Tt va kt fakulteti ax-12-20 guruh talabasining biznes jarayonlarini boshqarish fanidan


Download 334.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi334.63 Kb.
#1336218
1   2   3
Bog'liq
Suyunov S 1-Amaliy ish Zam Iqt

Real investitsiya asosiy fondlar va aylanma mablagʻlarga investorlar 
tomonidan qoʻyiladigan barcha turdagi boyliklar. Moliya investitsiyalar — 
qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya) sotib olishga va bank depozitlariga uzoq 
muddatga jalb qilingan qiyilmatlar. Intellektual investitsiyalar- mutaxassislarni 
tayyorlash, tajriba, ilmiy tekshirish, litzensiya va nou-xou berish, avtorlik huquqi va 
boshqalar. 
Investitsiyalar kim tomonidan kiritilishiga qarab 2 turga boʻlinadi: 
1. Ichki investitsiyalar
2. Tashqi investitsiyalar. 
Ichki investitsiyalar — mamlakat hududida ichki investorlar tomonidan amalga 
oshiriladigan investitsiyalar hisoblanadi. Tashqi investitsiyalar — foyda olish 
maqsadida chet el investorlari tomonidan boshqa davlat iqtisodiyotiga qo'yiladigan 
investitsiyalardir. 
Bank (lot. ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, 
vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga 
muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul 
va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq 
operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi. 


Bank ishining asosiy yoʻnalishlari depozit (omonat) qabul qilish, kreditlar berish 
va mijozlarga kredit-hisob xizmati koʻrsatishni amalga oshirish hisoblanadi. Bank 
qimmatbaho qogʻozlarni saqlash, saqlashga oʻtkazilgan qimmatbaho qogʻozlarni 
joriy boshqarish, birja topshiriqlarini bajarish, seyflarni ijaraga berish kabi pulli 
xizmatlar ham koʻrsatadi. Turli iqtisodiy xizmatlarni amalga oshiruviga koʻra 
hozirgi vaqtda bankning quyidagi asosiy turlari faoliyat koʻrsatadi: markaziy 
(emissiya) banki va tijorat banki. 
Tadbirkorlik yoki biznes (ingl. business — "bandlik"), deb har qanday qonuniy 
tijorat faoliyatiga aytiladi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi shaxs tadbirkor
deyiladi. Xususiy tadbirkorlik kapitalistik iqtisodiyot negizidir. Sotsialistik 
iqtisodiyotlarda tadbirkorlik bilan hukumat, jamiyat yoki ishchilar kasaba 
uyushmalari shugʻullanadi. 
Tadbirkorlik xoʻjalik yuritish koʻlamiga qarab, yirik, oʻrta va kichik turlarga 
boʻlinadi. Yirik tadbirkorlik ishlab chiqarishda 500 dan ortiq kishi band boʻlgan, 
oʻrta tadbirkorlik esa 20 — 500 kishi band boʻlgan korxona (firma)lar, kichik 
tadbirkorlik 10 — 20 va undan kam kishi ishlaydigan korxonalarni qamraydi. Yirik 
va oʻrta tadbirkorlikka, asosan, yirik ishlab-chiqarish, koʻp sonli tovarlar 
chiqaradigan, mexanizatsiyalashgan hamda avtomatlashgan sohalar kiradi. Kichik 
tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi, aholiga xizmat koʻrsatish sohalarida keng tarqalgan. 
Kichik tadbirkorlik sharoitga tez moslasha olishi bilan boshqalaridan farqlanadi va 
shu bois u keng tarqalgan 

Download 334.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling