Tuganakmevali va ildizmevali ekinlarning umumiy morfologiyasi Tugunakmevalilar
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy
Barglar-oddiy, yirik, bandli, shakli dumaloq, cho„zinchoq, yuraksimon.
Barg yuzasi silliq yoki burishgan bo„lib bu nav belgisi bo„ladi. Barglar pastga,yonga va yuqoriga qarab joylashadi, rangi yashil bo„ladi. Urug„pallaning orasida joylashgan kurtakdan birinchi chin barg rivojlanadi, so„ngra ketma-ket navbatdagi barglar rivojlanadi. O„suv davrining davomiyligida doimo yani barglar paydo bo„ladi. Yosh barglar barg to„plamining o„rtasida rivojlanadi, chetiga qarigan (yetilgan) barglar siqib chiqariladi. Eng ko„p yashaydigan va fotosintez jarayonida qatnashadigan barglar 10-dan 25-gacha. Barglarning o„suv davri 25-75 kun bo„ladi. Har 1-3 kunda yangi barg rivojlanadi.Birinchi o„suv yili lavlagida 50- 90 ta hosilbo„ladi. Barg to„plamining pastki qismidahosil kurtaklari joylashadi. Shu kurtaklardan ikkinchi yili poyalar o„sib chiqadi. Poyasi tik o„sadi, shoxlanadi, yuzasi qirrali bo„ladi, balandligi 1,0-1,5 m. bo„ladi. Guli-ikki jinsli, gultojisi mayda, yashil rangli, 5-ta gultojibarglar, 3-qismli tumshuqchasi bo„ladi. Gullar barg qo„ltiqlarida 2-ta bo„lib joylashadi. Gullash 20- 40 kun davom etadi, chetdan changlanadi. Mevasi-yong„oqcha, bir urug„li. Bir gulto„plamidagi gullarning gulkosalari qo„shilib o„sib qo„shaloq meva hosil qiladi. Qo„shaloq mevada 2-6 ta yong„oqcha bo„ladi. Qo„shaloq mevalar ekilganda bittasidan 2-6 ta maysa o„sib chiqadi. Bu yetishtirish jarayonida ancha qiyinchiliklar tug„diradi, chunki lavlagi yagana qilishni talab qiladi. Seleksionerlar bir urug„li lavlagi yaratishga e‟tibor berishadi. Bu navlarda yong„oqchalar qo„shilib o„smagan. Urug„ aniq ekilsa yagana qilinmasligi mumkin. 1000 ta urug„ning (qo„shaloq mevasining) vazni 20-50 g bo„ladi. Urug‘i-mayda, jigar, sariq rangli, yaltiroq, silliq bo„ladi. Urug„ 2 ta pallasi va murtagidan iborat. O„zbekistonda yaratilgan qand lavlagining navlari yo„q, ammo qand ishlab chiqarish zavodlari ishga tushganligi tufayli xorijiy navlar ekilmoqda. Bu navlar doimo yangilanmoqda, tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tumanlashtirilgan ayrim navlarning tavsifi:. Astro-Fransiyaning “Deleplank” firmasi duragayi. 1998 yilda tumanlashtirilgan. Ildizmeva shakli konussimon, o„rtacha kattalikda, yuzasi notekis. Po„stining va etining rangi oq. Ildizmevaning tuproqqa botish darajasi 89%, o„rtacha vazni 699-750 g., tarkibida quruq modda miqdori 23,7%, qand 17,7%. Hosildorlik 40-41 t.ga O„suv davri 167- 170 kun. Ariana -Germaniyanig “KVS” firmasi duragayi. 2001 yildan respublikada tumanlashtirilgan. Ildizmeva shakli konussimon, o„rtacha kattalikda, yuzasi notekis, po„sti va etining rangi oq. Ildizmevaning tuproqqa botish darajasi 95%, vazni 650-950 g., tarkibidagi quruq modda miqdori 30,5%, qand 22,7%. Hosili 25- 27 t.ga. O„suv davri 167-170 kun. Moldavskaya - 67 (Viktoriya)-Moldovaning “Vaveli” firmasi duragayi. 2000 yili respublikada tumanlashtirilgan. Ildizmeva shakli konussimon, meva bandi tomoni ko„proq turtib chiqqan, yuzasi notekis, po„stining rangi oqish kulrang, etining rangi oq, tuproqqa botish darajasi 90,3%. Hosili 54-56 t.ga. Ildizmeva vazni 1490 g., quruq modda miqdori 23,9%, qand miqdori 18,8%. O„suv davri 173 kun. Fuzarioz va chirish kasalliklariga chidamli. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling