Tuhfat us sulton


Download 21.17 Kb.
bet2/4
Sana09.01.2022
Hajmi21.17 Kb.
#260838
1   2   3   4
Bog'liq
“Tuhfat us sulton ” asarining qo'lyozmalari

Hayot yo‘li

1968 yili F. G‘anixo‘jaev Tabibiyning hayoti va ijodiy merosi mavzuida nomzodlik dissertatsiyasi yoqdadi. Shu yili uning «Tanlangan asarlar»ini nashr ettirdi. 1978 yili esa «Ahmad Tabibiy» (hayoti va ijodi) nomi bilan u haqdagi monografiyasini e’lon qildi.

Ahmad Tabibiy 1869 yili Xorazm xonligining siyosiy va madaniy markazi Xiva shahrida tug‘ildi. Uning otasi asli afg‘onistonlik, keyinchalik Xorazmga kelib turg‘un bo‘lib qolgan Ali Muhammad Xivaning mashhur tabiblaridan edi. U kichik do‘koncha ochib, attorlik bilan ham shug‘ullangan. Ali Muhammad o‘g‘lining o‘qishiga katta ahamiyat berdi. Fors, arab tillarini chuqur o‘rganishiga rahnamolik qildi, tabiblikni o‘rgatdi. Shuning uchun ham Ahmad o‘ziga «Tabibiy» taxallusini tanladi. Uning she’riyatdagi shuhrati keng yoyildi. Natijada Muhammad Rahimxon Feruz uni saroyga taklif qildi. Tabibiy saroyda ekan, Avaz kabi qobiliyatli shoirlarga ustozlik qildi. Bu haqda Laffasiy tazkirasida quyidagilarni ta’kidlaydi: «Aksari vaqtlar Avaz O‘tar bilan ulfatlig‘ qilib, shaxmat o‘yinig‘a mashg‘ulotlig‘ qilib, o‘zlariga taskinlig‘ bilan she’r mashqini qilib turadur erdilar… Hamma vaqtlar tanbur chertib, o‘z shikasta xavotirig‘a tasalli berib turadur erdi».

Avaz O‘tar o‘g‘li ham Tabibiyni ustozi sifatida hurmat qildi, she’riyatda uningdek bo‘lishga intildi:



Ne g‘am emdi, Avaz, nazm ilmida bo‘lsang Tabibiydek,

Ki derlar, ko‘rgan el nazmingni, ustodingga sallamno.

Laffasiyning yozishicha, Tabibiy past bo‘yli, ochiq chehra, shirin so‘z, nozik tabiat kishi bo‘lgan. Shaxmat bilan tanburni g‘oyat xush ko‘rgan. Bir she’rida yozadi:



Tabibiykim, anga tanbursiz bazm ichra rohat yo‘q,

Chekar Mutrib ani yo bazmidin soz aylabon tanbur.

Shoir saroyda she’riyat, ilm-ma’rifat ahli o‘rtasida katta hurmatga ega bo‘ldi, xon e’tiborini qozondi, tabib sifatida kishilar dardiga davo izladi. U xon saroyida uyushtirilgan mu-shoiralarda, haftaning har juma va dushanba kuni o‘tkaziladigan kitobxonlik yig‘inlarida ishtirok etdi. Shunga qaramay, Tabibiy o‘z tirikchiligini saroyga bog‘lab qo‘ymadi. Kichik do‘kon ochib, dori-darmon savdosi bilan shug‘ullandi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, shoir she’rlarida hayot tarzi, muhtojligi haqida kuyunib aytgan fikrlarga duch kelamiz. Jumladan, «Po‘stin» radifli she’rida u shunday yozadi:



Adamdin to kelib qildim bu qashshoq xonani maskan,

Kiyarga topmadim umrim o‘tib, men banavo po‘stin…

Sovuqdin goh qochib kirsam ichiga qaltirab, qaqshab,

Tanimg‘a parvarish qilg‘ay edi misli ano po‘stin…

Bu qish ichra tarahhum aylabon miskin Tabibiyning,

Tani uryoniga bergay Xudo chakmon va yo po‘stin.

Xon Tabibiyning kuchli iqtidorini bilib, unga mas’uliyatli ishlarni topshirardi. Yig‘inlarning birida Xorazm shoirlari tazkirasini tuzishini amr etadi. Bayoniy bu voqeani shunday hikoya qiladi:

«Xon hazratlari Tabibiyg‘a amr etdilar, tokim ul g‘azallarni masnaviy zimnida jam’ qilib, bir kitob etgay. Tabibiy farmon mujibi bilan amal qilib, ul g‘azallarni jam’ qilib, har g‘azalni yozmoqchi bo‘lg‘onda, masnaviy bila ul g‘azalni aytg‘on kim erkanin bayon etib, bu tariqada tamomi g‘azallarni jam’ qilib, tamom etib, ul kitobg‘a «Majmuatush-shuaro» ot qo‘yuldi». Bayoniy voqeani bayon etgach, shoirni quyidagicha ta’riflaydi:

Tabibiykim, shoiri muhtaram,

Netay oni atvorin aylab raqam.

Maorifda o‘zni tutar ko‘b orif,

Majolisda dog‘i harifu ta’rif.

Bir oynadur so‘zlari sarbasar,

Ramuz oni aksidadur jilvagar…

Ahmad Tabibiy «Majmuatush-shuaro»ni 1909 yili poyoniga etkazdi. Uning qurilishi va uslubida Qo‘qonda tuzilgan Fazliy Namangoniy tazkirasining ta’siri seziladi. Har ikkala tazkira bir xil nomlangan. Faqat birini ikkinchisidan farqlash uchun hukmdorlarga bog‘lab, «Majmuatush-shuaroyi Umarxoniy» va «Majmuatush-shuaroyi Feruzshohiy» deb aytish udum bo‘lgan.

Laffasiy ma’lumotiga ko‘ra, Ahmad Tabibiy yoshligida jigar xastaligiga yo‘liqqan va shu kasallik bilan 42 yoshida vafot etgan. Laffasiy yozadi: «Ahmadjon Tabibiy Feruz — Muhammad Rahimxon vafotidan keyin ancha muddatlar o‘tmasdan jigar xastaligiga mubtalo bo‘lib… qirq ikki yoshida, 1328 hijriy, 1910 yil oktyabr oyinda… falaki zolim jafokordin shikvalar qilib, ko‘ngul maqsudig‘a etisha olmasdan bul dunyodin ko‘z yumib, oxirat safari qilib, jannat bo‘stonida manzil qiladur».


Download 21.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling