Tta urganch Filiali Davolash fakulteti 301B guruh talabasi Shakirova Gulining “ O’pka atelektazi” mavzusida tayorlagan portfolio


Download 480.96 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi480.96 Kb.
#1426819
  1   2   3
Bog'liq
o\'pka atelektazi (1)

Atelektaz

O'pka atelektazi - bu o'pka, o'pka bo'lagi yoki segmentining patologik holatlari bo'lib, bunda ventilyasiya buzilishi tufayli alveolalar havosiz bo‘lib, puchchayib qoladi.

  • O'pka atelektazi - bu o'pka, o'pka bo'lagi yoki segmentining patologik holatlari bo'lib, bunda ventilyasiya buzilishi tufayli alveolalar havosiz bo‘lib, puchchayib qoladi.

Neonatal atelektaz

  • Neonatal atelektazlar - o'pkaning to ‘la-to‘kis rostlanmasligiga bog'liq bo'ladi. Bu atelektazlar sabablari va avj olib borish mexanizmlariga qarab birlamchi va ikkilamchi xillarga bo'linadi. Ma’lumki, o'pkaning atelektatik holati faqat ona qornida rivojlanish davrida bo'ladigan fiziologik holatdir.
  • Bola tug'ilgandan keyin nafas harakatlari bekamu-ko'st yuzaga chiqadigan bo'lsa, o'pkasi yorilib rostlanadi. Biroq, chala tug'ilgan bolalarda :
  • -nafas markazining yetilmaganligi yoki
  • -intoksikasiya va
  • -ona organizmidagi qon aylanishning buzilishi munosabati bilan bu markaz qo'zg'aluvchanligi ayniganida nafas harakatlari izdan chiqadi, shuning natijasida o 'pka yozilmay qoladi. Bunday hollarni birlamchi o'pka atelektazi deyiladi

Pulmonary Atelectasis of the Newborn

Patologik anatomiyasi

  • Autopsiyada o'pka kollapsga uchragan, krepitasiyalanmaydigan, rangi qizg'ish bo'ladi, konsistensiyasi jihatidan rezinaga o'xshaydi. O'pka bo'laklari suvga solinsa cho'kib ketadi, bu ularda havo yo'qligini ko'rsatadi. Chaqaloq o'pkasining alveolalari mikroskopik tuzilishi jihatidan hali ona qornida rivojlanib borayotgan homila o'pkasidan farq qilmaydi, alveolalarning bo'shlig'i juda kichiq ularning atrofidagi to'siqlar qalin, qat-qat bo'ladi. Alveola bo'shlig'ini qoplab turadigan epiteliy kubsimon. Alveolalar bo'shlig'ida amniotik detrit aralashgan donador oqsil pretsipitati topiladi.

Mikropreparat Atelektaz

Ikkilamchi neonatal atelektaz

  • Ikkilamchi neonatal atelektaz surfaktant yetishmovchiligi, qo’g'onoq suvlari aspirasiyasi, nafas yo'llarining tashqaridan bosilib qolishi munosabati bilan boshlanadigan respirator distress-sindrom mahalida kuzatiladi.
  • Pnevmoniya asorati ham bo'lishi mumkin.

Download 480.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling