Tta urganch filiali Stomatologiya fakulteti 362A guruh talabasi Shonazarova Adibaning Patologik fiziologiya fanidan Mustaqil ishi
Download 1.03 Mb.
|
Ochlik
To’liq bo’lmagan ochlik (surunkali ochlik) to’liq ochlikdan shu bilan faqlanadiki,bundan organizm to’liq oziqlanmasa ham o’zining hayot faoliyatini uzoq vaqtgacha saqlab turadi.To’liq ochlikdagi odamning yashash davomiyligi uning kaloriyalararo yetishmovchilik birligi,hayot faoliyatini tiklash uchun sarflangan energiya va organizmdagi jamg’arma moddalar miqdoriga bog’liq.Ko’pincha to’liq bo’lmagan ochlikning sababchisi bo’lib har xil surunkali kasalliklar ,oshqozon ichak yo’llari kasalliklari hisoblanadi.Qisman ochlik va uning turlari. Malumki,odamni ovqat ratsioniga kiruvchi ko’p maxsulotlar tarkibiga ko’p yoki oz miqdorda oqsillar,yog’lar,karbonsuvlar,mineral moddalar va vitaminlar kitadi. *Nisbiy oqsil ochligi *Nisbiy yog’ ochligi *Nisbiy karbonsuv ochligi *Nisbiy mineral ochligi.Ovqat bilan oqsilning yetarli miqdorda tushishiga qaramasdan oqsil almashinuvi buzilishi natijasida rivojlanadigan umumiy oqsil yetishmovchiligi shartli ravishda quyidagilar bilan bog’langan bo’lishi mumkin.1.Organizmda oqsil parchalanishi va so’rilishining buzilishi 2.A’zo va to’qimalarga aminokislotalar kirishining sekinlashuvi. 3.Oqsil biosintezining buzilishi. 4.Aminokislotalar oraliq almashinuvining buzilishi. 5.Parchalanish tezligining buzulishi. 6.Oqsil almashinuvida hosil bo’lgan oxirgi moddalar patologiyasi.OQSIL YETISHMOVCHILIGI Oqsil yetishmovchiligi bolalar ovqatida hayvon oqsillari (go'sht, sut va boshqalar) mudom yetishmaydigan mahallarda, shuningdek hazm jarayonlari izdan chiqqanida paydo bo'ladi. Oqsil yetishmovchiligiga aloqador ikkita sindrom tasvirlangan: 1) kvashiorkor, 2) marazm. KVASHIORKOR Kvashiorkor bolalarda birlamchi oqsil yetishmovchiligi tufayli boshlanadi va jismoniy rivojlanishning orqada qolishi gipoalbuminemiya, tarqoq shishlar boshlanishi, teri pigmentatsiyasining o'zgarishi, ichakda sorilish jarayonlarining izdan chiqishi va ruhiy o'zgarishlar bilan ta’riflanadi. Bolalar pellagrasi, gidrokaxeksiya deb ataladigan kvashiorkor Afrika, Markaziy va Janubiy America, Hindistonda ko‘p tarqalgan. Odatda bolani ko'krakdan ajratilganidan keyin boshlanadi. Ovqatda oqsillar yetishmasligi va hazm bezlari sekretor funksiyasining buzilishi qon plazmasida albuminlar miqdori kamayib ketishiga olib keladiki, mana shu narsa manfiy azot balansi vujudga kelib, qon plazmasida onkotik bosim pasayib ketishiga sabab bo'ladi. Natijada hujayralar gipergidratatsiyaga uchrab, shishlar paydo bo'ladi. Badan terisida, ayniqsa oyoq va yuz terisida giperkeratoz boshlanib, teri post tashlab turadi. Og'ir hollarda epidermis ajralib tushadi. Sochlar tikkayib, xiralashadi, malla tusga kirib qoladi. Bir qancha hollarda ular butunlay rangini yo'qotib, to'qilib ketadi va tepakal paydo bo'ladi. Me’da-ichak ishi buzilib, qorin kattalashadi, gepatomegaliya, anemiya, limfopeniya boshlanadi, immun javob, ayniqsa T-hujayraga taalluqli immun javob susayib qoladi. Kvashiorkorning yengil shakli faqatgina gepatom egaliya boshlanishi va o'rtacha gipoalbuminemiya ham da biroz shish bo'lishi bilan birga davom etib boradi. MARAZM Marazm ham , kvashiorkor singari, birlamchi oqsil yetishmovchiligi natijasida paydo bo'ladi. Bolalarda rivojlanish jarayonlari sekinlashadi yoki to'xtab qoladi, yog! toqimasi bilan muskul toqimasida atrofiya boshlanadi. Ozib cho'pdek bo'lib ketgan qo'l-oyoqlar terisi ilvillab, erkin osilib turadi. Chop-u stixon bo'lib ketgan gavda oldida kalla juda katta bo'lib ko'rinadi. Ichak gijjalar bilan zich to'lgan bo'ladi. Anemiya va polivitamin yetishmovchiligi, barcha organ va sistem alarda boshlanadigan chuqur atrofik o'zgarishlar ham xarakterlidir. Atrofiya timusda ham topiladi, bunda T-hujayralar soni keskin pasayib ketgan bo'ladi. Kasallarning infeksiyalarga, ayniqsa bakteriya va parazitar kasalliklarga ortiq darajada sezgir bolishi ham shunga bog'liq. Oqibati infeksiya qo'shilgan mahallarda yomon. Infeksiya boshlanishining oldi olinib, ovqat tog'ri yolga qo'yilganida bu patologiya oqibati xayrli bo'lishi mumkin Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling