Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy fikrlari
Yeyishu ichishga jon bergan shular
Download 26.93 Kb.
|
1 2
Bog'liqYusuf Xos Hojibning iqtisodiy
Yeyishu ichishga jon bergan shular.
Nafas olgan butun tirik jonivor, Dehqondan bo‘lmog‘i kerak minnatdor. Asarda noz-ne’mat yaratuvchilarning yana bir toifasi-chorvadorlar haqida ham juda iliq fikrlar bayon qilingan. Bu kasb egalariga ham yaxshi mehnat va rag‘batlantirish sharoitlari yaratib berilishi kerakligi uqtiriladi. Ko‘rinib turibdiki, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari nafaqat ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega kitob. Balki, iqtisodiy jihatdan ham u muhim manba bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz! Bizgacha donishmandning faqat bir asari yetib kelgan, ammo bu asarda shunday durdonalar to`planganki, ularga qoyil qolmay iloj yo`q. Asar 13 ming misra (nasriy va nazmiy muqaddimadan tashqari)-73 bobdan iborat. Unda inson tafakkurining barcha jabhalari bo`yicha so`z yuritiladi va nihoyatda qimmatli fikrlar bayon etilgan. Kitobda berilgan bu g`oyalar o`z davri uchun ham, hozirgi davr uchun ham nihoyatda qadrlidir. Ayniqsa, iqtisodiyot masalalari bo`yicha davlat va raiyat munosabatlari sinchiklab o`rganilgan. Asar 18 oy- bir yarim yilda yozib tugallangan (Bolasog`unda boshlangan va qashqarda nihoyalangan) bo`lsa ham, uni yaratish uchun juda uzoq vaqt tayyorgarlik ko`rilgan. Donishmand fikricha, ezgu orzularga faqat toat-ibodat bilangina yetishib bo`lmaydi. Buning uchun talay ezgu ishlar qilish, foydali faoliyat ko`rsatish kerak, degan fikrni ilgari suradi. Borliq haqidagi bilimlarga to`qnashib, odam bilishi mumkin bo`lmagan narsa, bilim bilan yechilmaydigan jumboq yo`q, bilim tufayli osmon sari ham yo`l ochiladi, deydi. Bilish uchun esa tinmasdan o`rganish lozim, deb uqtiradi. Taniqli iqtisodchi Adam Smitning iqtisodiy ta'limotga ko`ra (XVIII asr), mamlakatni iqtisodiy bo`hrondan chiqarish uchun 3 narsa: 1.Tinchlik-osoyishtalik; 2.Me'yoridagi soliqlar va 3.Iqtisodiy erkin faoliyat yuritish imkoni talab etiladi. Ana shu g`oya aslida bizning mutafakkir tomonidan yetti asr avval bayon etilgan. Xalq, raiyat (soliq to`lovchilar) mamlakat hukmdoridan uch narsani kutadi, deb uqtiradi Yusuf Xos Hojib, bular: 1) pulning qadrini ko`tarish yoki (ushlab turish); 2) xalqqa xususiy mulk huquqini ta'minlovchi qonunlarni joriy etish va; 3) yo`llarni o`g`ri-qaroqchilardan muhofaza PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 68 qilish. Shoh esa fuqarolardan so-liqni vaqtida to`lashni (hozirgi kunda ham nihoyatda dolzarb), chiqargan farmon qonunlarini bajarish hamda do`stiga do`st, dushmanga dushman bo`lishni talab qiladi, deb yozadi. Ko`rinib turibdiki, bunda jamiyat va siyosiy hokimiyat o`zaro mutanosib bo`lishi zarurligi g`oyasi aniq ifoda etiladi. Pulning qadrli bo`lishi haqidagi g`oya, aslini olganda inflasiya muammosi bilan chambarchas bog`liq, baholarning mo`'tadilligi ham ta'min etiladi. U o`z navbatida inqirozsiz iqtisodiyot, erkin muomaladagi valuta masalalariga borib taqaladi. Xususiy mulk huquqini ta'minlash bozor munosabatlarining bosh unsuridir, mulkka egallik hissi taraqqiyot omili sifatida butun jahon rivoji asosida isbotlangan va hozirgi davrda respublikamizda ham jadallik bilan amalga oshirilmoqda. Davlat, umumxalq mulkiga ommoviy o`tishning salbiy oqibatlarini sobiq sho`rolar davrida boshimizdan kechirganmiz. Yo`llarni o`g`rilardan muhofaza qilish ichki va ayniqsa tashqi savdo (eksport-import)ni ta'minlash va qo`llab-quvvatlashning o`zginasidir. Bu yerda savdoning xalq xo`jaligi uchun ustuvor ahamiyati to`g`risida gap yuritiladi. Hozirgi davrda bu g`oyalar mustaqil O`zbekiston iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etadi. Bu g`oyalarning amaliy ahamiyati ayniqsa Sohibqiron Amir Temur faoliyatida yorqin namoyon bo`lgan. Yusuf Xos Hojib barcha imtiyozlardan mahrum kambag`al tabaqalar ahvoliga achinish hissini izhor qiladi. Donishmand hokimlarni quyi tabaqa vakillarini ularga nisbatan mehr shafqatli, insof-adolatli, marhamatli bo`lishiga, ayni paytda raiyatni hokimlarga bo`ysunuvchi, sadoqatli bo`lishiga chaqiradi. Mana shunday kelishtirish yo`li bilan osoyishta hayotga erishishga umid bildiriladi (bu esa iqtisodiy rivoj uchun ham zaruriy shartdir). Kitobdagi g`oyalar dunyodagi hamma ishlarda qo`l keladi. Unda mulk tutishning siru-asrorlari, mamlakatni idora qilish tartibi, sharti, shuningdek, molu-mulk, el-yurtning mangu qolishi, gullab- yashnashi va uning xarob bo`lish belgilari berilgan. Mutafakkir ayniqsa kasb-hunar ahlining faoliyatini yuqori baholaydi. "Bir yigitga qirq hunar oz" bobi xuddi shu masalaga bag`ishlangan. Vazir, qo`mondon, elchi va boshqa hukmdorlarning faoliyat mezonlari diqqatga sazovordir. Masalan, "Vazir ko`zining to`q bo`lishi uni har xil mol-mulk oldida suqlanishdan asraydi. Ko`zi och odam bor olamni yesa ham to`ymaydi", deydi olim. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 69 Dehqon, savdogar, chorvador, oddiy mehnatkash ahli to`g`risida nodir fikrlar bildiriladi. "Bular bilan yaqin bo`lgin hamisha, to tomoq tashvishin bilmasdan yasha", deb aytiladi. Ayniqsa, bilim va aql-idrokka, shu soha sohiblariga katta e'tibor beriladi. "Odamzod naslining ulug`ligi bilimdan. U aql-idrok tufayli ne-ne tugunlarni yechishga qodir", deb yozadi alloma. Aql-idrok egalarining nafi har doim ko`pchilikka tegib turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo`ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o`quvidrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilish bilan hal etiladi. Ko`rinib turibdiki, yurtimizda iqtisodiy rivojlanish bo`yicha tanlangan o`z yo`nalishimizda ham yoshlarning bilim olishiga, jahon xalqlari tajribasini o`rganishga keng imkoniyatlar yaratilayotir. Bu tanlangan yo`limizning to`g`riligidan dalolat beradi. «Qugadg‘u bilig» biz uchun g‘oyat muhim iqtisodiy g‘oyalar ilgari surilgan asar sifatida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Asardagi iqtisodiy munosabatlarning turli jihatlari to‘g‘risidagi iqtisodiy fikrlar, ayniqsa, qimmatlidir. Asarda mehnatga to‘g‘ri haq to‘lash, boshqalar mehnatini to‘g‘ri taqdirlash, qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o‘rin berilgan. Asarda muallif taqsimot munosabatlariga, ulaming rag‘batlantiruvchi ahamiyatiga e’tiborni qaratadi, zero, rag‘batlantirish kuchiga ega bo‘lgan taqsimot munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini orttiradi. Yusuf Xos Hojib yozadi: «Xizmat ahli o‘z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko‘ngli sinadi». «Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turlitum an toifalarga bo‘linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo‘g‘i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq taqdir ko‘rgan xodimning boshi ko‘kka yetadi. Inson degani, axir, hayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko‘ngildagidek bo‘ladi...'» Ko‘rinib turibdiki, alloma tekis taqsimotni, barchani bab-barobar ta’minlash tizimini tanqid qilmoqda. Har bir xodim o‘z mehnatiga, harakatiga, ish unumiga, keltirgan nafiga qarab taqdirlansa, hamma ish ko‘ngildagidek bo'ladi. Shu bilan birga, har bir sohibkor, ish beruvchi 4. Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy g‘oyalari 1 « Q u t a d g ' u bilig». Т., 1991, 63-bet. 59 unga yollangan xodimning mehnatini to‘g‘ri qadrlashga chaqiriladi. Bu, bir tomondan, ishning samarali bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, «Boshqalar mehnatining qadriga yetish insoniylikning eng yirik alomatidir» (o‘sha joyda). Buyuk ohm ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig‘i) mehnatkash xodim o‘rtasidagi bir sirni ochadi. Bunga ko‘ra, davlatning buyuk bo‘lishi, uning boyishi, el boshlig‘ining esa dovrug‘i olamga yoyilishi uchun xalq boyishi, ishlaydigan odam lar m ehnatiga muvofiq rag'batlantirilishi lozim. «Yurt boshlig‘i (davlat) odamlami o‘z mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta’minlasa, yurt uchun fidoyi bo‘ladilar, o‘z jonini ham ayamaydilar», deb ta’kidlaydi Yusuf Xos Hojib. U davlat rahbarini xalqini to‘q va farovon qilishga undaydi1. Ulug‘ bobokalonimizning yuqoridagi iqtisodiy о‘git lari mamlakatimiz Prezidenti I. Karimovning iqtisodiy qarashlari, bozor iqtisodiyotini qurish konsepsiyasi hamda uning iqtisodiy siyosati, u boshliq hukumatimiz olib borayotgan yaratuvchanlik faoliyatida e’tiborga olinmoqda, ularga asoslanilmoqda. Fikrimizning isboti sifatida I. Karimovning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» nomli kitobidagi quyidagi satrlami keltiramiz: «Bunda islohotlar inson manfaatlariga mos kelgan, uning talab va ehtiyojlarini qondirishga yordam bergan, turmush darajasini oshirishga qaratilgan taqdirdagina ahamiyatli bo‘lishini hamisha yodda tutmog‘imiz lozim2». Ha, inson hayotining darajasi o‘zi qilayotgan mehnatga, uning sifatiga va miqdoriga bog'liq emas ekan («xizmatiga yarasha» — Yusuf Xos Hojib), hech qanday iqtisodiy islohot ko‘zlangan natijani bermaydi. Ma’lumki, insonlar o‘zlarining har bir harakatidan manfaat axtaradi, zero, manfaat katta harakatlantiruvchi kuchdir. Ushbu haqiqatni Yusuf Xos Hojib quyidagi fikr bilan tasdiqlaydi: «Aslida butun qimirlagan jon naf va ezgulikni o‘ylab harakatlanadi. Shu nafi bo'lmaganida edi ovchi ham uydan chiqmas edi3». Bu fikr, keyinchalik, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida boshqalar tilidan, «har qanday harakat zaminida manfaat yotadi» degan ibora bilan ifodalab kelindi. Mulk va mulkiy munosabatlar haqida. Iqtisodiy munosbatlar markazida mulk va unga nisbatan vujudga keladigan odamlarning qarashlari turadi. Mulkiy munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining moddiy asosidir. Iqtisodiyot nazariyasining ana shu adolatli xulosasi mamlakatimizda olib borilayotgan, tobora chuqurlashtirilib borayotgan iqtisodiy islohotlarga 1 O'sha asar, 64-bet. 2 I. Karimov. O'zbekiston iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish yo'lida, 19-bet. ’ Qutadq'u bilig. Т., 1991. 64-bet. 60 ham singdirilmoqda. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...» nomli asarida odamlarni mulkdor qilish, o‘rta mulkdorlar sinfini vujudga keltirish kechiktirilmas vazifa ekanligi uqtirildi. Bunday xulosalar ulug‘ shoirimiz Yusuf Xos Hojibning quyidagi iqtisodiy g‘oyasiga asoslanilgan bo'lsa ajab emas:- «Moli bo‘lsa kishi bilim o'rganadi, barcha ezgulikka qo‘l cho‘zadi. Bu mol bilan kishi tilak tilasa (mehnat qilsa - muallif), mol-dunyosi bir yo'lak, ya’ni vosita bo'lib, yuqoriga ko'tariladi1». «... kishining moli bo‘lmasa, barcha ezguliklarga ham uning qo‘li qisqalik qiladi2». Ana shu iqtisodiy fikrlar necha asrlardan oshib, bizgacha yetib kelgan va m a’naviy mulkimizga aylangan. «Qutadg'u bilig» asarining iqtisodiy g'oyalar qamrovi juda keng va nufuzlidir. Unda boshqaruv ilmiga oid, elni, yurtni idora qilishga oid fikrlar ham ifodalangan. Yusuf Xos Hojib har bir insonni hunar o'rganishga, hunarli bo‘lishga chaqiradi. U «turli-tuman hunarlarni o‘rganmaslik tubanlik belgisidir»- degan fikrni ilgari suradi. Bu fikr, keyinchalik, Sharq xalqlarining umummilliy qoidasiga aylanib ketdi. Ma’lumki, bu g‘oya ulug‘ donishmand Bahouddin Naqshband tomonidan “Dast ba koru dil ba yor”, ya’ni «qo‘lingiz ishda bo‘lsin, qalbingiz Allohda bo‘lsin» iborasi bilan rivojlantirildi. «Qutadg‘u bilig» asarida alloma dehqonlar, savdogarlar, chorvadorlar, turli-tuman hunar sohiblari xususida alohida-alohida boblar zikr etilgan. Masalan, dehqonlarga bag‘ishlangan bobda quyidagi misralar bor: «Qimirlagan jonga naf berar ular, Yeyishu ichishga jon bergan shular Nafas olgan butun tirik jonivor Dehqondan bo‘lmog‘i kerak minnatdon>. Asarda noz-ne’maf yaratuvchilarning yana bir toifasi-chorvadorlar haqida ham juda iliq fiklar bayon qilingan. Bu kasb egalariga ham yaxshi mehnat va rag‘batlantirish sharoitlari yaratib berilishi kerakligi uqtiriladi. Ko'rinib turibdiki, Yusuf Xos Hojib juda ko‘p iqtisodiy fikrlami ilgari surgan. Download 26.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling