Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari


Download 26.93 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi26.93 Kb.
#1530892
  1   2
Bog'liq
Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy



Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari. Atoqli davlat arbobi, ilk turkiy dostonnavis Yusuf Xos Hojib 1020 yili Qoraxoniylarning markaziy shaharlaridan biri Bolasog'unda tug'ildi(olamdan o'tgan yili noma'lum). Bo'lajak mutafakkir o'z davridagi barcha bilimlarni, arab va forsiy tillar hamda undagi adabiyotlarni puxta egallaydi.
U 1069-1070 yillar orasida «Qutadg'u bilig» (Qutga, ya'ni baxt saodatga erishtiruvchi bilim)asarini turk tilida yozib, Qoraxoniylar hukmdori Tabg'ochxon Bug'roxonga taqdim etadi. Xon Yusufga «Xos Hojib» (eshik og'asi) degan martabani in'om etadi. Bu falsafiy didaktik asarda markazlashgan davlat tuzish, uni mustahkamlash, nizo va adolatga barham berish kabi ma'muriy- xo'jalik hamda ma'rifat, obodonchilik, moddiy-ma'naviy va boshqa adolatli hukmron, davlatni tadbir bilan boshqarish ishini o'rganish, kasb-hunar egallash, xalq g'amini eyish haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Bizgacha donishmandning faqat bir asari etib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to'planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo'q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabalari bo'yicha so'z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g'oyalar o'z davri uchun ham , hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa iqtisodiyot masalalari bo'yicha davlat va raiyat
munosabatlari sinchiklab o'rganilgan. Asar 18 oy-bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog'unda boshlangan va Qashqarda nioyalangan) bo'lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko'rilgan.
Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat- ibodat bilangina etishib bo'lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko'rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to'qnashib, odam bilishi mumkin bo'lmagan narsa, bilim bilan echilmaydigan jumboq yo'q, bilim tufayli osmon sari
Yusuf Xos Hojib 1020 yil

ham yo'l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o'rganish lozim, deb uqtiradi.


Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy

ta'limotga ko'ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo'hrondan chiqarish uchun 3 narsa:


  1. Tinchlik-osoyishtalik;


  2. Me'yoridagi soliqlar;


  3. Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi.




Ana shu g'oya aslida bizning mutafakkir tomonidan etti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to'lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular:


  1. pulning qadrini ko'tarish yoki (ushlab turish);


  2. xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish;


  3. yo'llarni o'g'ri-qaroqchilardan muhofaza qilish.




Shoh esa fuqarolardan soliqni vaqtida to'lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do'stiga do'st, dushmanga dushman bo'lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko'rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o'zaro mutanosib bo'lishi zarurligi g'oyasi aniq ifoda etiladi.
Pulning qadrli bo'lishi haqidagi g'oya, aslini olganda inflyasiya muammosi bilan chambarchas bog'liq, baholarning mo'tadilligi ham ta'min etiladi. U o'z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valyuta masalalariga borib taqaladi.
Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jaon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o'tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho'rolar davrida boshimizdan kechirganmiz.
Yo'llarni o'g'rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport- import) ni ta'minlash va qo'llab-quvvatlashning o'zginasidir. Bu erda savdoning xalq xo'jaligi uchun ustuvor ahamiyati to'g'risida gap yuritiladi.
Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag'al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo'lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo'ysunuvchi, sadoqatli bo'lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo'li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir).
Kitobdagi g'oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo'l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu- mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo’lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. «Bir yigitga qirq hunar oz» bobi xuddi shu masalaga bag'ishlangan. Vazir, qo'mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir.
Masalan, «Vazir ko'zining to'q bo'lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko'zi och odam bor olamni esa ham tymaydi», deydi olim. Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to'g'risida nodir fikrlar bildiriladi. «Bular bilan yaqin bo'lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha», deb aytiladi.
Ayniqsa bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi.
«Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni echishga
qodir», deb yozadi alloma.
Aql-idrok egalarining nafi har doim ko'pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv-idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko'rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo'yicha tanlangan o'z yo'nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o'rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. XVIII asrda yashagan g‘arb olimi Adam Smitning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra, mamlakatni iqtisodiy bo‘xrondan chiqarish uchun 3 narsa: tinchlik-osoyishtalik, me’yordagi soliqlar, iqtisodiy erkin faoliyat yuritish talab etiladi. Ana shu g‘oya aslida ulug‘ mutafakkir Yusuf Xos Hojib tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. toqli o‘zbek allomalaridan biri Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari nafaqat sharqning ijtimoiy, madaniy taraqqiyotida balki iqtisodiy yuksalishida ham o‘ziga xos o‘ringa ega.
“Qutadg‘u bilig” – Qutga, ya’ni baxt-saodatga eltuvchi bilim, degan ma’noni anglatadi. Uni mutafakkir shoir 1069-yilda yozib tamomlagan. Muallif bunday ulkan tarbiyaviy, ma’naviy, iqtisodiy tafakkur manbayi bo‘lgan asarni yozish uchun uzoq tayyorgarlik ko‘radi. U ko‘plab o‘lkalarga sayohat qiladi, ko‘plab madaniy-adabiy manbalarni o‘rganadi, tadqiq etadi. U deyarli barcha turkiy xalqlar yashaydigan o‘lkalarda (Xitoy, Turkiston, Eron va Turon) bo‘ladi. Asar o‘sha davrning podshohi Tavg‘ochxon huzuriga keltiriladi. Xon bu asar bilan tanishib chiqqach, uning badiiy, ilmiy, tarixiy, ma’naviy ahamiyatini haqqoniy taqdirlab, shoirga Xos Hojib unvoni beriladi. Ushbu asar XV asr o‘rtalarida Hirot shahrida qayta ko‘chiriladi. Ma’lumki, bu davr Hirotda Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi so‘z mulkining daholari ijod etishardi. Shunday bir muhitda kitobga berilgan e’tibor asarning haqiqatda ham juda yuqori qiymatidan dalolat berar edi. Jumladan, Yusuf Xos Hojib ushbu asarida quyidagicha yozadi: “Xizmat ahli o‘z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko‘ngli sinadi”. “Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turli tuman toifalarga bo‘linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo‘g‘i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning boshi ko‘kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko‘ngildagidek bo‘ladi...” Ko‘rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni, barchani bab-barobar ta’minlash tizimini tanqid qilmoqda. Har bir xodim o‘z mehnatiga, harakatiga, ish unumiga, keltirgan nafiga qarab taqdirlansa, hamma ish ko‘ngildagidek bo‘ladi. Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi unga yollangan xodimning mehnatini to‘g‘ri qadrlashga chaqiriladi. Bu, bir tomondan, ishning samarali bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, “Boshqalar mehnatining qadriga yetish insoniylikning eng yirik alomatidir” (o‘sha joyda). Buyuk olim ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig‘i) mehnatkash xodim o‘rtasidagi bir sirni ochadi. Bunga ko‘ra, davlatning buyuk bo‘lishi, uning boyishi, el boshlig‘ining esa dovrug‘i olamga yoyilishi uchun xalq boyishi, ishlaydigan odamlar mehnatiga muvofiq rag‘batlantirilishi lozim. “Yurt boshlig‘i (davlat) odamlarni o‘z mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlasa, yurt uchun fidoyi bo‘ladilar, o‘z jonini ham ayamaydilar”, deb ta’kidlaydi Yusuf Xos Hojib. U davlat rahbarini xalqini to‘q va farovon qilishga undaydi. Ulug‘ bobokalonimizning yuqoridagi iqtisodiy o‘gitlari mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning iqtisodiy qarashlari, bozor iqtisodiyotini qurish konsepsiyasi hamda uning iqtisodiy siyosati, u boshliq hukumatimiz olib borayotgan yaratuvchanlik faoliyatida e’tiborga olinmoqda, ularga asoslanilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida I. Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” nomli kitobidagi quyidagi satrlarni keltiramiz: “Bunda islohotlar inson manfaatlariga mos kelgan, uning talab va ehtiyojlarini qondirishga yordam bergan, turmush darajasini oshirishga qaratilgan taqdirdagina ahamiyatli bo‘lishini hamisha yodda tutmog‘imiz lozim”. Ha, inson hayotining darajasi o‘zi qilayotgan mehnatga, uning sifatiga va miqdoriga bog‘liq emas ekan (“xizmatiga yarasha” – Yusuf Xos Hojib), hech qanday iqtisodiy islohot ko‘zlangan natijani bermaydi. Ma’lumki, insonlar o‘zlarining har bir harakatidan manfaat axtaradi, zero, manfaat katta harakatlantiruvchi kuchdir. Ushbu haqiqatni Yusuf Xos Hojib quyidagi fikr bilan tasdiqlaydi: “Aslida butun qimirlagan jon naf va ezgulikni o‘ylab harakatlanadi. Shu nafi bo‘lmaganida edi ovchi ham uydan chiqmas edi”. Bu fikr, keyinchalik, “Siyosiy iqtisod” darsliklarida boshqalar tilidan, “har qanday harakat zaminida manfaat yotadi” degan ibora bilan ifodalab kelindi. Mulk va mulkiy munosabatlar haqida. Iqtisodiy munosabatlar markazida mulk va unga nisbatan vujudga keladigan odamlarning qarashlari turadi. Mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining moddiy asosidir. Iqtisodiyot nazariyasining ana shu adolatli xulosasi mamlakatimizda olib borilayotgan, iqtisodiy islohotlarga ham singdirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...” nomli asarida odamlarni mulkdor qilish, o‘rta mulkdorlar sinfini vujudga keltirish kechiktirilmas vazifa ekanligi uqtirilgan. Bunday xulosalar ulug‘ shoirimiz Yusuf Xos Hojibning quyidagi iqtisodiy g‘oyasiga asoslanilgan bo‘lsa ajab emas:
“Moli bo‘lsa kishi bilim o‘rganadi, barcha ezgulikka qo‘l cho‘zadi. Bu mol bilan kishi tilak tilasa (mehnat qilsa – muallif), mol-dunyosi bir yo‘lak, ya’ni vosita bo‘lib, yuqoriga ko‘tariladi”. “...kishining moli bo‘lmasa, barcha ezguliklarga ham uning qo‘li qisqalik qiladi”. Ana shu iqtisodiy fikrlar necha asrlardan oshib, bizgacha yetib kelgan va ma’naviy mulkimizga aylangan.
“Qutadg‘u bilig” asarining iqtisodiy g‘oyalar qamrovi juda keng va nufuzlidir. Unda boshqaruv ilmiga oid, elni, yurtni idora qilishga oid fikrlar ham ifodalangan. Yusuf Xos Hojib har bir insonni hunar o‘rganishga, hunarli bo‘lishga chaqiradi. U “turli-tuman hunarlarni o‘rganmaslik tubanlik belgisidir”, – degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr, keyinchalik, Sharq xalqlarining umummilliy qoidasiga aylanib ketdi. Ma’lumki, bu g‘oya ulug‘ donishmand Bahouddin Naqshband tomonidan “Dast ba koru dil ba yor”, ya’ni “qo‘lingiz ishda bo‘lsin, qalbingiz Allohda bo‘lsin” iborasi bilan rivojlan tirildi. “Qutadg‘u bilig” asarida alloma dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, turli-tuman hunar sohiblari xususida alohida-alohida boblar zikr etilgan. Masalan, dehqonlarga bag‘ishlangan bobda quyidagi misralar bor:
Qimirlagan jonga naf berar ular,

Download 26.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling