Tuban o simliklar


Tallomli tuban o`simliklar — Thallophyta


Download 114.5 Kb.
bet2/9
Sana04.02.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1163626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
opaga

Tallomli tuban o`simliklar — Thallophyta
Suvo`tlar
Suvo`tlar nomi bilan ataladigan organizmlar ko`k-yashil, yashil, diatom, qo`ng`ir, qizil, xrizomonad, pirrofit suvo`tlar kabi truppalarga (toifalar) bo`linadi. Ularning hayoti doimo suvda yoki suvli muhitda o`tadi. Shu sababli suvo`tlar deb ataladi.
Ko`k-yashil suvo`tlar — Cyanophyta
Ko`k-yashil suvo`tlar tipiga eng sodda tuzilgan bir hujayrali, ko`p hujayrali va kolonial organizmlarning 1`400 vakili kiradi. Ularning hujayrasida yashil rang beruvchi xlorofill, ko`k rang beruvchi va qizil rang beruvchi fikotsian, fikoeritrin pigmentlar mavjud bo`lib, ular birgalikda o`simlikni ko`k-yashil rangga bo`yab turadi. Shunga ko`ra ular ko`k-yashil suvo`tlar deb atalgan.
Ko`k-yashil suvo`tlar hujayralarining shakli sharsimon, uzunchoq va boshqa xillarda bo`lib, tashqi tomonidan shilimshiq pektinli parda bilan o`ralgan. Hujayra yadro, pirenoid, xromatofor kabi qismlarga bo`linmagan. Bu esa ko`k-yashil suvo`tlarni eng tuban bosqichdagi sodda organizmlardan biri ekanligini ko`rsatadi. Bunday organizmlarning paydo bo`lishi va Yer sharida keng tarqala boshlashi proterozoy erasidan boshlangan.
Ko`k-yashil suvo`tlar hujayraning ikki yoki bir necha bo`lakka bo`linishi bilan ko`payadi va bir-biridan ajralib mustaqil holda yashay boshlaydi. Buni vegetativ yo`l bilan ko`payish deyiladi.
Xrookokk, lingbiya, ostsilyatoriya, anabena, xromulina, nostok kabilar tipning keng tarqalgan vakillaridan hisoblanadi.
Bu tip vakillari tabiatda juda keng va xilma-xil sharoitda tarqalgan. Ularni ko`lmak chuchuk suvlarda, dengiz suvlarida, nam yoki botqoqli tuproqlarda, daraxtlarning po`stloqlarida, gul tuvaklarining devorlarida, ariq bo`ylarida, tog`li-toshli muhitda, cho`llarda, issiq buloqlarda, qor va muzlarning ustida va hokazo joylarda uchratish mumkin. Bundan tashqari ko`k-yashil suvo`tlarning xrookokk, nostok va boshqa vakillari zamburug`lar deb ataluvchi gruppaning ba`zi vakillari bilan birga o`zaro hamkorlikda yashab, lishayniklar gruppasini ham tashkil qiladi.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling