Tuhfat us sulton


Download 21.17 Kb.
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi21.17 Kb.
#260838
  1   2   3   4
Bog'liq
“Tuhfat us sulton ” asarining qo'lyozmalari


Tuhfat us sulton ” asarining qo'lyozmalari

Ahmad Tabibiy (taxallusi; asl ismsharifi Ahmad Ali Muhammad o‘g‘li, 1869—Xiva—1911) — shoir, tarjimon, tabib. Xiva madrasalaridan birida o‘qigan. Otasidan va zamonasining mashhur tabibi Yaxshimurodbekdan tabiblikni o‘rgangan, Muhammad Rahimxon II (Feruz) saroyida tabiblik qilgan. She’riyatda shuhrat qozongan.

O‘zbek va fors-tojik tillarida, mumtoz adabiyotning an’anaviy janrlarida ijod qilgan. She’rlaridan 5 devon — «Tuhfat us-sulton», «Munis ul-ushshoq», «Hayrat ul-oshiqin» (o‘zbek tilida), «Mir’ot ul-ishq», «Mazhar ul-ishtiyoq» (fors-tojik tilida) tuzgan. Ularda real hayotni, sof muhabbatni ulug‘lagan («Aylading», «Ozoridur» va b.).

Tabibiy o‘zbek adabiyotida muxammas janrini rivojlantirgan: Navoiy, Sa’diy, Jomiy, Zebunniso, Munis, Ogahiy, Mirzo G‘olib va boshqaning g‘azallariga 518 ta muxammas bog‘lagan. Xorazm shoirlari haqida «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy», «Majmuai muxammasoti ash-shuaroi Feruz Shoqiy» (1909) tazkiralarini tuzgan. Ikkinchi majmuasi, asosan 33 shoir muxammaslaridan tashkil topgan. Unda dastavval Ogahiy g‘azallariga, so‘ng Feruz she’rlariga boglangan muxammaslar, keyin esa Feruzning «Oromijon nigorim, sarvi ravon nigorim» g‘azaliga taxmis, muxammas va musaddaslar keltirilgan. Xotima qismida esa shu to‘plamga kirgan Umidiy, Doiy va Xayoliyning vafoti haqida xabar, Bayoniyning «Majmuat ush-shuaroi payravi Feruz Shohiy»ga yozgan taqrizi berilgan.

Tabibiy «Vomiq va Uzro» qissasining o‘zbekcha she’riy (masnaviy) variantlarini yaratgan (8100 bayt). Fuzuliyning «Haft jom» asarini forstojik tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. «Yetti ravza» nomli asar ham yozgan. Asarlarining bir necha qo‘lyozma va toshbosma nusxalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.

Ahmad Tabibiy — XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Xorazm adabiy muhitida faoliyat ko‘rsatgan sermahsul ijod sohibi. U badiiy adabiyotning deyarli barcha turlarida ijod qildi, betakror asarlar yaratdi, ustozlari Munis, Ogahiy, Komil kabi o‘ziga xos shoir, dostonnavis, tarjimon, tazkiranavis bo‘lib tanildi.

Ahmad Tabibiy shaxsiyati, ijodiy merosi haqida dastlab Muhammad Yusuf Bayoniy, rus turkshunosi A. N. Samoylovich, shoirning zamondoshi Hasanmurodqori Muhammadamin Laffasiy asarlarida ma’lumot berilgan. Laffasiy yozadi: «Feruzning farmoni ilan Ahmadjon dag‘i Tabibiy taxallusi bilan she’r mashqin qilib, ancha abyotlar yozib, Feruzga maqbuli tab’ bo‘lib, to‘rt mujallad devon asar tab’ qilibdur. Ikki mujallad forsiy tilida, ikki mujallad turkiy — o‘zbek tilida bo‘lib, onlardan digari Feruzning farmoni bilan bir yil muddat ichra jami shuaroni tartibga solib, yozib chiqadur».

Ahmad Tabibiyning ijodiy faoliyati haqvda ma’lumot, uning asarlaridan namunalar 1945 yilda tuzilgan «O‘zbek adabiyoti tarixi xrestomatiyasi» va Rahmat Majidiyning «O‘zbek adabiyoti» ki-tobida ham berilgan. Bulardan tashqari, filologiya fanlari doktori M. Yunusovning «Komil Xorazmiy» (T., 1960), V. Mirzaevning «Avaz O‘tar o‘g‘li» (T., 1961), professor G‘. Karimovning «O‘zbek adabiyoti tarixi» (uchinchi kitob, T., 1987) asarlarida ham Ahmad Tabibiy haqida qimmatli ma’lumotlar mavjud.

XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlari Xorazm adabiy muhiti, uning namoyandalari ijodi haqida yaratilgak deyarli barcha ilmiy adabiyotlarda Ahmad Tabibiy ijodiga oid fikr va mulohazalar uchraydi.


Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling