Tta urganch Filiali Davolash fakulteti 301B guruh talabasi Shakirova Gulining “ O’pka atelektazi” mavzusida tayorlagan portfolio


Turmushda orttirilgan atelektazlar


Download 480.96 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi480.96 Kb.
#1426819
1   2   3
Bog'liq
o\'pka atelektazi (1)

Turmushda orttirilgan atelektazlar

Turmushda orttirilgan atelektazlar

kо 'pincha katta yoshli odamlarda uchraydi va ishlab turgan o'pkada kollaps boshlanganiga bog'liq bo'ladi.

Turmushda orttirilgan atelektazlar sabablari va avj olib borishi mexanizmiga qarab:

  • absorbsion,
  • kompression,
  • kontraktil va
  • dog'dor (mayda o'choqli) atelektctzlarga bo ‘linadi
  • Katta yoshli odamlarda uchraydigan o'pka atelektazining turli xillari (Kumar V., 1992).

Absorbsion atelektazlar

  • Nafas yo'llari batamom obstruksiyaga uchragan mahalda yuzaga keladi, bunday obstruksiya o‘pka parenximasining distal bo'limlariga havo o'tishiga to'sqinlik qiladi. Bunda shu vaqtgacha o'tib
  • qolgan havo qonga absorblanadi, bu alveolalaring kollapsga uchrashiga olib keladi. Nafas yo'llari obstruksiyasining darajasiga qarab

    -butun o'pka

    -o 'pkaning yaxlit bir bo'lagi yoki

    -turli segmentlarida atelektaz boshlanishi

    mumkin.


SpringerLink
Pulmonary Atelectasis of the adult

Atelektazga, ko'pincha bronxlarga shilimshiq tiqilib qolishi sabab bo'ladiki, bunday hodisa asosan operatsiyadan keyingi davrda kuzatiladi.

  • Atelektazga, ko'pincha bronxlarga shilimshiq tiqilib qolishi sabab bo'ladiki, bunday hodisa asosan operatsiyadan keyingi davrda kuzatiladi.
  • Bundan tashqari:

  • bronxial astma,
  • bronxoektazlar,
  • o'tkir va surunkali bronxitlarda,
  • yot tanalar, qon laxtalari tiqilib qolgan mahallarda ham bronxlar yo'li shilimshiq tiqinlari bilan bekilib qoladi (qon laxtalarining tiqilib qolishi aksari bolalarda o g'iz bo'shlig'ida qilingan operatsiyalardan keyin kuzatiladi). Nafas yo'llari bronxogen rak mahalida, kattalashib ketgan limfa tugunlari yoki tomirlar anevrizmasi bilan bosilib qolganida ham obstruksiyaga uchrashi mumkin.

Kompression atelektazlar

  • Plevra bo'shlig'ida suyuqliq qon yoki havo to'planib qolganiga bog'liq bo'ladi, bunday hodisa o'pkaning mexanik ravishda bosilib, kollaps boshlanishiga olib keladi. Kompression atelektazlar quyidagi hollarda kuzatiladi:
  • 1) yurak yetishmovchiligi mahalida plevra bo'shliqlariga suyuqlik to'planib qolganida - gidrotoraks boshlanganida;
  • 2) plevra bo'shlig'iga davo maqsadida havo yuborilganida yoki visseral plevra bilan va havo o'tib turadigan parenxima yorilib, plevra bo'shlig'iga havo kirganida yuzaga keladigan pnevmotoraks paytida;
  • 3) diafragma holati o'zgarib, u yuqori ko'tarilganida assit tazyiq o'tkazadigan mahalda.

Download 480.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling