XULOSA
Axborotlashtirish, axborotlarni himoya qilish hozirgi paytda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Internet tarmog‘i orqali kundan – kunga ma’lumotlarning ko‘payishi axborotlarning himoyalanishiga muhim turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunning e’lon qilinishi uning ahamiyatini naqadar yuqori ekanligini bilib olish qiyin emas. Shuning uchun qo‘yilgan masalani dolzarb deb qarash o‘rinli bo‘ladi.
Hozirgi rivojlangan jamiyatda axborot kommunikatsiya tarmoqlarida elektron ma’lumot almashinuvining kengayib borishi ma’lumotlarning maxfiyligini, haqiqiyligini va mualliflikni o‘rnatish masalalarini yechishni talab etadi. Masalan, almashilgan elektron ma’lumotlar asosida u yoki bu holatning o‘zgarishi, bu ma’lumotlar muallifi manfaatlariga zid kelib, u elektron ma’lumot muallifligidan bosh tortishi mumkin. Shunday holatlarning oldini olish mexanizmi ma’lumot muallifini o‘zigagina ma’lum bo‘lgan biror sonli parametr (maxfiy kalit) bilan bog‘liq holda hosil qilinadigan sonlar ketma-ketligida iborat bo‘lgan elektron raqamli imzo (ERI) hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |