Ibn Sino o’zining tibga oid asarlarida xususan, ,,Tib qonunlari” kitobida o’simliklar,hayvonlar va minerallardan olinadigan juda ko’p dorilarni bayon etgan.,,Qonunning ikkinchi va beshinchi kitoblari dorivor moddalarga bag’ishlangan bo’lib, 810 xil soda(yakka) va 275 xil murakkab dorilarni ko’rsatgan.Bunda u juda ko’p murakkab dorilarning 2-3 va undan ham ko’p nusxlarini keltirgan.65 xil yurak kasalligida ishlatiladigan dorilarni bayon etgan. Hammasini hisobga olsak Ibn Sino ishlatgan murakkab dorilar soni 400 dan oshadi.
Buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sino o’zining ,,Tadbiri mazil” , ,,Tib qonunlari” kabi asarlarida pedagogik mahoratga doir o’z qarashlarini yozib qoldirgan.Masalan u ,,Tadbiri manzil” asarida bolaga ta’lim berishda o’qituvchining pokiza,adolatli,farosatli,so’g’lom,notiq va o’z kasbining ustasi bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi.
Kasalliklarga tashxis qo’yishi
Ibn Sino kasalliklarga tashxis qo’yish , ya’ni uni aniqlashga juda kata ahamiyat bergan.Uning ta’kidlashicha bemorning kasaliga to’g’ri tashxis qo’yish davolashning birinchi garovidir. Tashxis qo’yishda o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan hamma usullardan foydalangan.Shularning eng asosiysi tomirni ushlab ko’rib,tekshirish hisoblangan.Bu usulni Ibn Sino mukammal bilgan.Ibn Sino tomir urushini tekshirish bayon qilsihda dastlab sog’ odamda tomir urushini o’zgartiradigan omillarga to’xtaladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |