Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida hikoya oʻtish uslubiyoti reja I. Kirish II. Asosiy qism


Download 52.49 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi52.49 Kb.
#1508491
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA HIKOYA OʻTISH USLUBIYOTI


ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA HIKOYA OʻTISH USLUBIYOTI


REJA

I. KIRISH


II. ASOSIY QISM
II.1. O’quvchilarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan usullar.
II.2. Ona tili va oʻqish savodxonligi darslarida hikoya oʻtish uslubiyoti
II. 3. O’quvchilarni rasmga qarab hikoya qilishga o'rgatish
II. 4. O'yinchoqlarga qarab hikoya qilishga o'rgatish
III. XULOSA.
IV. ADABIYOTLAR RO’YXATI
I. KlRISH
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda.
Har bir asar o’quvchilarda jamiyatimiz uchun zarur bo'lgan sifatlarni tarbiyalashi va rivojlantirishi kerak. Qayta hikoya qilish uchun asar tanlanganda quyidagi talablarga amal qilish kerak: yuqori badiiy qimmatga, g'oyaviy-mantiqiy yo'nalishga ega bo'lishi, jo'shqinligi, fikrning yangiligi va bayonning obrazliligi, voqealarning ketma-ketliligi, mazmunining qiziqarliligi. Shu bilan bir qatorda, badiiy asarning hajmi va uning o’quvchi yoshiga mos kelishini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Sinfdan tashqari o’qish darslari, o’qish samaradorligini ijobiy tomonga ta’sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslari boshlang’ich sinflarda o’tiladigan barcha predmet dasturlarining bo’limlari bilan bevosita bog’liq. O’qish darslarida o’tilgan mavzular asosida badiiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko’nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi.

Download 52.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling