Tuban sporali o’simliklarning tuzilishi,ko’payishi va ahamiyati


Yashil suvo‘tlar— Chlorophyta


Download 2.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana03.11.2023
Hajmi2.37 Mb.
#1744356
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
botanika-7

Yashil suvo‘tlar— Chlorophyta
• Yashil suvo‘tlar tipiga bir hujayrali, ko‘p hujayrali va koloniya
organizmlarning 5’700 ga yaqin turi kiradi. Ularning hujayra moddasi
tarkibida faqat xlorofill pigmenti mavjud bo‘lganligidan vakillarining
barchasi sof yashil rangda bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali
vakillari mikroskopik organizmlardir. Koloniya va ko‘p hujayrali vakillari
esa ancha yirik bo‘ladi. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari
dumaloq, noksimon, cho‘zinchoq, ko‘p hujayralari ipsimon, butasimon
shoxlangan, plastinkasimon koloniyali vakillari esa sharsimon, to‘rsimon
kabi shakllarga ega. Yashil suvo‘tlarning ba’zi vakillari ham borki, 
ularning kattaligi 0,5 metrdan ham ortadi, tashqi ko‘rinishi esa yuksak
o‘simliklarni eslatadi. Ammo ularning shakli murakkab ko‘rinishda bo‘lsa
ham bitta hujayradan tashkil topgan. Shuning uchun ularni shartli
ravishda «hujayrasiz» deb ataladi. Yashil suvo‘tlar vakillarining hujayrasi
protoplazma, bir yoki bir necha yadro, xromatofor, vakuol kabi
qismlardan iborat. Yashil suvo‘tlarning bir hujayrali vakillari xivchin deb 
ataluvchi qilchalarga ega bo‘lib, shular yordamida suvda harakatlanadi. 
Ba’zi koloniya vakillari ham shu xilda harakat qiladi. 


xlamidomonada,
xlorella
zignema
klosterium


Diatom suvo‘tlar — Dtatomeae
• DIATOM SUVO‘TLAR TIPIGA BIR HUJAYRALI VA KOLONIYA BO‘LIB YASHOVCHI 
ORGANIZMLARNING 10–15’000 TACHA TURI KIRADI. HAMMASI MIKROSKOPIK 
ORGANIZMLARDIR. DIATOM SUVO‘TLAR YUMALOQ, TAYOQCHASIMON, 
QUTICHASIMON VA H. K. SHAKLDA BO‘LIB, HUJAYRALARINING PO‘STI PEKTIN 
MODDASIDAN TASHKIL TOPGAN VA TASHQI TOMONDAN QUMTUPROQ (SIO2) 
BILAN QOPLANGAN. DIATOM SUVO‘TLAR HUJAYRASIDA XLOROFILL 
PIGMENTIDAN TASHQARI KAROTIN PIGMENTI HAM MAVJUD. SHUNING 
UCHUN BU XILDAGI SUVO‘TLARNING RANGI SARIQ YOKI QO‘NG‘IR-SARIQDIR. 
DIATOM SUVO‘TLAR HUJAYRASINING ICHIDA YADRO, VAKUOL, XROMATOFOR 
VA PROTOPLAZMA KABI QISMLAR BOR. KO‘PCHILIK VAKILLARI DENGIZLARDA, 
BA’ZILARI ESA KO‘LMAK SUVLARDA, ZAX YOKI NAM TUPROQLARDA YASHAYDI. 
DIATOM SUVO‘TLAR HUJAYRANING IKKI BO‘LAKKA BO‘LINISHI BILAN 
KO‘PAYADI. BUNDA HUJAYRANING EPITEKA (KATTA) VA GIPOTEKA (KICHIK) 
PALLALARI IKKI TOMONGA AJRALIB, BIR-BIRIDAN UZOQLASHADI VA HAR BIRI 
O‘Z NAVBATIDA O‘ZIGA YANGI GIPOTEKA HOSIL QILADI. HUJAYRA YIL 
DAVOMIDA BIR NECHA MARTA BO‘LINIB KO‘PAYIB TURADI. SHUNDAY KETMA-
KET BO‘LINISHLARDAN KEYIN YILNING MA’LUM BIR DAVRIDA ORGANIZMNING 
HAJMI SHUNCHALIK KICHRAYIB QOLADIKI, ENDI NAVBATDAGI BO‘LINISHGA 
IMKON BO‘LMAY QOLADI. SHUNDA ULARDAN 2 TASI O‘ZARO QO‘SHILIB, 
AUKSOSPORA DEB ATALUVCHI SPORAGA AYLANADI. AUKSOSPORA TINIM 
DAVRINI KECHIRGACH, O‘SA BOSHLAYDI VA DASTLABKI KATTALIKKA YETADI. 
SHUNDAN KEYIN YANA NAVBATDAGI BO‘LINISH BOSHLANADI.


• Diatom suvo‘tlarning pinnulyariya, tsiklotella, navikula, melozira, asterionella, 
surirella, tabellariya, xetotseros kabi turlari tabiatda keng tarqalgan.



Download 2.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling