Tuban o simliklar
Download 114.5 Kb.
|
opaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamburug`lar —Fungi
hilimshiqlar— Myxophyta
Shilimshiqlar tipi turlarining tanasi, yalang`och, ko`p yadroli protoplazmadan iborat bo`lib, plazmodiy deb ataladi. Plazmodiy amyobasimon shaklda bo`lib, unda sporangiylar hosil bo`ladi. Sporangiylarda sporalar yetiladi. Sporalar o`sib ko`pincha zoosporalarga (harakatchan tanachalarga) aylanadi. Zoosporalar esa o`z navbatida miksamyoba deb ataluvchi tanani hosil qiladi. Bunday miksamyobalar o`zaro juftlashishi natijasida shilimshiqlarning vegetativ tanasi hisoblangan plazmodiy hosil bo`ladi. Shilimshiqlar tipining ayrim vakillari soya o`rmonlardagi eski to`nkalarda saprofit holda, boshqalari esa karam kabi gulli o`simliklar ildizida parazit holda yashaydi. Zamburug`lar —Fungi Bu tipga 70–100 mingga yaqin tur kiradi. Ko`rinishi rangsiz, geterotrof ovqatlanadi. Tashqi va ichki tuzilishi har xil. Hayot kechirishi bakteriyalarga o`xshash, lekin bularning tanasi ancha yirik va murakkab, hujayrasi ancha mukammal tuzilgan. Zamburug`larning tanasi bir necha ingichka ipchalardan tuzilgan bo`lib, bu ipchalarning har biri gifa deb ataladi. Gifalarning bir nechasi o`zaro tutashib, shoxlangan shaklli vegetativ tana hosil qiladi. Bunday tana mitseliy deb ataladi. Demak, zamburug`larning tanasi mitseliylardan tashkil topgan. Soddaroq vakillarning mitseliysi bir necha gifadan, yuksak vakillarining mitseliysi esa ko`p hujayrali juda ko`p miqdordagi gifalardan tashkil topgan. Zamburug`lar Yer sharida juda keng tarqalgan. Ularning ko`pchiligi o`simlik va hayvonlarning o`lik qoldiqlari hisobida hayot kechiradi. Bunday zamburug`lar saprofit hisoblanadi. Boshqalari tirik o`simlik va hayvonlar tanasida uchrab, o`zlarining gaustorlar — organlari yordamida shu organizmlar tanasidagi oziq moddalarni so`rib hayot kechiradi. Bu xildagi zamburug`lar — parazit zamburug`lar deyiladi. Uchinchi xil zamburug`lar esa o`simliklar bilan o`zaro hamkorlikda, ya`ni simbioz holda hayot kechiradi. Zamburug`larning ba`zi vakillari yuksak o`simliklarning (xususan o`rmon daraxtlarining) ildizida yashab, ularning ildizlarini chuqurroq va kengroq atrofga yoyilib tarqalishiga ko`maklashadi va o`zi ham shu ildiz hisobiga ovqatlanadi. Download 114.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling