Tuganak bakteriyalar asosida bakterial preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana05.01.2022
Hajmi1.11 Mb.
#208604
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
tuganak bakteriyalar asosida bakterial preparatlar tajyorlash texnologiyasi

Ekologiya qismi 

Prezidentmiz I.A.Karimov o’zlarining  “O’zbekiston  XXI - asr bo’sag’asida: 

xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarlarida 

O’zbekistondagi ekologik muommolarga alohida e‘tibor berganlar. Asrlar tutash 

kelgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga 

duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo’l qovushtirib o’tirish o’z -  o’zini o’limga 

mahkum etish bilan barobardir. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar 

milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga 

aylangan. 

Taraqqiyotning hozirgi bosqichida inson bilan tabiatning o’zaro ta‘siriga oid 

bir qator muammolarni hal etish faqat bir mamlakat doirasida cheklanib qola 

olmaydi. Ularni butun sayyoramiz ko’lamida hal etish zarur. Ekologiya muammosi 

Yer yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi 

dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir.   

      Fan-texnika taraqqiyoti biz yashab turgan dunyoni tanib bo’lmas darajada 

o’zgartirib yubordi. Ekologik halokat, ayrim hududlarda qilingan taxminlarga 

qaraganda, oldini olib bo’lmaydigan darajada xavf tug’dirmoqda. Ammo uning 

tarqalishini kamaytirish texnogen va ijtimoiy -  madaniy oqibatlar shiddatini 

to’xtatish zarur. 

     Buning uchun turli soxa mutaxassislari o’zlarining ekologik bilimlarini 

oshirib, rejalashtirilayotgan ishlari bilan tabiiy muhiti shikastlamaslik choralarini 

ko’rmoqlari kerak.  




 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



Salbiy ekologik oqibatlarning asosiy sabablaridan biri yer, suv, mineral xom-

ashyolardan foydalanish printsiplarini buzilishidir. Aynan shu printsip xalq 

xo’jaligining kam samarali -  ekstensiv yo’ldan borishi uchun qulay sharoitlar 

yaratdi, resurslarni tejaydigan texnika va texnologiyaning keng joriy qilinishiga 

to’sqinlik qildi, shuningdek, atrof muhitga zarar yegkazgan holda rejani bajarish 

kabi g’ayri ekologik yondashuvni keltirib chiqardi. Chang  va tuzlar shamol bilan 

hududlarda yog’ilib, yomg’ir suvining minerallashuvini, yerlarning sho’rlanishini, 

tog’dagi muzliklarning erishini tezlatishga sabab bo’lmoqda. Markaziy Osiyo 

hududida quyosh haroratining yuqori  bo’lishi inson organizmida qon 

almashinishish kuchaytiradi, ko’p miqdorda terlatib, ayrim kimyoviy moddalarning 

teri orqali so’rilishga, hatto me‘yornomada ko’rsatilgan eng kichik  raqam ham 

halokatli zaharlanishga olib kelishi mumkin. 

Respublikada Chirchiq, Olmaliq, Ohangaron, Angren, Farg’ona, Marg’ilon, 

Navoiy va  boshqa bir qator joylarda kimyoviy, neft-kimyoviy hamda 

mikrobiologik tarmoqlar korxonalarning, ko’p quvvat va suv talab qiladigan ishlab 

chiqarish vositalarining ko’pligi va rivojlanganligi tufayli ekologik sharoit 

keskinlashdi. Tojikistonning Tursunzoda shahrida joylashgan alyumin zavodining 

salbiy oqibatlari Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Sho’rchi va Oltinsoy 

tumanlarida sezildi. Natijada anor va xurmoning hosildorligi va sifati pasayib 

ketdi, aholi salomatligi esa yomonlashdi.   

O‘zbekistonda atrof-muxitni muxofaza qilish, tabiiy resurslardan okilona 

foydalanishning xukukiy, iktisodiy va tashkiliy asoslarini 1992-yil 9-dekabrda 

qabul  qilingan «Tabiatni muxofaza kilish» qonuni  belgilab berdi. O‘zbekistonda 

ekologik siyosat yukorida aytib o‘tilganidek bir kator qabul kilingan qonunlar, «Ep 

to‘g‘risida»gi (20-iyun 1990-y.), «Qazilma boyliklar to‘g‘risida»gi (22-sentyabr 

1994 y. ), «Suv va suvdan foydalanish» (6-may 1993 y. ), «O‘simlik olamini 

muxofaza kilish va foydalanish» (26-dekabr 1997 y. ), «Xayvonot olamini 

muxofaza kilish va foydalanish» (26-dekabr 1997 y. ), «Aloxida muxofaza 




 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



kilinadigan xududlar to‘g‘risidagi (7-may 1993 y.), «Atmosfera havosini muhofaza 

qilish» .(27-dekabr  1996 y.), «Davlat kadastri to‘g‘risida»gi (39-avgust 2000 y.), 

«Ekologik ekspertiza to‘g‘risida»gi (15-dekabr 2000 y.), “Ekologik nazorat 

to‘g‘risida” gi (27 dekabr 2013 y.) Qonunlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi 

tomonidan qabul qilingan ko‘plab qarorlar asosida amalga oshiriladi.  

Tabiiy muhitni muhofazalash uchun sarflanadigan xarajatlar miqdori uni 

shikastlab, qayta tiklashga ketadigan xarajatlarga nisbatan kamdir. Shuning uchun 

xavfli holatlarni oldindan bilish, tegishli choralarni ko’rish, asosiy vazifalaridan 

biridir. 

Ekologiyaning barcha soha tarmoqlarini faqat bitta soha mutaxassisi 

o’zlashtirib olishi qiyin. Shuning uchun ular ekologiyaning o’zlariga tegishli 

yo’nalishlarini o’zlashtirsalar va unga amal qilib ishlasalar, maqsadga muvofiq 

bo’ladi. 

Kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilish muammosini eng avvalo tutash 

texnologik siklli chiqitsiz (ya‘ni chiqindilarni ekologizatsiyalash) ishlab 

chiqarishlarni yaratish yo’li bilan hal qilinadi. Buning uchun ayrim hollarda butun 

texnologik jarayonni yoki uning bosqichlarini tubdan o’zgartirish, gazlardan zararli 

moddalarni ajratib olish va utillashtirish usullarini ishlab chiqish, suv qaytarish 

sistemalarini qo’llash lozim. Chiqitsiz ishlab chiqarishning kelajagi – bu hududiy-

sanoat komplekslari bo’lib, ularda bir korxonaning chiqindisi ikkinchisi uchun 

xom-ashyo bo’lib xizmat qiladi. Ba‘zi soxalar uchun ekologizatsiyalashning 

muayyan modellari ishlab chiqilgan. 

Fan-texnika vositalari atrof-muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslanishini 

istisno etishga to’la imkon bermayotgan hozirgi vaqtda atrof-muhitning kishilar, 

hayvonlar va o’simliklar dunyosi uchun xavfsizligini kafolatlovchi standartlarni 

ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ularni ishlab chiqishda Standartlar xalqaro 

tashkiloti, uning qumitalari va ba‘zi mamlakatlarning standartlash idoralari muhim 

rol o’ynaydi. Sog’liqni saqlash xalqaro tashkiloti (VOZ)  insonni sog’liqni saqlash 




 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



darajasini nazorat qilish uchun xalqaro xizmat yaratildi. Nazorat stantsiyalarining 

tarmog’i respublika miqyosida, atrof-muhitning ifloslanishi, iqtisodiyot va 

urbanizatsiya darajasi bilan belgilanadi. 

Tashqi muhitni nazorat qilish va kuzatish Davlat xizmatiga O’zbekiston 

Respublikasi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni nazorat qilish Davlat qumitasi 

boshchilik qiladi. Mazkur qumita qoshida atmosfera havosini ifloslanishdan 

muhofaza qilish bo’yicha Davlat inspektsiyasi yaratildi. Tabiiy muhitni o’rganish 

va ifloslanishini nazorat qilish bo’yicha markazlar bor. Respublikaning ko’pgina 

shaharlarida suv havzalarining ifloslanishini avtomatlashtirilgan sistemalar 

yordamida nazorat qilinadi.  

Bugungi kunda atmosfera havosi zaharli moddalar bilan ifloslanmoqda. 

Atmosfera havosiga chang asosan ikki yul bilan tushadi – 

tabiiy  jаrаyonlar 

natijasida va insonlarni ishlab chiqаrish faoliyatlari natijasida. Tabiiy jаrаyonlarga 

vulqonlarning otilishi, o’rmоn yonginlari, kosmik changning yogilishi va x.k. 



Changni havoga tushiruvchi ishlab chiqаrish korxonalariga quyidаgilar kiradi: 

• 

qurilish ashyolari ishlab chiqaruvchi korxonalar 



- 34,7 % 

• 

IЕS 



- 29,5 % 

• 

avtotransport 



- 15,8 % 

• 

qora metallurgiya 



- 12,4 % 

• 

kimyo sanoati 



- 4,6 % 

• 

rangli metallurgiya 



- 2,2 % 

• 

neftni qayta ishlash korxonalari 



- 0,5 % 

Sanoat korxonalaridan atmosferaga tashlanayotgan changlar turli shaklga, 

o’lchamga,  zichlikka  еga bo’lgаnligi uchun, ularni  turli usullar  еrdamida  tozalab 

olinadi. 

Hаvoni changdan tozalashning quyidаgi usullari mavjuddir, 

1) gravitatsion usuli 

2) quruq inertsion va markazdan kochma kuch asosida tozalash usudi 



 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



3) xo’llash usuli 

4) filtrlash usuli 

5) еlektrostatik usul 

6) tovush va ultratovush yordаmidа koagullash usuli. 

Atmosfera 

havosini  zaharli  gazlardan  tozalash  jаrаyoni  asosan  gazlarni 

suyuqlik va qаttiq jism chegara sirtlarida boruvchi kimieviy uzgarishlar xisobiga 

olib boriladi. Zaharli gaz moddalarning fizik-kimieviy xossalari, ularni ajratib 

olinish sharoitlariga binoan ula

rni  tozalash  uchun  aksariyat  hollarda  quyidаgi 

usullar qo’llaniladi: 

1. Adsorbtsiya 

2. Absorbtsiya 

3. Katalitik 

4. Termik 

Sanoat  ishlab  chiqаrish,  korxonalarida,  qishloq  xujaligida  maishiy  xizmat 

korxonalarida hosil  bo’lgаn suvlar - оqоvа  suvlar  deyiladi.  Oziq-ovqat sanoatida 

hosil bulayotgan оqоvа suvlarning tarkibi ishlab chiqаrishning turiga va texnologik 

jarayoniga bog’liqdir. 

Oziq-ovqat  sanoatida suv-

xom  ashyo,  еrituvchi,  reaktsion  muhit,  еkstragent, 

absorbent sifatida, moddalar, uskunalarni sovitish va isitishda, tayyor 

maxsulotlarni va uskunalarni yuvishda ishlatiladi.Texnologik jarayonlarda 

ishlatilgan suv turli xil moddalar bilan ifloslanadi. Masalan, mineral o’g’itlarni 

ishlab chiqаrishdagi оqоvа suvlar kislota, ishqоr va tuzlar bilan ifloslanadi: neftni 

qayta ishlash korxonalarning suvlari -

nеft maxsulotlari, yog, moy, fenol, sirt-aktiv 

moddalar  bilan  ifloslangandir;  plastmassa  buyumlarini  ishlab  chiqаrish 

korxonalarining suvlari tarkibida monomerlar, yuqori-molekulyar birikmalar, 

sakich va x.k. moddalar bor. 

Оqоvа suvlarning ifloslik darajasi quyidagi ko’rsatgichlar orkali aniqlanadi: 



 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



1) orgonaleptik ko’rsatgichlar (rangi, xidi, mazasi,tiniqligi va x.k.) 

2)  fizik  kimyoviy  ko’rsatgichlar  (rH,  temperatura,  еlektroutkazuvchanlik, 

suvning qаttiqligi, kuvishkokligi, zichligi, sirt tarangligi va x.k.) 

3) еrigan organik va anorganik moddalarning miqdоri, kislorodning kimyoviy 

(XPK) va biokimyoviy (BPK) sarflanishi 

4) kolloid, mayda va yirik dispersli zarrachalarning miqdоri. 

Оqоvа suvlarning xar bir guruhiga uziga xos tozalash usullari mavjud bo’lib, 

ular quyidаgi guruhlarga bulinadi : 

1) mexanik  tozalash usullari (tindirish, filtrlash, tsentrfugalash); 

2) fizik-kimyoviy usullar (flotatsiya, adsorbtsiya, flokulyatsiya, koagulyatsiya, 

еkstraktsiya, ion almashinish usuli); 

3) kimyoviy usullar (neytrlash, oksidlash, qaytarish, termooksidlash) 

4) biokimyoviy usullar -  tirik organizmlarning organik ifloslantiruvchi 

moddalarning ozika sifatida iste’mol qilishiga asoslangandir. 

Yuqorida keltirilgan usullar 2 turga bo’linadi: regenerativ usullar - 

ifloslantiruvchi moddalarni suvdan ajratib olib ularni qayta ishlatishga asoslangan ; 

destruktiv  usullar  еsa  ifloslantiruvchi  strukturasini  buzib  yuborib 

zararsizlantirishga asoslangandir. 

Tuproq uzoq  yillar davomida atmosfera, gidrosfera, o’simlik va xayvonot 

olamining o’zaro bir-

biriga  uzviy  bog’liq  bo’lgаn  holda  litosferaning  ustki 

qavatlarining uzgarishi natijasida shakllanib kelgan. 

Tuproqning holatiga omillar bilan birgalikda, inson faoliyati  ham ta’sir 

ko’rsatadi. 

Tabiatda  doimo  tuprоq  qavatining  suv,  shamol,  sel  okimlari  va  x.k. 

ta’siri natijasida buzib yuborilishi jarayonlari amalga oshib kelgan. Ammo lekin, 




 

 

 



 

 

Tuganak bakteriyalar asosida bakterial 



preparatlar ishlab chiqarish texnologiyasi  

 

varaq 



 

 

 



 

 

O’zgar  bet 



Hujjat 

№ 

imzo 



sana 

 

 



tuprоq  holatining  global  buzilishi  paydo  bulishi,  asosan  insonlarning  turli  xil 

xarakatlariga bog’liqdir. 

Insonning  xohishiga  ko’ra  tuprоqning  xarakteri 

o’zgartiriladi,  tuprоqni  hosil  qiluvchi  faktorlar  -  relef, mikroiqlim  uzgaradi, 

dengizlar,  suv  omborlari,  kanallar  barpo  еtiladi,  millionlab  tonna  grunt  joydan 

joyga kuchiriladi va x.k. 

   Sanoatning rivojlanishi va ayniqsa, transport vositalarining o’sishi natijasida 

atmosferada karbonat angidrid, oltingugurt, azot birikmalari va organik 

yonilg’ilarni yonishi yoki chala yonishi natijasida ajralib chiqayotgan har xil 

birikmalar miqdori tobora ortib bormoqda. 

Ushbu ishlab chiqarish texnologiyasida atmosfera havosiga zaharli moddalar 

deyarli tashlanmaydi.  

Quyida korxonani suv bilan ta’minlanshi, asosan, shahar markaziy suv 

ta’minoti orqali bo‘lib, ushbu suv ishlab chiqarish uchun mahsus tozalash usullari 

yordamida zarur talab normalarigacha qayta tozalanadi. Shu bilan birga suv 

sig‘imlarni yuvishda, mahsulot ishlab chiqarishda isitish, sovitish jarayonlarida 

ham qo‘llaniladi. 

1-jadval 




Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling