Tuban o simliklar


iatom suvo`tlar — Dtatomeae


Download 114.5 Kb.
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1163626
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
opaga

iatom suvo`tlar — Dtatomeae
Diatom suvo`tlar tipiga bir hujayrali va koloniya bo`lib yashovchi organizmlarning 10–15`000 tacha turi kiradi. Hammasi mikroskopik organizmlardir. Diatom suvo`tlar yumaloq, tayoqchasimon, qutichasimon va h. k. shaklda bo`lib, hujayralarining po`sti pektin moddasidan tashkil topgan va tashqi tomondan qumtuproq (SiO2) bilan qoplangan. Diatom suvo`tlar hujayrasida xlorofill pigmentidan tashqari karotin pigmenti ham mavjud. Shuning uchun bu xildagi suvo`tlarning rangi sariq yoki qo`ng`ir-sariqdir. Diatom suvo`tlar hujayrasining ichida yadro, vakuol, xromatofor va protoplazma kabi qismlar bor. Ko`pchilik vakillari dengizlarda, ba`zilari esa ko`lmak suvlarda, zax yoki nam tuproqlarda yashaydi. Diatom suvo`tlar hujayraning ikki bo`lakka bo`linishi bilan ko`payadi. Bunda hujayraning epiteka (katta) va gipoteka (kichik) pallalari ikki tomonga ajralib, bir-biridan uzoqlashadi va har biri o`z navbatida o`ziga yangi gipoteka hosil qiladi. Hujayra yil davomida bir necha marta bo`linib ko`payib turadi. Shunday ketma-ket bo`linishlardan keyin yilning ma`lum bir davrida organizmning hajmi shunchalik kichrayib qoladiki, endi navbatdagi bo`linishga imkon bo`lmay qoladi. Shunda ulardan 2 tasi o`zaro qo`shilib, auksospora deb ataluvchi sporaga aylanadi. Auksospora tinim davrini kechirgach, o`sa boshlaydi va dastlabki kattalikka yetadi. Shundan keyin yana navbatdagi bo`linish boshlanadi.
Diatom suvo`tlarning pinnulyariya, tsiklotella, navikula, melozira, asterionella, surirella, tabellariya, xetotseros kabi turlari tabiatda keng tarqalgan.
Diatom suvo`tlar hujayrasidan tashqariga shilimshiq modda chiqib turadi va shu yordamida organizm tanasi sekin harakatlanadi.
Dengizlarda yashovchi diatom suvo`tlar halok bo`lgach, tanasini qoplab turgan qumtuproq yoki diatomit deb atalgan tog` jinsi dengiz tagiga cho`kib, bir necha million yillar davomida qalin qatlam hosil qiladi. Diatomit g`ovak va yengil bo`lganligidan undan termoizolyatsion materiallar, g`ovak g`ishtlar va portlovchi modda — dinamit tayyorlashda ishlatiladi.

Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling