Tuhfat us sulton
Download 21.17 Kb.
|
“Tuhfat us sulton ” asarining qo'lyozmalari
Adabiy merosi
Ahmad Tabibiy qisqa umri davomida salmoqli adabiy meros qoldirdi. Uning besh devoni bor. «Tuhfatus-sulton», «Munisul-ushshoq», «Hayratul-oshiqin» devonlari o‘zbek tilidagi she’rlaridan, «Mir’otul-ishq», «Mazharul-ishtiyoq» devonlari esa fors-tojik tilidagi she’rlaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, shoir katta hajmdagi «Vomiq va Azro» dostoni muallifi. Tazkiranavis sifatida «Majmua-tush-shuaroyi Feruzshohiy»ning tuzuvchisi. Tarjimon sifatida Fuzuliyning «Haft jom» asarini fors tilidan tarjima qildi. Nihoyat, u yosh iste’dodlarning sevimli ustozi edi. U yoshlik chog‘laridayoq she’rlari bilan nazm muxlislari e’tiborini qozondi. Zullisonayn shoir sifatida o‘zbek va fors-tojik tillarida salmoqli she’riy meros qoldirdi. Ta’kidlash kerakki, u bu ishlarga xon rag‘bati, hatto topshirig‘i bilan kirishgan edi. Shoir «Munisul-ushshoq» devoni «Debocha»sida quyidagilarni yozadi: «Bu faqir qo‘lida jam’ bo‘lg‘on kitobning soni besh devondur. Alarning uchtasi turkiy va ikkitasi tojikchadur. Birinchisini adolatli shohg‘a hadya qilish sababidin «Tuhfatus-sulton» deb atadim, ikkinchi devong‘a oshiqlar unsiyati sababidin «Munisul-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») nomi berildi. Uchinchisig‘a faqat ishq holatlaridan gapirilgan vajhdan «Mir’otul-ishq« («Ishq oynasi»), deb nom qo‘ydim. To‘rtinchi devong‘a oshiqlar o‘qib hayron bo‘lsinlar deb, «Hayratul-oshiqin» deb ism berildi. Beshinchisi bedillar ishtiyoqi jilvagohi bo‘lg‘oni sababidin «Mazharul-ishtiyoq» («Ishtiyoq izhori») deb ataldi». Yuqorida zikr qilingan besh devonning birinchisi Dushanbedagi akademik A.A.Semyonov uy-muzeyida, qolgan to‘rttasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur besh devon shoir umrining so‘nggi besh yilida tartib qilingan. Tabibiy Alisher Navoiy va Fuzuliy ijodiga alohida ixlos bilan qaradi. Umuman, unda an’anaviylik kuchli. U saroyda xonning e’tiborida bo‘lishiga qaramay, hamisha nimadandir ko‘ngli to‘lmaydi, hayotdan qoniqmaydi, dilgir yashaydi. Ishqiy she’rlarida ham ijtimoiy ohanglar yangrab turadi. «Charx jafosi», «majruh, afgor jism», «falak»ning «kaj» («teskari»)ligi, «berahm»ligi tez-tez tilga olinadi. «Falak» radifli she’rida «nodonni aziz va mukarram aylab», «dono kishilarni asru xor etgan» falakdan shikoyat qiladi. Ikkinchi bir she’rida esa zamonasining ijtimoiy manzarasini shunday chizadi: Olamga boqsang, hosili boshtin oyoq kulfat erur, Bir rohatining keynida behaddu son mehnat erur. Bir oshiqikim, lahzaye topsa visoli dilbarin, Doim hamul bechorag‘a so‘ngra g‘ami furqat erur. Yo‘qtur jahong‘a e’timod ushbu jihatdin, ey qo‘ngul, Kim inqilob etmak anga davron aro odat erur. Bas, shunday ekan, yagona yo‘l qoladi: imkon qadar insonlarga yaxshilik qilmoq, naf’ etkazmoq. Yolg‘iz shu yo‘l bilangina kishilar boshiga berahm davron tomonidan otilayotgan jabru jafo toshlari zahrini kamaytirish mumkin. Shoir davron manzarasi tasvirida yana buyuk ustozi Navoiyning odamiylik haqidagi hikmatlariga ergashadi: Ikki jahonning komini gar istar ersang, ey ko‘ngul, Kelgancha qo‘ldan xalqg‘a etkur, base, takror naf’. Tabibiy she’riyatining mazmun-mohiyatini, ruhini tushunib olishda zamondoshi, rus sharkshunosi A.N.Samoylovichning shoir haqidagi xotiralari alohida ahamiyatga ega. Taniqli turkshunos 1909 yili Xivaga kelgan, 1638 sahifalik «Majmuatush-shuaro»ni erinmay o‘qib chiqqan va uning tuzuvchisi bilan uzoq suhbatlar qurgan edi. So‘ng esa, majmua haqida kattagina taqriz e’lon qildi. Olim XX asr boshidagi an’anaviy she’riyatimiz namunalarini kuzatar ekan, unda yangi adabiyotga xos xususiyatlar paydo bo‘layotganini nozik his qiladi va buni Tabibiy misolida shunday tushuntiradi: «Shoir, aytishiga qaraganda, erkin fikrli qarashlari sababli madrasadagi musulmon fanlarining to‘la kursini o‘zlashtirishdan voz kechgan, — deb yozadi u Ahmad Tabibiy haqida. – U Xivaga xivaliklarning mustamlakachilar — ruslar, nemislar bilan, tatarlar bilan bevosita aloqalari tufayli va undan tashqari yangi yo‘nalishdagi tatarcha, usmoncha kitoblar, jurnallar va gazetalar orqali kirib kelayotgan evropacha ilm mazasidan jindak tatigan. Hukmdorining topshirig‘i bilan dori-darmon uchun Mashhadga borib, o‘sha erda malaka oshirib qaytgan Ahmad Tabib musulmoncha usulda tabiblik qiladi. Va, chamasi, bu xivalik leyb-medik o‘z «ilm»i ustidan pinhona kuladi. Kuzatishimcha, «Majmua» muharririning o‘z jonajon O‘rta Osiyo adabiyotining benihoyat uzoq va mutlaqo yakrang asrini kechirayotgan hozirgi qiyofasiga ham munosabati xuddi shunday. Va yosh Xivaning adabiyot sohasida yakka-yolg‘iz bo‘lmagan bu vakili, garchi hozir aflotunchasiga bo‘lsa-da, usmonli, turkiy-qozon, turkiy-kavkazcha eng yangi asarlarga, tarjima va originallarga, shubhasiz, moyil. Shoirning menga o‘z qalamkash birodarlarini «bularning hammasi uchun Mir Alisher Navoiy o‘rnakdir, lekin hech biri uning iste’dodiga ega emas»,— deb ta’riflaganidagi dilgir-nafratchan yuz ifodasi shundoq esimda». Shundan bo‘lsa kerak, Ahmad Tabibiy ijodida ma’rifat mavzui, ma’rifatparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin egallaydi. Shoir hayotni tubdan yaxshilovchi, jamiyatni, mamlakatni qoloqlikdan, zulmatdan qutqaruvchi, xalqni farovon hayotga etaklovchi yo‘l — ma’rifat deb bildi. Shoirning fikricha, ilm-ma’rifat johilni, g‘ofilni jaholat uyqusidan uyg‘otadi, uning hayotiga fayz bag‘ishlaydi. Tabibiy ilmni targ‘ib qilar ekan, uni egallash uchun qunt bilan mehnat qilish zarurligini ta’kidlaydi: Download 21.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling