Tuban sporali o’simliklarning tuzilishi,ko’payishi va ahamiyati
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar— Phacophyta
Download 2.37 Mb. Pdf ko'rish
|
botanika-7
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar— Phacophyta
• Qo‘ng‘ir suvo‘tlar tipiga faqat dengizlarda yashovchi 900 dan ortiq ipsimon yoki plastinkasimon tanali (tallomli) ko‘p hujayrali turlar kiradi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning ba’zilari 20–30 sm kattalikda bo‘lsa, ba’zilarining uzunligi 1 m dan oshadi va, nihoyat, ayrimlarining uzunligi 300–400 metrni tashkil qiladi. Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillarining hujayrasida xlorofill, fukoksantin, karotin pigmentlari mavjud. Shuning uchun bu xildagi organizmlarning rangi qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-qo‘ng‘irdir. Quyosh nuri ta’sirida fotosintez protsessi ro‘y beradi va hujayrada qand, laminarin kabi karbon suvlardan iborat oziq moddalar to‘planadi. • Jinssiz va jinsiy ko‘payadi, jinssiz ko‘payish ko‘pincha harakatchan zoosporalar, qisman harakatsiz 4 ta sporalar (tetrospora) hosil qilish yordamida sodir bo‘ladi. Jinsiy ko‘payish turlariga qarab izogamiya, geterogamiya va bogamiya shaklida bo‘ladi. Ba’zi qo‘ng‘ir suvo‘tlarda jinssiz ko‘payish bilan jinsiy ko‘payish gallanib turadi. Bunday holga nasllar gallanishi deb ataladi • Qo‘ng‘ir suvo‘tlarning eng keng tarqalgan vakillaridan ektokarpus, laminariya, diktiota, fukus, sargassum, dilofus, sfatselyariya, kutleriya, makrotsistis, tsistozira, alariya kabilarni ko‘rsatish mumkin. Bakteriya-Bakteria • Bir hujayrali juda mayda organizmlarga bakteriyalar deb ataladi.Bakteriyalar mikron va mikronning o’ndan bir,yuzdan bir qismi bilan o’lchanadi.Sistematik jihatdan bakteriyalar,ayniqsa uning ipsimon formalari ko’k-yashil suvo’tlariga yaqin turadi.Bakteriyalar Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling