zararli ishlab chiqarish omillari va xavfli ishlab chiqarish omillari ustidan nazoratni amalga oshirishi;
xodimlarni mehnat sharoitlari, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish joylaridagi hamda ishlab chiqarishdagi mehnatni muhofaza qilish holati, shuningdek shu munosabat bilan ularga berilishi lozim bo‘lgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi;
mehnatni muhofaza qilish xizmatini va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etishi;
belgilangan normalarga ko‘ra xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan sho‘r suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari, shuningdek jamoaviy himoya vositalari bilan ta’minlashi;
qonunchilik hujjatlariga, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq xodimlarga sanitariya-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi;
xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tishini, o‘qitishni, qayta tayyorlashni, malakasini oshirishni va mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha bilimlarini tekshirishni ta’minlashi;
Do'stlaringiz bilan baham: |