Tt va kt ” fakulteti 4 – bosqich atc 11-19 guruh talabasining tizimli tahlil fanidan tayyorlagan


Download 99.41 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi99.41 Kb.
#1270158
  1   2   3
Bog'liq
Raximov Sodiq 1-MUSTAQIL ISH TIZIM TAHLILI


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI

TT VA KT ” FAKULTETI
4 – BOSQICH ATC 11-19 GURUH TALABASINING
Tizimli tahlil
FANIDAN TAYYORLAGAN

1-MUSTAQIL ISH

Bajardi: S. Raximov
Qabul qildi: M. Ochilov

QARSHI – 2022
Mavzu: Tizimni struktura sximasini qurish.Tizim xususiyatlariga ko`ra bo`lanish modelini o`rganish
Reja:
1.Tizimni sinflanishi.
2.Tizimni barcha xususiyatlari bo`yicha sinflanishi.
3.Tizim modellari.
4.xulosa
5.Adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Tizim – bir vaqtning o‘zida yagona obyekt hamda maqsadga erishish usgun to‘plam elementlari yig‘indisi sifatida tushuniladi. Axborot tizimi tushunchasi Tizim tushunchasi juda xam keng tarqalgan termin bo‘lib, juda xam ko‘p ma’noni anglatadi. Ko‘p xollarda texnika vositalari va dasturlari yig‘indisiga “TIZIM” deb ataladi. Tizim tushunchasiga “axborot” so‘zini qo‘shsak u holda “tizimning” yaratilish maqsadi va ishlash prinsipi tushuniladi. Axborot tizimi foydalanuvchilarga istalgan muxitdagi axborotlarni saqlash, qayta ishlash, qidirish imkonini yaratadi. Axborot tizimi deb oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish uchun axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish metodlari va vositalari yig‘indisiga aytiladi.
Sinf – bu umumiy belgilarga ega obyektlar birlashmasidir.
Tizim bilan bog‘liq barcha tushunchalarni mantiqan sinflarga ajratish qoidalarini hisobga olgan holda mavjud tasniflashni ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, tasniflashga qo‘yiladigan quyidagi talablarni ko‘rishimiz mumkin:
—bir tasniflashda asos 1ta bo‘lishi lozim;
—sinflashtirilayotgan elementlar soni barcha hosil qilingan sinf- lardagi elementlar soniga teng bo‘lishi lozim;
—hosil qilingan sinflar bir-biri bilan kesishmaydigan bo‘lishi zarur;
—qism sinflarga ajratish (ko‘p pog‘onali tasniflashda) uzluksiz olib borilishi kerak, ya’ni iyerarxiyaning bir pog‘onasidan 2-siga o‘tish chog‘ida keyingi tadqiq etish ob’ekti sifatida sinfning iyerarxik tuzilishiga eng yaqin tizimni olish kerak.
Tizim strukturasi, sinflari Tizimni har xil mezonlarga koʻra sinflash mumkin. Uni qat‘iy ravishda amalga oshirish mumkin emas, u maqsad va resurslarga bogʻliq. Sinflashning asosiy usullarini (tizimlarni sinflashning boshqa mezonlari ham boʻlishi mumkin) keltiramiz:
• Tizimning atrof-muhitga munosabatiga koʻra;
• Tizimning kelib chiqishiga (elementlariga, aloqalariga, ichki tizimlariga) koʻra;
• Tizim oʻzgaruvchilarining bayoniga koʻra;
• Tizim ishlash qonuni (qonunlarining) bayoniga koʻra;
•Kombinir boshqarish (avtomatik, yarim avtomatik, avtomatlashtirilgan, tashkiliy) bilan tizimni (tizim ichida) boshqarish usuliga koʻra. Agar tizimni tadqiq qilish yoki modellash uning katta oʻlchamiga (ya‘ni tizim holatlari toʻplami S katta oʻlchamga ega) koʻra qiyin boʻlsa, bunday tizim katta tizim deyiladi. Agar tizimda holatlarni, ish bajarish qonuniyatlarini samarali bayon etish, tizimni boshqarish (aniqlash, boshqaruvchi parametrlarni bayon etish) yoki bunday tizimlarda qarorlar qabul qilish (ularda hamma vaqt qaror qabul qilish ichki tizimi boʻlishi kerak) uchun resurslar (asosan informasion) yetarli boʻlmasa, bunday tizim murakkab tizim deyiladi. Ba‘zan tizimning uch xil bayoniga koʻra uning trayektoriyasini, mohiyatini aniqlash mumkin boʻlmasa va shu sababli yana qoʻshimcha (harakatning integral modeli yoki konfigurator) – morfologo-funksionalinfologik integral bayon zarur boʻlsa, bunday tizim murakkab tizim hisoblanadi. Murakkab tizimlar har xil murakkablik turlarida boʻlishi mumkin:
• Tasnifli yoki tashkiliy (tasnifni qurish, bayon etish, boshqarish uchun resurs yetishmaydi);
• Dinamik yoki vaqtga bogʻliq (tizim harakati dinamikasini bayon etish va uning trayektoriyasini boshqarish uchun resurslar yetishmaydi);
• Informatsion yoki informatsion-mantiqiy, infologik (tizimni informatsion, informatsion-mantiqiy bayon etish uchun resurslar yetmaydi);
• Tadqiqotni hisoblash yoki amalga oshirish (tizim parametrlari hisoblashlarini samarali prognoz qilish uchun resurslar yetmaydi yoki ularni oʻtkazish resurslar yetishmasligi sababli qiyin);
• Algoritmik yoki konstruktiv (ish bajarish algoritmini bayon etish yoki tizimni boshqarish uchun, tizimni funksional bayon etish uchun resurslar yetmaydi);
• Rivojlanish yoki evolyutsiya, oʻz-oʻzini tashkil etish (barqaror rivojlanish, oʻz-oʻzini tashkil qilish uchun resurslar yetmaydi).

Download 99.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling