Tug’ilish davri inqirozi uyg’onish davri allomalarini asarlarida


Download 489.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana06.10.2023
Hajmi489.5 Kb.
#1694005
1   2   3   4   5
Bog'liq
tug-ilish-davri-inqirozi-uyg-onish-davri-allomalarini-asarlarida

www.scientificprogress.uz
 
Page 1304
Tug’ilishdan besh yoshgacha – abadiyatdir, 
Homiladan tug’ilishgacha – girdobdir, 
Yo’qlikdan homilagacha – mavhumlikdir. 
L.N.Tolstoy yana shunday deydi: Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini
ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir.
U tashq’i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan,
nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur
reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi. 
Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish,
uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu
reflekslarni himoya reflekslari deyiladi.
Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa
o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb
ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri
tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib 
kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi. 
Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir necha tug’ma tabiiy reflekslar 
ham uchraydi; emish refleksi og’ziga tushgan narsani so’rishga o’z ifodasini topsa
qo’l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaktsiyasini vujudga
keltiradi. O’zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini ko’rsatadi va
bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni 
o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi. 
Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilshiga qadar ham
shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini 
yaratadi. Tug’ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan 
suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatian atmosfera bosimiga,
quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o’zgaruvchan havo haroratiga
moslashish davrida ko’p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida
chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari ko’zga tashlanadi.
Oradan ko’p vaqt o’tmay chaqaloq vazninining kamayishi tabiiy ravishda
to’xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri
organizmda keskin o’zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg’ak organnning
mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning 
oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. 
Chaqaloq organizmining anatomik - fiziologik, morfologik tuzilish bo’yicha,
boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining
kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi, pay-muskullari va tog’ay to’qimalarining
o’sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatidan farqlanadi.


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 489.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling